177
joylariga pul o‘tkazadi. Shuning uchun ham bank emitentlari tomonidan
tegishli mablag‘lar bank-ekvayerlariga uzatiladi. Emitent va ekvayerlar
orasidagi o‘zaro hisob-kitob to‘lov tizimidagi
hisob-kitob bankining
xizmati bilan amalga oshiriladi. Bunda bank a’zolari o‘zining
korrespondent hisob raqamiga ega bo‘ladi.
Tijorat shartnomalarining oxirgi bosqichi davlatda yuritilayotgan
to‘lov tizimlaridan biri asosida hisob-kitob qilish bilan yakunlanadi.
Bunday to‘lov tizimlarini – to‘lov tizimlari texnologiyasining
tasnifi deyiladi. Haqiqatda ishlayotgan tizimlar ko‘pincha yuqorida aytib
o‘tilgan mexanizmlarni har xil kombinatsiyada ishlatishadi.
Kreditli sxemalar ishlatish bilan amalga oshiriladigan to‘lov
tizimlari.
Kredit kartochkalarini to‘lov vositasida ishlatadigan tizimlar
hozirgi vaqtda dunyo miqyosidagi to‘lov tizimlari orasida eng yuqori
o‘rinda turadi. Internetda hisob - kitobga plastik kartochkalar
ishlatishning yutug‘i ularning ko‘p jihatdan an’anaviy to‘lov
tizimlari
bilan o‘xshashligidandir. Bunday holatda Internet ma’lumot uzatishning
axborot xavfsizligini ta’minlash texnologiyalari bilan amalga oshirishda
ishlatiladi.
Bunday tizimlarga Cyber Cash, Open Market, Fist Virtual va
boshqa bir qator to‘lov tizimlari kiradi. SSL protokoli bilan bir qatorda
shu kabi tizimlarda axborot almashinuvida ma’lumot uzatishning SET
protokoli (Secure Electronic Transaction)
ishlatiladi va u kredit
kartochkalari raqamlarini ishonchli himoyalashni ta’minlaydi.
SET spetsifikatsiyasi (MasterCard va Visa, Netssare, IVM, Verisign
yordami bilan ishlab chiqarilgan) - kreditli karta ishlatishda tovarlarning
narxini to‘lashning eng xavfsiz yo‘llaridan biri.
SET spetsifikatsiyasi asosida ommaviy kalit va raqamli sertifikatlar
bilan ishlatish kriptografiyasi yotadi.
SET protokoli iste’molchining o‘g‘irlangan yoki soxta kartochkalar
bilan bo‘ladigan bezoriliklardan himoya qiladi. SETning bugungi kunda
kamchiligi, bu uning ishtirokchilari o‘zlarida maxsus dasturiy ta’minot
o‘rnatishlari keragidir, bu esa ma’lum investitsiyalar talab qiladi.
Bundan tashqari, oxirgi vaqtlarda o‘tkazilgan testlarga muvofiq
tranzaksiyalarning shifrlash operatsiyasi
tufayli yetarlicha tez
ishlatilayotgani haqida fikrlar yetkazildi.
Shunga qaramasdan, SET protokoli Internetning elektron tijorat
kelajagi sifatida qaralmoqda. SET protokoli haqida to‘liq ma’lumotni
quyidagi adres bilan olish mumkin: http://www.emoney.ru/publish.
178
Iste’molchi nuqtai nazaridan qaraganda kredit tizimining asosiy
kamchiliklari quyidagi holatlarda kuzatiladi:
tranzaksiya o‘tkazishga xarajatlarni ko‘paytiruvchi mijozning
to‘lov qobiliyatini tekshirish va kartochkaning
avtorizatsiyasini
tekshirish zarurati. Chunki har bir tranzaksiyaga kartochka emitenti
tranzaksiya summasidan 1,5 - 3% oladi, lekin u 20% dan oshmaydi. Aks
holda esa, tovarlar to‘lovini quyi diapazonda o‘tkazish hech qanday
samara bermaydi;
anonimning yo‘qligi, savdo tizimlari tomonidan majburiy servis;
kredit, kartochkada ishlovchy elketron do‘konlar sonining
cheklanganligi;
kredit hisobi ochishning kerakligi;
“kartochka ma’lumotlarini tarmoqda uzatish” kompleksi.
Debit tizimi (Net Cash, Net Vill va boshqalar) chek yoki naqd
pullarning raqamli ekvivalentini ishlatishga asoslangan. Debitli sxemalar
ishlatish bilan amalga oshiriladigan to‘lov tizimlari. Bunda raqamli naqd
pulga asoslangan debit tizimi 3-shaxs tomonidan
tasdiqlashni talab
qilmaydi, ularni ishlatish bahosi (narxi) “0”ga intiladi, ya’ni buni mikro
to‘lovlarda ishlatish qulay.
Misol sifatida Net Cashni ko‘rib chiqamiz. Bu tizim 1994-yildan
buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ishlatishga juda qulay. Potensial
xaridor avval Net Bankda kupon sotib olishi kerak. Buning uchun u
pochta dasturi yordamida yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Net Cash Web– saytida
so‘rovnoma orqali o‘n beshtali kupon oladi va uni sotuvchiga tovar yoki
xizmatga almashish uchun jo‘natadi.
Net Cash shifrlashni ishlatmaydi va Web-brauzerlarning qurilgan
imkoniyatlari va xatlarni shifrlashning boshqa tizimlariga tayanadi.
Nazariy jihatdan olib qaraganda, kupon
boshqa odamlarning imzosiga
tushib qolishi va undan asl mijozgacha foydalanishi mumkin.
Mijoz sotuvchiga hamisha noma’lum bo‘lib qolaveradi. Shuning
uchun bunday tizimni anonim deyish mumkin. Net Cash tizimi to‘lov
havfsizligi yetarlicha darajada bo‘lmasa ham, oddiy va keng tarqalgan.
Net Cashda boshlang‘ich to‘lov 19,95 $ miqdorida belgilanib, Net
Bankda hisob raqami ochilishi kerak.
Mijoz kupon olayotganida 2% to‘laydi (minimum 2 $), sotuvchi Net
Bankga qaytarib berayotganda 2% (minimum 4 $) miqdorida to‘laydi.
Bu haqida to‘liq ma’lumotni quyidagi manzil bo‘yicha olish mumkin:
179
http://www.netcash.ru/, http://netbill.ru/.
Do'stlaringiz bilan baham: