14.2. Elektron hujjat aylanishida elektron raqamli imzo
Elektron
hujjatlarni
almashish
jarayonida
maxsus
ixtisoslashtirilgan tizimlardan (E-hujjat) yoki elektron pochta xizmatidan
foydalaniladi. Elektron hujjat almashish tizimlarida hujjatlarni uzatish
juda tezkor amalga oshiradi. Imzo va uning ahamiyati. Imzo – hujjatning
haqiqiyligini va yuborgan jismoniy shaxsga tegishli ekanligini
tasdiqlaydigan insonning fiziologik xususiyati. Imzo orqali insonning
shaxsi hamda u yozgan hujjatning haqiqiyligi aniqlanadi. Muhr va uning
ahamiyati. Muhr – hujjatning haqiqiyligini va biror bir yuridik shaxsga
tegishli ekanligini tasdiqlovchi isbotdir. Muhrlar o‘zining alohida
shakliga ega bo‘lib, asosan hujjatlarning va undagi imzolarning aslligini
tasdiqlaydi. Elektron raqamli imzo. Elektron raqamli imzo O‘zbekiston
Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi 2003-yil 11-
dekabrdagi 562-II son qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi. Elektron
raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus
o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning
ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini
aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini
identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; Elektron raqamli
imzo - xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifining haqiqiyligini
tekshirishda qo‘llaniladigan va shaxs imzosini to‘laligicha o‘rnini bosa
oladigan hujjatga tegishli isbotdir. U axborot - kommunikatsiya tizimlari
orqali uzatilayotgan hujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda
qo‘llaniladi.
Elektron
raqamli
imzodan
muhr
o‘rnida
foydalanish. Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida ham foydalanish
ham mumkin, bunda faqat va faqat hujjatga tegishli elektron raqamli
imzo hujjatdagi barcha o‘zgarishlarni yoki o‘zgartirishlarni ko‘rsatib
beradi. Buning uchun elektron raqamli imzo yuridik shaxs nomiga, ya’ni
kompaniya va tashkilotlar nomiga ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Elektron
208
hujjatning rekvizitlari. Elektron hujjatning rekvizitlari quyidagilardan
iborat: elektron raqamli imzo; jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki
jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;
jo‘natuvchining pochta va elektron manzili; hujjat yaratilgan sana.
Qonun hujjatlari asosida yoki elektron hujjat aylanishi
ishtirokchilarining kelishuvida boshqa rekvizitlar ham belgilanishi
mumkin. Elektron kalitlar va sertifikatlar. Elektron raqamli imzoning
yopiq kaliti - bu faqat hujjat muallifiga ma’lum bo‘lgan va elektron
hujjatda elektron raqamli imzoni hosil qilish uchun mo‘ljallangan
belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti bu
elektron hujjatning kim tomonidan yuborilganligini aniqlash va uni
haqiqiyligini tasdiqlashda qo‘llanilishi mo‘ljallangan belgilar ketma-
ketligi. Elektron sertifikatlar - bu sertifikatsiya tizimi qoidalariga binoan
belgilangan talablarga ko‘ra elektron raqamli imzo vositalarining
muvofiqligini tasdiqlash uchun hamda elektron raqamli imzo kalitining
sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kalitining elektron raqamli
imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli
imzo yopiq kalitining egasiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan
berilgan hujjat. Elektron hujjat almashish tizimlari. Elektron hujjat
almashish tizimlari O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat
aylanishi to‘g‘risida”gi 2004-yil 29-apreldagi 611-II son qaroriga binoan
quyidagicha ta’riflanadi va faoliyat yuritadi. Elektron hujjat almashish
tizimlari – elektron hujjatlarni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali
jo‘natish va qabul qilish jarayonlari yig‘indisi. Elektron hujjat
aylanishidan bitimlar (shu jumladan shartnomalar) tuzish, hisob-
kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda
boshqa axborotlarni almashishda foydalanish mumkin. Turli
kompaniyalarning
avtomatlashtirilgan
tizimlari
orasida
standartlashtirilgan shakldagi ish hujjatlarining (buyurtmalar, hisob
raqamlari va sh.k.) ma’lum shakldagi elektron almashinuvi elektron
hujjat almashinuvi tizimini belgilaydi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari hukumat darajasidagi
muammolarni yechishda hal qiluvchi o‘ringa ega bo‘lishi mumkin. Ular
jamiyatdagi soliqlar to‘lash, ishlash, tadbirkorlikni olib borish, ta’lim
209
olish va berish jarayonlari to‘g‘risidagi ko‘nikmalarni o‘zgartirmoqda.
Masalan, turli tizim ma’lumotlar bazasini o‘zaro bog‘lab, tezkor axborot
almashinuviga yordamlashishda yangi texnologiyalar hukumat organlari
o‘rtasidagi to‘siqlarni olib tashlash imkonini beradi. Elektron biznes
tushunchasi esa bugungi kunda ishlab chiqarish korxonalari, kompaniya
va firmalarning faoliyatida asosiy o‘rin tutmoqda. Bu elektron
ko‘rinishdagi biznes bo‘lib, uning asosida ma’lumotlarni elektron
ko‘rinishda qayta ishlash va uzatish yotadi. Elektron biznes ko‘plab
yo‘nalishdagi faoliyatlarda ishlamoqda. Elektron biznesning paydo
bo‘lishi biznes faoliyatini yurituvchilarga keng miqyosdagi
kommunikatsiya texnologiyalari, elektron pochta, ma’lumotlarning
elektron almashinishi, elektron to‘lov, internet, intranetdan foydalanish
imkoniyatini yaratadi. Bulardan foydalanishning natijasida esa,
buyurtmalar, hisob – kitob varaqalarini yozish va to‘lovlar to‘liq
elektron shaklga o‘tib bormoqda. Bu tizim ko‘plab afzalliklarga ega
bo‘lib, bugungi kunda keng rivojlanmoqda va oldingi an’anaviy savdo
jarayoni usullaridan ketma – ket voz kechish boshlandi.
Elektron biznes tizimlarini yaratishning asosini Web –
texnologiyalari tashkil etmoqda. Global tarmoqda faoliyat yuritmoqchi
bo‘lgan korxona, ishlab chiqarish kompaniyalari, firmalar o‘z saytiga
ega bo‘lishlari shartdir. Internet xizmatlari tizimi internet tarmog‘i
xizmatlarini o‘z ichida qamrab olib, ikki qismda ko‘rib chiqilgan.
Birinchi qismida internet tarmog‘i abonentlariga amaliy protokollar
tomonidan taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar majmui: - Web
hujjatlarni o‘qish; - elektron pochta; - fayllarni uzatish va qabul
qilish; - muloqotda bo‘lish; - tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan
ishlash. Ikkinchi qismda aynan foydalanuvchilar uchun xizmatlar ko‘rib
chiqiladi. Ularga tarmoqdan foydalanish, internet resurslarini yaratish,
tashkiliy va axborot ta’minoti, tarmoqda reklamani joylashtirish kabi
xizmatlar kiradi. O‘z o‘rnida elektron biznes axborot kommunikatsiya
texnologiyalari vositasida amalga oshirilib, internet tarmog‘i paydo
bo‘lgunga qadar ma’lumot uzatishni elektron tizimlariga asoslangan.
Ushbu ma’lumotlarni almashish tashkiliy usullaridan hozirda ham
foydalaniladi. Internet elektron biznesning butun dunyoda tarqalishi
210
uchun qulay zamin yaratgan bo‘lsada, elektron biznes rivojlanishining
axborot texnologiyalari nuqtai nazaridan bu vosita optimallik o‘rnini
egallab olmaydi. Biroq aynan internet elektron biznes rivojlanishiga
katta turtki bo‘ldi va nafaqat katta korporatsiyalar, balki kichik va o‘rta
tadbirkorlarga va aloxida shaxslarga ham ushbu biznesning bevosita
ishtirokchisiga aylanish imkonini berdi. Bu bilan yetkazib beruvchilar va
iste’molchilarning tobora kengroq doirada jalb etilayotganini ta’minladi.
Kundan kunga elektron biznes orqali tovar oldi sottisi, tovar va
xizmatlar assortimentini oshira boshlashi bilan davlatlar, davlat
muassasalari, korxonalar va shaxslarni o‘zaro hamkorligini amalga
oshirish
imkonini
yaratib,
bir
hamjamiyatga
birlashtirdi,
telekommunikatsion texnologiyalar to‘siqlarsiz samarali hamkorlik
amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Hozirgi elektron biznes
yuritishning turli xil andozalari qariyib hamma mamlakatlarda,
iqtisodiyotlarning turli sohalarida, turli xil hajmdagi korxonalarda,
shuningdek davlat muassasalari va turli darajadagi vakolatli qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlarida tarqalmoqda. Bu
andozalarning umumiy qabul qilingan tasnifi asosiga shartli 52 ravishda
mol yetkazib beruvchi va xaridor deb nomlash mumkin bo‘lgan elektron
biznesning o‘zaro aloqador tomonlari turlari qo‘yilgan. Bu tavsifning
mazmuni shundan iboratki, elektron biznesni yuritish andozalari
mahsulot yetkazib beruvchi va xaridorlarning aniq turlariga qarab
farqlanadi. Mahsulot yetkazib beruvchi va xaridorlar turkumiga
quyidagilar kiradi: Davlat (Government), Korxona (Business), Mijoz
(Consumer), Hamkor (Partner), Korxona xodimi (Employee). Andoza
belgilanishi tovar yetkazib beruvchi va xaridor nomlanishidan tuziladi.
Hozirgi vaqtda iqtisodiy rivojlangan mamlakatda turli xil darajada
quyidagi andozalardan foydalaniladi: - B2B – Business to Business
(korxona korxona uchun); - B2C – Business to Consumer (korxona
mijoz uchun); - G2B – Government to Business (davlat korxona uchun);
- B2E – Business to Employee (korxona xodim uchun); - C2B –
Consumer to Business (mijoz korxona uchun); - C2C – Consumer to
Consumer (mijoz mijoz uchun); - B2G – Business to Government
(korxona davlat uchun); - G2P – Government to Partner (Davlat hamkor
211
uchun); - P2G – Partner to Government (Hamkor davlat uchun) va
boshqalar. Umuman olganda, elektron biznes virtual savdo maydonchasi
deganda shunday joy tushuniladiki, u yerda sotuvchi va xaridor o‘rtasida
shartnoma tuziladi va moliyaviy oldi – sotti amallari o‘tkaziladi. Virtual
savdo maydonchalari uch xil ko‘rinishda bo‘ladi: xaridor tomonidan
tashkil etiladigan; sotuvchilar tomonidan tashkil etiladigan; uchinchi
shaxs tomonidan tashkil etiladigan. U yoki bu ko‘rinishdagi elektron
biznes savdo maydonchalarini tashkil etish odatda xaridor va
sotuvchilarning shu sohadagi faoliyatiga ta’sir etish darajasi bilan
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |