Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo„ladi:
1. Vatanga bo‗lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.
1. O‗zi mansub bo‗lgan millat o‗tmishi, urf-odatlari, an'analari va qadriyatlariga sodiqlik.
1. Vatan va millat tarixidan g‗ururlanish.
1. Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma'naviy boyliklarini asrash, ularni ko‗paytirish borasida g‗amxurlik qilish.
1. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo‗lida mehnat qilish.
1. Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish.
1. Vatan va millat obro‗i, sha'ni, or-nomusini himoya qilish.
1. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo‗lishi.
Vatanparvar shaxs o‗z vatanini uning boyliklari yoki vatanining qulay geografik hududda joylashganligi uchun emas, balki, o‗zi Vatanning bir bo‗lagi ekanligi, o‗zi mansub bo‗lgan millatning shu Vatanda, shu makonda yashashi uchun qadrlay olishi, unga nisbatan chuqur hurmat ko‗rsatishi zarur.
11-mavzu: O„ZBeKISTON ReSPUBLIKASI TA'LIM TIZIMI.
TA'LIM SOHASIDAGI DAVLAT SIYoSATINING ASOSIY
TAMOYILLARI
(1 soat)
TA'LIM MUASSASASI MeNeJMeNTI.
(1 soat) Reja: 1. O„zbekiston Respublikasining «Ta'lim to„g„risida»gi qonuni.Uzluksiz ta'lim tizimi.
2.Hozirgi davrda jahonda ta'lim tizimining ahvoli.
3.Ta'lim muassasasini boshqarishning pedagogik- psixologik asoslari.
4.Ta'lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari.
1.O„zbekiston Respublikasining «Ta'lim to„g„risida»gi qonuni. Mustaqillik yillarida, O‗zbekiston Respublikasida, uzluksiz ta'limi tizimini takomillashtirish ustuvor yo‗nalish sifatida e'tirof etildi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‗g‗risida»gi qonunida uzluksiz ta'lim tizimining mohiyati, yo‗nalishlari, ta'lim mazmuni, ta'limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. Mazkur me'yoriy hujjat mazmunida quyidagilar ifodasini topgan:
fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‗rgatishning huquqiy asoslari;
ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari;
har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqi;
pedagogk faoliyat bilan shug‗ullanish huquqi;
ta'lim muassasasining haquqiy maqomi;
ta'lim tizimi va turlari;
ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish; 8) ta'lim tizimini boshqarish.
O‗zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‗g‗risida»gi qonunida alohida urg‗u berilganidek, ta'limni tashkil etishning asosiy maqsadi – jamiyatda intellektual va ilmiy potensialni rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi burchi, javobgarligini anglaydigan barkamol va mustaqil fikrli shaxsni shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |