Ishning borishi:
Uchta probirkaga 1-2 ml dan suyultirilgan so’lak (amilaza)
solinadi. Birinchi probirkadagi so’lak 2-3 minut qaynatiladi. So’ngra hamma
probirkalarga 3-4 ml dan kraxmal solinadi. Birinchi va ikkinchi probirka 15-20 minut
37°C li termostatga inkubasiyaga qo’yiladi. Uchinchi probirka 15-20 minut muz
hammomiga qo’yiladi.
Inkubasiyadan
keyin
har
bir
probirkadagi
suyuqlik
ikkiga
bo’linib,probirkalarga solinadi va A hamda B qatoridagi probirkalar deb belgilanadi.
A qatordagi probirkalarda bir necha tomchi yodning kaliy yoddagi eritmasidan
solinadi, B qatordagi probirkalarga esa 20% li natriy ishqoridan 2-3 ml va 3-4 tomchi
5% li mis sulfat eritmasidan solib qizdiriladi, ya’ni Trommer reaksiyasi bajariladi.
Tajribadan olingan natijalar jadvalga yoziladi va fermentlarning termobilligi haqida
hulosa qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |