Xarajat va foyda hissasining o'zgarishi
Xarajatlar o'zgarmagan holda tovar narxining oshishi daromadni ko'paytirish orqali foydani oshiradi. Narx o'zgarmagan holda xarajatlarning pasayishi ham foydani oshiradi, chunki narxning tarkibida foydaning hissasi ortadi. Demak, foydani ko'paytirish uchun xarajatlarni minimumlashtirish kerak va bunga mehnat unumdorligini oshirish orqali erishiladi.
Mehnat unumdorligining ortishi xarajatlarni pasaytirganidan foydani ko‘paytirish omiliga aylanadi.
Unumdorlikni oshirish uchun, o'z navbatida mehnat va moddiy resurslarni tejovchi ilg'or texnologiyani qo'llash, ishlovchilar malakasini muttasil oshirib borish,mehnatni rag'batlantirish, boshqarishning yangi usullarini qo'llash talab qilinadi
Tadbirkorlik maqsadi foyda bo'lar ekan, uni maksimumlashtirishga intilmaydigan korxona bo'lmaydi. Korxona qisqa vaqtda oz foyda bilan qanoatlanishi mumkin, lekin uzoq davrda, u foydani maksimumlashtirishga, ya’ni imkon boricha ko'p olishga intiladi. Bunga intilmagan korxona tez rivojlanib va boyib keta olmaydi. Foydani maksimumlashtirish, uning normasini, ya’ni rentablellikni oshirishni va kapitalni ko'paytirib ishlab chiqarish ko'lamini kengaytirishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |