Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/121
Sana20.07.2022
Hajmi3,75 Mb.
#828901
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121
Bog'liq
amaliy ish\'

Sotuvchi - korxonalar
sotuv bozorini kengaytiradilar, mahsulot 
yetkazib berish zanjirini va sotuv bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni 
qisqartiradilar, har bir buyurtma bilan alohida ishlash imkoniyatiga ega 
bo‘ladilar. 
Xaridor - korxonalar
bir joyning o‘zida tovar yetkazib 
beruvchilarni ham, mahsulot turini ham tanlash imkoniyatiga, 
mahsulotlarga narxlarni umumiy tushishiga, yuqori tezlik va xizmat 
ko‘rsatish sifatiga ega bo‘ladilar. Hamma ishtirokchilar uchun umuman 
olganda yutuq ish faoliyati rivojlanishida yangi istiqbollar vujudga 
kelishidadir. 
Korxona-iste’molchi munosabatlari andozasining 
xususiyatlari. 
Katalog zamonaviy axborot tizimini katta quvvatli qidiruv 
imkoniyatlarini solishtirish va mahsulotni birvarakayiga bir necha 
parametrlar bo‘yicha tanlashni, narxni, keltirib berish muddati, kafolati, 
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumotlar va boshqalarni hisobga olgan 
holda ishlatishni tashkil qilib beradi. Bu model nisbatan uncha katta 


79 
bo‘lmagan mahsulotlar bilan tez-tez oldi-sotdi qiladigan kuchli sotuvchi 
va xaridor fragmentatsiyalashini tavsiflovchi tarmoqlar uchun afzaldir. 
Agar ko‘pgina oldi-sotdilar mashhur buyurtmachilar tomonidan 
ma’lum bir qoidalar asosida amalga oshirilsa va xaridorga sotuvchini 
tanlash uchun ko‘p mayda buyurtmachilar takliflari bilan o‘rganib 
chiqish zarurati bo‘lganida katalogli model qo‘l keladi va nihoyat, bu 
modelni talab yetarlicha bo‘lgan va narxlar kamdan - kam o‘zgarganida 
qo‘llash yaxshi samara beradi. 
Auksion
(kim oshdi savdosi) - narxlar qayd etilmagan, balki oldi-
sotdi jarayonida o‘rnatilgandagi savdo tashkiloti maydonchasi modeli. 
Bu model nostandart, o‘z yo‘nalishidagi yagona yoki sifati tez 
o‘zgaruvchi mahsulotlar (xizmatlar, mahsulotlar) narxini aniqlashga o‘z 
yondoshishlari bo‘lgan kompaniyalar tomonidan sotib olinganda yoki 
sotilganida ishlatiladi. Bu guruhga kamyob buyumlar, kapital uskunalar, 
avval ishlatilgan mahsulotlar, zaxiralar va boshqalar kiradi. 
Birja shunday savdo maydonchasiki, u yerda narx talab va taklif 
asosida belgilanadi, buning natijasida kuchli o‘zgarishlarga uchrashi 
mumkin. Bu model mahsulot va taklifni vaqtinchalik kelishuvini 
ta’minlaydi. U talab va taklifni real vaqt davomida kelishish 
mexanizmini tashkil qilishni, bozor narxini aniqlashni, shu bilan birga 
ro‘yxatga olish jarayoni va oldi-sotdi jarayonini o‘tkazishni talab qiladi. 
Bu model keng tarqalgan mahsulotlar uchun ma’qul hisoblanadi. 
Birja modeli talab va taklif notekis bo‘lgan bozorda o‘ziga 
kengroq jalb etadi. U bozor ishtirokchilari uchun ortiqcha yoki yuqori 
bo‘lgan talabni boshqarishga yordam beradi. Shuni ham alohida 
ta’kidlash lozimki, birjalar bir qancha holatlarda kompaniyalarga 
anonim holda oldi - sotdi qilishga imkon beradi, masalan, ovoza bo‘lish 
sotuvchi va xaridor tutgan o‘rnining raqobatbardoshligiga xalaqit berishi 
mumkin bo‘lgan holatida u katta ahamiyatga ega. 
Ko‘pincha virtual savdo maydonchalari bir emas, bir necha 
tashkilot ishlarining ko‘rib chiqilgan modellarini baravar ishlatadilar, 
qachonki, bu holatlarda mijozlar o‘zlarining imkoniyatlari darajasida 
savdo sxemalarini tanlab olishlari mumkin. 
Virtual savdo maydonchalarining yana bir o‘ziga xos xususiyati 


80 
ularning maxsuslashtirilganligidir. U quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
-
vertikal – biror-bir tarmoq yoki mahsulot turiga mo‘ljallangan; 
-
gorizontal (funksional) – ma’lum bir biznes-jarayonlarga 
mo‘ljallangan. 

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish