TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA O`QITISH METODIKASI YO`NALISHI 17/1 GURUH TALABASI KARSHIBAYEVA DONONING BIOLOGIYA O`QITISH METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU: Biologiyani o`qitishda o`quvchilarning tahliliy-tanqidiy va mantiqiy fikr yuritish ko`nikmalarini tarkib toptirish yo`llari
Tekshirdi: b.f.n MUTALOV
Mavzu: Biologiyani o`qitishda o`quvchilarning tahliliy-tanqidiy va mantiqiy fikr yuritish ko`nikmalarini tarkib toptirish yo`llari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
O'quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirish yo'llari.
Biologiyani o’qitishda o’quvchilarning tanqidiy-taxliliy va mantiqiy fikr yuritish ko’nikmalarini tarkib topshirishda muammoli ta’lim texnologiyalarining o’rni
Mantiqiy fikrlashga undovchi savol va topshiriqlar.
Xulosa
Kirish
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi. Sohadagi islohotlar natijasida ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi.
Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida barcha tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi ta’minlash Davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘layotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz. Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, ta’lim muassasalariga etibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fanni chuqur o‘rganish va zamon talablari asosida baholashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha jahon tajribalari o‘rganilmoqda. Jumladan, aniq fanlar blok-modulida o‘quvchilar mantiqiy fikrlashini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan, talablarga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar hamda mustaqil va ijodiy fikrlashga undovchi amaliy topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan xalqaro baholash dasturilari (PISA, TIMSS), O‘zbekiston ta’lim tizimida 2021-yilda 3 ta (o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik) yo‘nalish bo‘yicha ishtiroki etishi ko‘zda tutilmoqda. Hozirda, o‘quvchilarning fanlarni chuqur o‘zlashtirishi, qiziqishlari rivojlantirish, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash, kasbga yo‘naltirishni amalga oshirish, qo‘shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarni shakllantirish, internet tizimi yordamida axborot izlash, olish va qayta ishlashni o‘rgatish bilan birga ularni nazorat etishning yangi mexanizmlarini amaliyotga tadbiq etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O'zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini tubdan isloh qilishning nazariy asosi sanalgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan biri o'quvchilarda ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish sanaladi. Fikr inson faoliyati, uning o'z kuchi, qudrati va bilimini tashkil etuvchi ma’naviy-insoniy sifatidir. Fikr rivoji ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo'lganligi uchun, o'qitish jarayonida o'quvchilarning ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish zarur. Ta’lim-tarbiya jarayonida mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini qo'llash zarur. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy g'oyasi o'quvchilami har tomonlama rivojlantirish sanaladi. Mazkur texnologiyaning asosiy xususiyatlari:
• o'quvchilami o'z bilish faoliyatining subyektiga aylantirib, fikr yuritish mexanizmini shakllantiradi, rivojlantiradi;
• o'quvchilarning bilish faoliyati emperik va nazariy bilish yaxlitligida tashkil etilib, o'qitish jarayonida bilimlarni deduktiv usulda o'rganish ustuvor bo'ladi;
• o'qitish jarayonining asosini o'quvchilarning o'quv topshiriqlarini bajarish orqali vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyati tashkil etadi;
• o'quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yo'nalish sanaladi.
Fikr yuritishning bu ikki tipi bir-birini to'ldiradi va taqozo etadi.
Tanqidiy fikr yuritish shaxsning voqea va hodisalar haqidagi munosabati va fikrini vujudga keltirib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
Tahliliy fikr yuritish (axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni tanlash, taqqoslash, faktlar va hodisalarni chog'ishtirish). O'quvchilarda tahliliy fikr yuritish ko'nikmalarini shakllantirish uchun biologiya o'qituvchisi har bir darsda avval o'rganilgan obyektlar bilan o'rganilgan obyekt o'rtasidagi bog'lanishlami aniqlaydigan topshiriqlami berishi kerak. Jumladan, «Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi» mavzusini o'rganganda o'quvchilami kichik guruhlarga ajratib, ularga o'quv topshiriqlari bilan bir qatorda quyidagi jadvalni to'ldirish tavsiya etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |