Mashqning maqsadi: YAqin kelajak rejalarini aniqlashga va «hayotiy dastur»ni tuzishga o‘rgatish
5-mashg‘ulot.
«Muqobil dalillar» mashqi
Mashqning borishi: Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tiradilar. Har bir guruh a’zosi o‘zidan qoniqmagan bo‘sh jihatlarini aytib beradi. Qolgan a’zolar uning bu jihati ma’lum vaziyatlarda ijobiy fazilat ekanligini tushuntirishga harakat qiladilar. Bunda har bir ishtirokchi bir-birini takrorlamagan holda ushbu holatning biron bir ijobiy tarafini sanaydi.
Trening maqsadi: Insonning o‘zini namoyon etish sharoitlarini yaratish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantirish.
Ishtirokchilar uchun topshiriqlar:
1. Muloqot samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsaytadigan omillarni keltiring.
2. Muloqot jarayonida zarur sifatlar ro‘yxatini to‘zing va ulardan qaysilarini o‘zingizda shakllantirish imkoni mavjudligini asoslab yozing.
Muloqot jarayonida o‘zini konstruktiv baholashga o‘rgatish treningi
Do'stlaringiz bilan baham: |