Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/81
Sana16.01.2022
Hajmi3,81 Mb.
#370711
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
Bog'liq
O'qish kitobi. 4-sinf (2017, S.Matchonov, A.Shojalilov) (1)

SHARQ HIKOYASI
Abdulla  Oripov
Aniq  yili  esimda  yo‘q,
Allaqaysi  zamonda,
Bir  qishloqda  ota-o‘g‘il
Yashar  ekan  omonda.
Bir  kuni  deng  shu  ikkovlon
Qaygadir  yo‘l  olishdi.
Minay  desa  ot-ulov  yo‘q,
O‘ylanishib  qolishdi.
Qurib  ketsin  yo‘qchilik  ham
Kim  nelarga  zor  edi.
Ikkovining  o‘rtasida
Bitta  eshak  bor  edi.
Garchi  u  ham  biroz  yag‘ir,
Garchi  andak  bedarmon.
Shu  eshakni  minsakmi  deb,
O‘ylab  qoldi  ikkovlon.
Ota  dedi:  –  O‘g‘lim,  bundan
Na  sen,  na  men  tingaymiz.
O‘g‘il  dedi:  –  Ota,  buni
Galma-galdan  mingaymiz.
Ota  doim  ota  axir,
Ya’ni,  mudom  izzatda.
Eshakka  u  mindi  dastlab
O‘g‘il  yayov,  albatta.
Bir  qishloqdan  o‘tdilar
Ikkov  sekin  tiqirlab.
Ortlaridan  to‘rt-besh  odam
Kulib  qoldi  piqirlab.
–  Ahmoq  ekan  manavi  chol,
Ahmoq  haddan  ziyoda.
O‘zi  ulov  minib  olgan,
O‘g‘li  esa  piyoda.
G‘alati  bir  hisni  tuyib
Shartta  pastga  tushdi  chol.
–  Kelaqolgin,  o‘g‘lim,–  dedi,
Eshakka  sen  minaqol!


124
Endi  o‘g‘il  to‘qimda-yu,
Ota  yayov  ketardi.
Endi  ular  boshqa  qishloq
Ko‘chasidan  o‘tardi.
Borardilar  so‘zsiz,  sekin
Asta-asta  tiqirlab.
Ortlaridan  to‘rt-besh  odam
Yana  kuldi  piqirlab.
–  Ahmoq  ekan  manav  bola
Ahmoq  haddan  ziyoda.
O‘zi  ulov  minib  olgan,
Otasi-chi  piyoda.
Yosh  emasmi,  birdan  uning,
Oriyati  qo‘zg‘aldi.
Shartta  pastga  tushdi  u  ham,
U  ham  yayov  yo‘l  oldi.
Yurib-yurib ikkalasi
Necha  adir,  qir  oshdi.
–  Bor-e,  –  deya  so‘ng  eshakka
Ikkovi  ham  mingashdi.
Ammo  tag‘in  bir  manzildan
O‘tar  bo‘ldi  ikkovlon.
Ne  kulfatki,  bu  joyda  ham
Tinch  qo‘ymadi  olomon.
–  Ahmoq  ekan  bular  rosa,
Insofi  yo‘q,  lavanglar,
Ikki  odam  bir  eshakni
Minib  opti,  qaranglar.
Malomatdan  ota-o‘g‘il
Tamom  horib-toldilar.
G‘azab bilan bir-biriga
Termilishib  qoldilar.


125
1.  Ota  eshakka  minib,  o‘g‘il  piyoda  borishayotganda 
odamlar  ularning  ustidan  nima  deb  kulishdi?  Ikkinchi, 
uchinchi  qishloqda-chi?

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish