Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/81
Sana16.01.2022
Hajmi3,81 Mb.
#370711
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
Bog'liq
O'qish kitobi. 4-sinf (2017, S.Matchonov, A.Shojalilov) (1)

XATOSINI TUSHUNGAN BOLA
Xudoyberdi  To‘xtaboyev
I
Qosimjon  ochiq  deraza  oldida  bog‘  tomonga  tikil
-
ganicha  o‘yga  tolib  o‘tiribdi.  Bog‘da  esa  o‘riklar  op
-
poq  bo‘lib  gullagan,  asalarilar  gul  atrofida  viz-vizlasha
-
di,  qayerdadir  qushlar  sayraydi,  ariqchadagi  suvning  bir 
me’yorda  jildirab  oqishi  quloqqa  chalinadi.
Qosimjon  bo‘lsa  bularning  hech  biriga  parvo  qilmay
-
di,  xafa,  ko‘ksida  allaqanday  dard...  Axir  sinfdoshi  Mu
-
habbat  tug‘ilgan  kuniga  butun  sinfni  taklif  etsa-yu,  uni 
loaqal  yur  ham  demasa,  alam  qilmaydimi?!  To‘g‘ri,  Qo
-
simjon  butun  o‘quvchilar  bilan,  yaqin  sinfdoshi  Muhab
-
bat  bilan  ham  arazlashib  qolgan. 
Bir  kuni  sinfda  o‘tirgan  edi.  Tohir  hovliqib  kirdi:
–  Sherik,  qani,  bir  o‘ynab  yubor-chi!
–  Nima  gap  o‘zi?  –  hayron  qoldi  Qosimjon.
–  Avval  o‘yinga  tush,  keyin  bilasan...
Qosimjon  qo‘llarini  ko‘tarib  o‘ynagan  bo‘ldi.  Do‘sti 
xatni  uzatdi.  Bundoq  o‘qib  qarashsa,  xat  Toshkentdan, 
tahririyatdan  ekan.  Xatda  Qosimjon  yozgan  «Men  ek
-
kan  nihol»  she’ri  olinganligi,  uni  gazetaning  kelgusi 
sonlarida  bosib  chiqarilishi,  yana  she’rlar  yozib  turishi, 
ko‘p  mashq  qilishi  kerakligi  aytilgandi...
O‘sha  kuni  xatni  o‘qimagan  o‘quvchi  qolmadi,  hatto 
sinf  rahbari  Abdullayev  ham  o‘qib,  Qosimjonni  maqtab 
qo‘ydi.  Uning  o‘zi  bo‘lsa,  bosar  joyini  bilmay  qolgan 
edi.  Darsga  quloq  solgisi  kelmadi.  «Zo‘r  shoir  bo‘lib 
ketsam,  Tohirni  haydovchilikka  olaymi,  shlapaning  qaysi 
rangidan  kiysam  ekan»,  degan  o‘y-xayollar  bilan  butun 
kunni  o‘tkazdi.  Dars  tugagach,  devoriy  gazeta  muharri
-


114
r
i  Muhabbat  uning  yoniga  kelib:  «She’rni  qachon  yozib 
berasan»,  –  deb  qistab  qoldi.
–  Sening  devoriy  gazetangga  she’r  yozishga  vaqtim 
yo‘q.
–  Nega  vaqting  bo‘lmas  ekan?
–  Yo‘q,  vassalom,  men  Toshkentga  yozishim  kerak. 
Mendan  she’r  so‘rashyapti...  Tushundingmi?
–  Voy-bo‘y,  shunaqa  katta  odam  bo‘lib  ketdim,  de
-
gin  hali.
Qosimjon  javob  o‘rniga  kulib  qo‘ya  qoldi.  Muhab
-
bat  ertasiga  she’rni  yana  qistab,  «qo‘lingdan  kelsa, 
o‘zing  yozib  ol»,  degan  javob  oldi.  «Men  ekkan  nihol» 
sarlavhali  she’r  bosilib  chiqqan  kuni  gazeta  maktabda 
qo‘lma-qo‘l  bo‘ldi.  Hamma:  «Bu  o‘zimizning  Qosimjon
-
mi,  voy  qurmagur-ey.  Bundan  tuzuk  odam  chiqadiganga 
o‘xshab  qoldi-ku!»  –  degan  gaplarni  aytishdi.  Qosimjon 
kun  bo‘yi,  hatto  darsda  o‘tirib  ham  she’r  yozdi,  o‘chirdi, 
yana  yozdi.  Tarix  darsida  qo‘lga  ham  tushib  qoldi.
–  Barmoqlaring  bilan  nimani  sanayapsan?  –  so‘radi 
Abdullayev.
–  Yetti  bo‘g‘in,  –  dedi  Qosimjon  shoshib-pishib. 
Keyin  o‘quvchilar  «gur»  etib  kulib  yuborishdi.  U 
noto‘g‘ri  javob  berganini  sezib  o‘zidan  o‘zi  uyalib  ket
-
di.  O‘qituvchi  uning  she’r  yozib  o‘tirganini  ko‘rib  she’rni 
darsdan  keyin  yozasan,  deb  ogohlantirdi.  Qosimjon 
bo‘lsa,  xuddi  eshitmagandek,  uning  ko‘zlariga  tikilgancha 
jim  turaverdi.
–  Sen  manman  bo‘lib  ketyapsan,  –  dedi-da,  o‘qituv-
chi  darsini  davom  ettirdi.
1.  Qosimjonning  manmanlikka  berilishi  sababini  izohlang.
2.  O‘qituvchi  unga  nima  uchun  tanbeh  berdi?


115
II
Ertasiga  devoriy  gazeta  chiqdi.  Unda  Qosimjon
-
ning  rasmini  boplab  chizishgan  edi.  Yuzi  osmonga  qara
-
gan,  bo‘yni  olmaning  bandidek,  burnini  shunaqangi  uzun 
cho‘zishibdiki,  naq  devoriy  gazetadan  chiqib  ketay  deb  tu
-
ribdi,  rasmning  ostiga  «yosh  shoir»  deb  yozib  qo‘yilgan.
Qosimjon  shunaqangi  achchiqlandiki,  ancha  mahalga
-
cha  tili  so‘zga  kelmay  duduqlanib  qoldi.
–  Kim  chizdi?  –  dedi  u  nihoyat.
–  Men,  –  dedi  o‘tirgan  o‘rnida  Muhabbat.
–  Nega  chizding?
–  Chizdim...
–  Mana  senga!  –  Qosimjon  urmoqchi  bo‘lib  qo‘l 
ko‘targan  edi,  qizning  yonida  o‘tirgan  Odil  chaqqonlik 
bilan  ushlab  qoldi.
–  Hozir  kechirim  so‘ra!  –  dedi  u  qaltirab.
–  Sen  mening  shaxsiy  ishimga  aralashma!  –  deb 
Qosimjon  Odilning  qo‘lini  siltab  tashladi.
Bu  voqea  bir  nafasda  sinf  rahbarining  qulog‘iga 
borib  yetdi.  Darsdan  so‘ng  Qosimjonni  o‘quvchilar 
o‘rtasida  muhokama  qiladigan  bo‘lishdi.  Lekin  sinf  maj-
lisi  endigina  boshlanay  deb  turganda,  Qosimjon  payt 
poylab  derazadan  oshib  tushdi-da,  Tohirni  ergashtirib 
uyiga  jo‘nab  qoldi.
–  Qani  bittasi  g‘ing  deb  ko‘rsin-chi,  gazetaga  yoza
-
man,  –  dedi  u  achchiqlanib.
–  Albatta,  sen  qayoqda-yu,  ular  qayoqda,  –  dedi 
Tohir. 
Keyin  ikkovlari  ham  ancha  mahalgacha  so‘z-
lashmasdan  jim  ketdilar.  Tohir  do‘stining  ortidan  soya-
dek  ergashib  borarkan,  eng  og‘ir  paytda  uni  yolg‘izlatib 
qo‘ymaganidan  mamnun  edi.  Qosimjon  bo‘lsa  butun 


116
sinfni,  o‘rtoqlarini,  undan  keyin  o‘qituvchisini  ham  al-
dab,  ularning  yuziga  oyoq  bosganiga  yuragining  al
-
laqayeri  achishib  turgan  bo‘lsa-da:  «Barcha  shoirlar 
ham  qiyinchilik  bilan  shoir  bo‘lishgan.  Men  ham  hozir 
qiynalyapman.  Keyinchalik  hammasi  ham  uyalib  qola
-
di»,  –  deb  o‘ziga  o‘zi  tasalli  berardi.  Ertasiga  uni  sinf 
rahbari  direktor  xonasiga  chaqirtirdi.
–  Sendan  yaxshi  yigit  chiqadi,  deb  yurardim,  –  gap 
boshladi  Abdullayev,  –  sen  bo‘lsang,  hech  kimni  hur
-
mat  qilmay  qo‘yibsan.
Qosimjon  boshini  quyi  solgancha  jim  turaverdi.
–  Nega  majlisdan  qochding?  O‘rtoqlaringni  kuttirib 
qo‘yishga  uyalmadingmi?
Qosimjonning  ko‘zlarida  yiltirab  yosh  tomchilari 
ko‘rindi.  Abdullayev:  «U  o‘z  qilmishiga  pushaymon 
bo‘ldi»,  –  deb  o‘yladi  shekilli:  «Bor,  o‘rtoqlaringdan  ke
-
chirim  so‘ra»,  –  dedi-da,  ketishga  ijozat  berdi.
Lekin  Qosimjon  kechirim  so‘ramadi.  Shu  sabab 
bo‘ldi-yu,  kundan  kunga  o‘rtoqlaridan  uzoqlashib,  oxiri 
Tohirdan  boshqa  hech  kim  u  bilan  gaplashmay  qo‘ydi.
...Kimdir  ko‘cha  eshikni  ustma-ust  ikki  marta  qoq-
qan  edi,  o‘yga  tolgan  Qosimjon  bir  cho‘chib  tushdi-yu, 
o‘ziga  keldi.  Keyin  bir  xo‘rsindi-da,  borib  eshikni  ochdi. 
Tohir  ekan.
–  Muhabbat  seni  tug‘ilgan  kuniga  aytdimi?  –  uning 
birinchi  gapi  shu  bo‘ldi.
–  Aytgani  yo‘q...  –  ma’yus  javob  berdi  Qosimjon. 
–  Bizni  aytmadi-ya,  –  xo‘rsinib  qo‘ydi  Tohir.  Ular 
uzoq  o‘tirishdi.  Bir  mahal  Qosimjon  o‘rnidan  turib  yuz-
larini  sovuq  suv  bilan  yuvdi,  sochlarini  yaxshilab  taradi, 
sovg‘a  uchun  jildining  ichki  tomoniga  she’r  yozilgan  al
-
bomni  qo‘liga  oldi.


117
–  Qani,  yur!
–  Sherik,  aytilmagan  joyga  boryapmiz-da,  qalay  bo‘-
larkin?  –  dedi  Tohir  asta.  Qosimjon  negadir  sal  yumshadi:
–  Qiziq  ekansan-da,  biz  begona  joyga  boryapmizmi? 
Sinf  rahbarimizning  so‘zi  yodingdan  chiqdimi,  xatosini 
tushunib,  kechirim  so‘ragan  kishini  hamma  hurmat  qila
-
di,  degan  edilar-ku...  Boraveramiz.
1.  Qosimjonni  manmanligi  uchun  o‘rtoqlari  qanday  jazo
-
lashdi?
2.  Hikoyaning  «Xatosini  tushungan  bola»  deb  nomlanishi
-
ni  izohlang.

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish