Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/121
Sana20.07.2022
Hajmi3,75 Mb.
#828901
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   121
Bog'liq
amaliy ish\'

Nazorat savollari 
1. Elektron hujjat deganda nimani tushunasiz? 
2. Elektron hujjat aylanish (Elektron Data Interchange) tizimi 
haqida tushuncha. 
3. Mobil platformalariga asoslangan elektron hujjat aylanish 
tizimlari o‘zi nima? 
4. Elektron raqamli imzo nima? 


214 
15-BOB. ELEKTRON TIJORAT TIZIMIDA HUJJATLARNI 
RASMIYLASHTIRISH 
 
 
15.1. Elektron tijoratda kelishuv hujjatlari
 
Zamonaviy 
iqtisodiy 
rivojlanish 
jarayonida 
axborot 
kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish 
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab 
chiqaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi, xaridor va iste’molchilar o‘rtasidagi 
huquqiy-moliyaviy munosabatlarni yuqori darajaga ko‘tarish, uning 
tezkorligi hamda xavfsizlik ko‘rsatkichini oshirish, bunda elektron 
tijorat va elektron to‘lov tizimi rivojlanishiga erishish muhim masaladir. 
Elektron hukumat tizimi rivojlanayotgan bir davrda iqtisodiyotni 
rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri - pul aylanishini to‘g‘ri va 
aniq tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar-pul 
munosabatlarining holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Korxona va tashkilotlar o‘zlarining xo‘jalik faoliyatlari jarayonida 
doimo bir-birlari bilan aloqada bo‘ladilar. Ular o‘rtasida tovar 
ayirboshlash jarayoni pul va pullik hisob-kitoblar yordamida amalga 
oshiriladi. Tovar ayirboshlashning o‘zi esa pul aylanishining moddiy 
asosi bo‘lib hisoblanadi. Uning asosida esa boshqa pullik munosabatlar 
vujudga keladi (soliq organlari, pensiya fondi, bank muassasalari va 
boshqalar). Axborot tizimining rivojlanishi nafaqat ishlab chiqarish 
korxonalari yuksalishini ta’minladi, balki xizmat ko‘rsatish borasida 
ham katta yutuqlarga sabab bo‘ldi. O‘zbekistonda aholiga xizmat 
ko‘rsatish (servis, kommunal) sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, 
ularni sifatini yaxshilash ham Elektron hukumatning muhim 
vazifalaridan biridir. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi ham zaruriy 
resurslarni prognoz qilish imkoniyatini beradi. Bu sohada ham elektron 
pullar orqali to‘lovlarni amalga oshirilishi, bir tomondan, aholiga 
qulayliklar beradi, ikkinchi tomondan, aholi va boshqa talabgorlar 
ehtiyojlarini aniqlash ishlarini avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. 
Hozirda axborot texnologiyalari sohasi subyektlari tomonidan elektron 
to‘lovlar va elektron tijoratni amalga oshirishni avtomatlashtirish 


215 
imkonini beruvchi xilma-xil texnologik yechimlar taklif etilmoqda. 
Xususan, Internet tarmog‘ida plastik kartalar bilan to‘lovlarni amalga 
oshirish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqilib, joriy etildi. 
Internet tarmog‘ining “uz” domenida internet-do‘konlar mavjud bo‘lib, 
foydalanuvchilariga masofadan turib, muayyan vaqt rejimida ehtiyoj 
tovarlarini xarid qilish va xizmatlardan foydalanishlari uchun xizmat 
tashkil etilganligi keng aholi qatlamlariga bu yo‘nalishdagi 
imkoniyatlardan darak beradi. Bugungi kunda bank-moliya sektorida 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning o‘sib 
boruvchi global tendensiyasi, bank plastik kartalari miqdorining o‘sishi 
hamda elektron to‘lovlar va elektron tijoratning rivojlanib borishi 
barobarida mamlakatimizda elektron to‘lovlar va elektron tijorat 
sohasida loyihalarni amalga oshirilishi faollashmoqda. Mamlakatimiz 
bank va moliya muassasalari Internet global tarmog‘i va mobil aloqa 
vositalari orqali o‘z mijozlariga masofadan turib, elektron to‘lovlar, 
“SMS-banking”, “Mobil-banking” kabi interaktiv bank xizmatlarni 
ko‘rsatmoqdalar. Elektron tijorat va elektron to‘lovlarning rivojlanishi 
aholiga, xizmat ko‘rsatish hamda savdo sotiq sohasiga bir qator qulay 
imkoniyatlar taqdim etmoqda. Bu tizimning rivojlanishi ta’sirida 
kelgusida ulkan yutuqlarga erishiladi. Masalan, biror aholiga maishiy 
xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi firma misolida buni 
ko‘rib chiqamiz: quyida hozirgi kunda hisob-kitob jarayonlarining uch 
usuli: -naqd pul orqali; -terminal orqali; -shartnoma asosidagi 
ko‘rinishlari keltirilgan. Hisob kitobning naqd ko‘rinishi orqali 
bajarilgan qismida pul mablag‘lari inkassa tashkiloti orqali, ya’ni 
ma’lum hisob-kitoblar bajarilgandan keyin maishiy xizmat ko‘rsatish 
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi firmaning asosiy hisob raqamiga borib 
tushadi. Terminal orqali hisob-kitoblardan tushgan pul mablag‘lari avval 
maishiy xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi firmaning 
terminal schyotiga va undan kerakli hisob kitoblar bajarilgandan 
keyingina asosiy hisob raqamiga borib tushadi. Shartnoma orqali 
bajarilgan xizmatlar xizmat ko‘rsatuvchi va mijoz o‘rtasidagi kelishuv 
asosida tuzilgan shartnoma asosida mijozning hisob raqamidan xizmat 
ko‘rsatuvchining hisob raqamiga borib tushadi. 


216 
15.1-rasm. 

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish