Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/121
Sana20.07.2022
Hajmi3,75 Mb.
#828901
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   121
Bog'liq
amaliy ish\'

Xitoy modeli 
elektron tijoratning institutsional rivojlanishining 
ustuvorligini Xitoy tovarlarini tashqi bozorga surish va Xitoyning o‘zida 
taqsimlovchi infratuzilmani rivojlantirishni taqozo etadi. Elektron 
tijoratga Xitoyda nafaqat soliq tushumlari manbai, balki sanoatda ishlab 
chiqarishni rag‘batlantirishning strategik muhim mexanizmi sifatida ham 
qaraladi. Aynan shuning uchun ham 
“Xitoydagi ko‘plab logistikaga oid 
faoliyat turlari hokimiyat organlari tomonidan boshqariladi va ular 
tomonidan qattiq nazorat qilinadi”. 
Boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, Xitoyda davlat tomonidan 
elektron tijoratni rivojlantirish uchun maqsadga yo‘naltirilgan holda 
qulay institutsional sharoitlar yaratilmoqda: soliqlarning mavjud 
emasligidan tortib, to zamonaviy tovar harakatlanishi tizimi hamda 
imtiyozli bojxona rejimiga qadar. Xitoy iqtisodiyoti soliqlarni elektron 
tijoratdan ( B2C va C2C) emas, balki sanoatda ishlab chiqarishdan oladi. 
Shu bilan birga Xitoyda elektron tijoratda tadbirkorlarga soliq solish 
borasida hech qanday choralar ko‘rilayotgani yo‘q, deb aytish mumkin 
emas. Rejalashtirilayotgan soliq islohoti shaxsiy daromad solig‘ini 
“soliqlarning asosiy turlaridan biriga aylantiradi”, 

“korxonalarning 
daromad solig‘iga nisbatan yanada muhimroq rol o‘ynaydi”
.
Shu tarzda, elektron tijoratni institutsional boshqarish sohasida 
yondashuvlarning butun spektrini topish mumkin: qattiq reglamentatsiya 
qilishdan tortib, to beparvolikka va ongli rag‘batlantirishgacha. Faqat bir 
joydagina elektron tijoratning institutsionalizatsiya qilinishiga barcha 
yondashuvlar yagona – u o‘zida global normalar bilan boshqarilish 


172 
lozim bo‘lgan global hodisa ekanligini anglashda. Institutsional ma’noda 
elektron tijorat hali o‘zining huquqiy toifasiga ega bo‘lmagan va uning 
normativ-huquqiy holati uzil-kesil belgilanmagan. Ushbu muammo 
butun xalqaro huquq tizimining muammosidir. 
Savdo maydonlari qo‘shimcha afzalliklarni ham taklif qilishlari 
mumkin: tovarlar reklamasini, mahsulotlarni upakovka qilish bo‘yicha 
xizmatlarni yoki to‘liq boshqariladigan logistikani va mahsulotlarni 
yetkazib berishni. Bularning barchasi kichik biznes egalarini jalb qiladi.
Ayrim Yevropa mamlakatlarida mahalliy internet-do‘konlar 
o‘zlarining milliy bozorlarida ustunlikka egalar: Buyuk Britaniyada 
Play.com (rakuten) va PriceRunner, Germaniyada Zalando va Otto, 
Buyvip va Ebay.es Ispaniyadagi eng ommaviy saytlar hisoblanadi. 
Shunday bo‘lsada, amazon Yevropada ustunlik qiluvchi maydon 
hisoblanadi. Fransiyada savdo maydonlari o‘ta muhim rol o‘ynaydi. 
Rueducommerce, CDiscount, Fnac, La Redoute va Priceministerga 
o‘xshash saytlar Amazonga qo‘shimcha ravishda bozor yetakchilaridan 
biri hisoblanadilar.
Yevropaning turli mintaqalaridagi jahon savdo maydonlarining 
keyingi yillardagi rivojlanishini tahlil qila turib, shuni ishonch bilan 
aytish mumkinki, 2015-yil internet-do‘konlar jahon elektron tijorat 
gigantlarining saytlarida mahsulotlarni joylashtirish evaziga o‘zlarining 
investitsiyalarni qaytarish ko‘rsatkichlarini oshiruvchi yana bir yilga 
aylanadi. Biroq Yevropa ittifoqining to‘lov xizmatlari to‘g‘risidagi 
direktivasining qoidalarining o‘zgarishi barcha maydonlarning 
operatorlari avvaldan elektron to‘lovlarni amalga oshirish borasida 
kelishuvga erishishi lozimligini anglatadi. 
Forrester tahlil agentligi AQShda E-commerce texnologiyalariga 
bo‘lgan harajatni 12-foizlik o‘rta yillik o‘sish sur’atini bashorat qiladi. 
Ekspertlar bahosiga ko‘ra, 2015dan 2019 yilga qadar bo‘lgan davr 
mobaynida Amerika kompaniyalari ushba sohaga o‘zlarining 
byudjetlarini deyarli ikki barobar oshradilar – 2015-yildagi $1,2 mlrddan 
2019-yilda $2,1 mlrdga qadar. Shu tarzda ushbu davr mobaynida 
elektron tijorat texnologiyalariga bo‘lgan harajatlar 75 % o‘sadi.13
Asosiy omillardan biri jahonda onlayn-xaridlarning o‘sishi bo‘ladi. 


173 
Forrester bashoratlariga ko‘ra, 2018-yilda rivojlangan davlatlarda ular 
$1,64 trillionni tashkil qiladi. 

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish