Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/81
Sana16.01.2022
Hajmi3,81 Mb.
#370711
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81
Bog'liq
O'qish kitobi. 4-sinf (2017, S.Matchonov, A.Shojalilov) (1)

NURXON BILAN BURHON
Miraziz  A’zam
Nurxon  qiz  munkidi-yu,
Savati  uchib  ketdi.
Qulupnayi  sochilib
Har  yoqqa  qochib  ketdi.
Burhon  xaxolab  kulib,
O‘zi  ham  qoqildi-ku!
Kesilgan  daraxt  kabi
Gursillab  yiqildi-ku!
Nurxon  unga  kulmadi,
Do‘ppisin  qoqib  berdi.
«Yomon  yiqilmadingmi,
Qursin,  falokat»,  –  dedi.
Burhon  qattiq  uyaldi,
«Zararsiz»,  –  dedi  Nurxon.
Qulupnayni  «puf-puflab»
Savatga  terdi  Burhon.
Chirandi-yu,  odobda,
Nurxonga  yutqazdi  u.
...Qulupnayday  qizarib,
Savatni  tutqazdi  u.


118
1.  She’rni  ifodali  o‘qing.
2.  Burhon  nima  uchun  uyalganini  izohlang.
QO‘RQOQ
Sunnatulla  Anorboyev
I
Bolalar  Bahromga  «Qo‘rqoq, 
qo‘rqoq!»  deb  ozor  berishardi. 
To‘g‘ri,  u  kechasi  eshikka  yol-
g‘iz  chiqishdan  qo‘rqardi.  Agar 
qorong‘i  tushganda  yotoqxo na-
dan  chiqmoqchi  bo‘lsa,  birorta 
o‘rtog‘iga  «yurgin»,  deb  yalinar, 
ba’zan  esa  yon-ve ridagilarning 
o‘r    -
nidan  turishini  poylab,  ko‘zini  mo‘ltillatib  yotaverar
-
di.  Goho  bolalar  jo‘rttaga  uni  mazax  qi lish  uchun 
to‘satdan:  «Ana,  bo‘ri!»  deb  yotoqqa  qa rab  yugurib  qo-
lishardi.  Bahrom  ham  ularning  ketidan  ura  qochardi. 
Nima  qilsin,  ayb  Bahromdami?  Dadasi  yo‘qolgan  otini 
qidirib  kechasi  tog‘da  yurganida,  uni  och  bo‘rilar  yeb 
ketgan.  O‘shandan  keyin  oyisi  yurak  oldirib,  Bahromni 
kechasi  eshikka  yolg‘iz  chiqarmaydigan  bo‘lgan.  O‘tgan 
yili  ferma  qishlovidagi  boshlang‘ich  maktabni  tamomlab, 
qishloq  markazidagi  yotib  o‘qiydigan  maktabga  keta-
yotganida  ham  oyisi:  «Kechalari  yolg‘iz  yura  ko‘rma!» 
deb  qattiq  tayinlagan.  Mana,  hozirgacha  oyisining  gapi
-
dan  chiqmaydi.  Uchinchi  fermadan  kelib,  birga  yotib 
o‘qiydigan  bolalar  bugun  uni  bekordan  bekorga  xafa 
qilishdi:  «Qo‘rqoq»  deb  mas xaralab  tashlab  ketishdi. 
Bahrom  noiloj  yotoqqa  qaytib  kirdi.  Xona  huvullab  tu
-


119
ribdi.  Ertaga  yakshanba  –  hamma  uy-uyiga  ketgan.  
Na zarida  Qoravoyning  achchiq  pichingi  qulog‘ining  tagi
-
da  hamon  jaranglayotganday  tu yuldi.  To‘satdan  u:
–  Bekorlarni  aytibsan!  Qo‘rqmayman!  –  deb  baqirib 
yubordi.  Shu  payt  burunlarini  jiyirib,  tirjayib  turgan  bola
-
lar  ko‘z  oldiga  keldi.  Ular  go‘yo:  «Qo‘rqoq,  qo‘rqoq»,  – 
deb  masxara  qilayotganday  tuyuldi-yu,  velosipedga  irg‘ib 
minib,  orqasiga  qaramay  g‘izillagancha  ketdi...
1.  Bolalar  nima  uchun  Bahromni  «qo‘rqoq»  deb  atashardi?
2.  Uning  o‘rtoqlari  ketidan  yo‘lga  otlanishining  sababini 
ayting.
II
To‘satdan  chaqmoq  chaqib,  momaqaldiroq  gumbur
-
ladi.  Bahrom  osmon  qars  yorilib,  bosib  tushadigan
-
day  bo‘ynini  qisdi.  Tomchilayotgan  yomg‘ir  sharros  qu-
yib  yubordi.  Yo‘l  birpasda  loy  bo‘ldi.  Yurish  og‘irlashdi. 
Sirg‘anib  ketib  ag‘anab  tushsa  bormi...  Bahrom  past
-
ga  qaradi-yu,  yuragi  orqasiga  tortib  ketdi:  payqamagan 
ekan,  kuchli  sel  kelibdi!..  Sel  ovozi,  momaqaldiroq  gul
-
dirashi  orasida  Bahromning  qulog‘iga  qo‘y  ma’ragani 
chalinganday  bo‘ldi.  Saldan  keyin  yana  eshitildi.  Bu 
safar  qo‘y  ovoziga  qo‘zichoqning  zorli  ma’ragani  ham 
ulanib  ketdi.  Ana  o‘zi!  Katta  sovliq  qorong‘i  tun  ichi
-
dan  sho‘ng‘ib  chiqdi.  U  suv  yoqalab  yelib  kelardi. 
«Jalada  suruvdan  ayrilib  qolib  ketgan,  jonivor!»  –  de
-
gan  fikr  ko‘nglidan  o‘tdi  Bahromning.  U  qo‘yni  ko‘rgan 
zahoti  xuddi  yo‘ldosh  topilganday  qo‘rquvni  unutdi. 
Yashin  yalt  etganda,  sel  betida  qalqib  oqib  borayot
-
gan  qo‘zichoqqa  ko‘zi  tushib  qoldi.  Sovliqning  buncha
-
lik  telbalanib  chopishiga  endi  tushundi.


120
Bahrom  o‘ylab-netmay  velosipedini  yerga  yotqizib,  ki
-
yimlarini  shartta  yechdi-da,  qo‘zichoqqa  intildi.  Shu  payt 
uzoqdan  kimdir  baqirdi:  –  Qur-ey,  qur-ey!
U  suv  kechib,  qo‘zichoqning  ketidan  borardi.  Sel 
to‘pig‘iga,  tizzasiga,  soniga  chiqdi.  Qo‘zichoqqa  ye-
tib  qo‘l  cho‘zganida  esa  belidan  oshib  qolgandi. 
Hali  oqim  bo‘ylab  yurgani  uchunmi,  suvning  kuchini 
sezmagan  ekan.  Endi  oyog‘ini  yerga  tirab  selga  qar
-
shilik  ko‘rsatgan  ham  ediki,  suv  chalqancha  ag‘dardi-
yu,  oqizib  ketdi.  Sayozroq  joyga  yetganida  oyog‘ini 
yerga  tiramoqchi  bo‘lgandi,  suv  zo‘rlik  qilib  surib  ket
-
di.  Yaxshiyam  Bahrom  qo‘li  bilan  xarsangtoshni  ushlab 
qolgani,  bo‘lmasa...  U  shu  ahvolda  qancha  vaqt  tosh 
ustida  yotganini  bilmaydi.  Qirg‘oqqa  qanday  chiqib  qol
-
gani  ham  esida  yo‘q.  Faqat  uyqudan  uyg‘onganday 
ko‘zini  ochsa,  kimdir  uni  chakmonga  o‘rayotgan  ekan.
–  Balli,  ota  o‘g‘il!  –  dedi  u  kishi.  Bahrom  chakmon
-
ni  egnidan  tushirib  yubormaslik  uchun  yaxshiroq  yopi-
nib,  o‘rnidan  turdi. 
–  Sovuq  qotyapsanmi?  –  deb  so‘radi  chakmonga 
o‘ragan  kishi.  Bahrom  uni  endi  tanidi.  Jumanazarning 
dadasi  Ollonazar  amaki-ku.  U  sevinib  ketdi  va  junjika-
yotgan  bo‘lsa-da,  bosh  chayqab  «yo‘q»  dedi.  U  ola
-
zarak  bo‘lib  qo‘zichoqni  qidirdi.  Nahotki,  oqib  ketgan 
bo‘lsa?!
Endi  so‘ramoqchi  bo‘lib  turganida,  Ollonazar  amaki 
qo‘llari  bilan  uni  dast  ko‘tardi-yu,  eshakka  mindirdi.
Shundagina  u  eshakning  panasida  turgan  qo‘yga 
ko‘zi  tushdi.  Qo‘zichoq  bo‘lsa  onasining  bag‘riga  suqilib, 
miriqib  emmoqda  edi...
Ollonazar  amaki  «hayt»  deb  qo‘zichoqning  tinchligini 
buzdi.  Sovliq  oldinga  qarab  yurdi,  qo‘zichoq  orqasidan 


121
yugurdi.  Eshak  ham  yo‘rg‘alab  ketdi.  Yo‘lda  Bahromning 
kiyim-kechagini,  velosipedini  qidirib  topishdi...
Peshindan  keyin  Bahrom  fermadan  davlat  xo‘jaligi 
markaziga  ketayotgan  mashinaga  o‘tirib  maktabiga  jo‘nadi. 
U  kechki  g‘ira-shirada  maktabga  yetib  keldi.  O‘rtoqlarining 
hammasi  yotoqda  ekan.  Lekin  qiziq  bo‘ldi.  Odatda, 
«o‘rtoq»  o‘rniga  «qo‘rqoq»  so‘zini  qo‘shib:  «Bahrom 
qo‘rqoq  keldi»  deb  qarshi  oladigan  bolalar  bugun  negadir:
–  Ana,  Bahrom  keldi!  –  deb  o‘rinlaridan  gurra  turib, 
uni  o‘rab  olishdi.
1.  Bahromni  o‘rtoqlarining  hurmat  bilan  kutib  olishining 
sababini  izohlang.
2.  «Bahrom  –  g‘ururli  bola»  mavzusida  insho  yozing.

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish