6.2. Elektron tijorat C2C – (
Consumer-to-consumer
) jarayonida
ishtirok etuvchilarning o‘zaro munosabati modeli
Moliyaviy bozorlarda nimalardir sotib olinadi va nimalardir sotiladi
– ammo maqsad bitta: arzonroq va tezroq sotib olib, qimmatroq va
84
tezroq sotishdir. Moliyaviy bozorda ishlash uchun uning qonuniyatlarini
yaxshi bilish va tushunish kerak. Shuning uchun bu bozorda ishlamoqchi
va tirikchilik qilmoqchi bo‘lsangiz, avvalo uning qonuniyatlarini tegishli
kitob va qo‘llanmalardan foydalangan holda yaxshilab o‘rganib oling.
Avvalo moliyaviy bozorning texnik tahlilini o‘rganib olishingiz kerak
bo‘ladi. Texnik tahlilning mohiyatini quyidagicha ta’riflashimiz
mumkin: shu yo‘nalish bo‘yicha bozorning holatini aniqlab beradigan
tarixiy ma’lumotlardan foydalanib, uning kelajakdagi mumkin bo‘lgan
holatlari bashorat qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, kotirovkalarning
vaqt bo‘yicha o‘zgarish grafik chizmalaridan foydalanib, tanlangan
moliyaviy uskunaning kelajakda qanday bo‘lishini bilishimiz mumkin.
Bu tabiat qonuni emas, balki inson ruhiyati bilan bog‘liq hodisadir.
Chunki siz kabi minglab insonlar ushbu grafiklarni ko‘radilar va shunga
asosan tegishli qarorlar qabul qiladilar. Qarorlar qabul qilish uchun esa
xuddi siz kabi texnik usullardan foydalanadilar. Demak, bozordagi
holatning o‘zgarishi ko‘pchilik tomonidan qilingan bashoratdan o‘zga
narsa emas. Lekin texnik tahlil barcha muammolarni hal qilib bera
olmaydi. Moliyaviy bozorlarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun
fundamental tahlil va turli xil yangiliklardan ham foydalanish mumkin.
Moliyaviy bozorning holati yangiliklar tufayli qanday o‘zgarishini bilish
ham bu bozordagi o‘yinchilar uchun juda katta ahamiyatga ega. Bu
o‘yinda muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘pchilik topgan yechimni topa
bilish kerak bo‘ladi. Moliyaviy bozorda ishlash va muvaffaqiyatga
erishish uchun eng avvalo bir necha o‘n minglab dollar miqdorida
mablag‘ kerak bo‘ladi.
Endi Internet orqali moliyaviy bozorning qaysi qismlarida ishlash
mumkinligini aniqlab olamiz. Bu ma’noda moliyaviy bozorda faqatgina
vositachi brokerlar orqali faoliyat ko‘rsatish mumkin. Real savdolar turli
xil birjalarda va birjadan tashqari bo‘lgan joylarda amalga oshiriladi va u
yerlarga faqatgina litsenziyali, bilimli hamda yuqori malakali
mutaxassislar kira oladilar. Internet vositasida moliyaviy bozorda
faoliyat ko‘rsatish uchun bir qancha imkoniyatlar mavjud va biz ularni
quyida ko‘rib chiqamiz:
Birinchidan, valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish uchun
85
mo‘ljallangan tizim
Do'stlaringiz bilan baham: |