Dinlararo bag`rikenglik (Tolerantlik)
Dinlararo bag`rikenglik g`oyasi-xilma-xil diniy e`tiqodga ega bo`lgan kishilarning bir zamin, bir vatanda, olijanob g`oya va niyatlar yo`lida hamkor va hamjihat yashashini aynglaydi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g`oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do`stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat va bag`rikenglikka da`vat etadi. Hozirgi zamonda bu g`oya ezgulik yo`lida nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a`zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhum sharti hisoblanadi. Azal-azaldan diyorimizda islom, nasroniylik (xristiyan), iudaizm (yaxudiylar) kabi dinlar yonma-yon yashab keladi. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov (ruslar uchun), va sinagogalarning (yaxudiylar uchun) mavjud bo`lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o`z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig`idir.
Tariximizning eng murakkab, og`ir davrlarida ham ular o`rtasida diniy asosida mojarolar bo`lmagani xalqmizning dinlararo bag`rikenglik borasida katta tajriba to`planganidan dalolat beradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 16 konfessiyaga mansub dinlar faoliyat ko`rsatmoqda. Ularning o`z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi xuquqiy asoslar O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (1992 - yil 8 -dekabr), yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunida (1998 - yil 1 - may) o`z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo`lib, ulug` va mushtarak g`oyalar uo`lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 31-moddasida hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi deyilgan. Har bir inson xohlagan dinga e`tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e`tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi.
Yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni Oliy Majlisining 1998 - yil 1-maydagi qarori bilan tasdiqlangan buyon diniy bag`rikenglik uchun barcha huquqqiy asoslar yaratilgan. Jahondagi eng yirik dinlardan bo`lgan islom musulmon dunyosida va hatto undan tashqarida ham so`nggi o`ng yilliklar mobaynida ro`y bergan voqealar jahon “Islom ovozasi” deb atalgan hodisa haqida gapirish imkonini beradi. Dunyoda musulmonlar hozirgi kunda 1 milliard 300 millionni tashkil etadi. Shundan: sunniylar 92,5% ni tashkil etadi, shialar 7,5% ni tashkil qiladi.
Yer sharida 200 dan ortiq mamlakat mavjud bo`lib, ularning 31 mamlakatida islom diniga e`tiqod qiluvchilarning 50% dan ortig`i yashaydi. Shialar mazhabidagi musulmonlar asosan Eron, Saudiya, Iroq kabi mamalakatlarda yashaydi.
Sunniy musulmonlarning mazhabi:
- Hanafiylar asoschisi Abu Hanifa 47%
- Sufiylar asoschisi Abu Abdullo 27%
- Molikiylar asoschisi Molik Ibin Xonnos 17%
- Hanbaliylar 1,5%
tashkil etadi.
Jamiyatda din hukumron davlatdan ajratilgan. Din davlatdan, maktab esa dindan ajragan O`zbekistonda diniy asosda siyosiy partiya va siyosiy harakatlar bo`lishi mumkin emas.O`zbekistonda din siyosatga aralashmasligi kerak. Lekin Davlat Diniy akademiya ochgan. Islom so`zi arabcha “Hudoga o`zini topshirish”, “Itoat”, “Bo`ysunish” ma`nosini beradi.Islomning kelib chiqishi VI asr ohiri va VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida boshlanadi. Islom dini ibodatgina emas balki ahloq - odob manbalaridir. Keyingi yillarda tarbiya masalasi izdan chiqqan edi. Hozirgi kunda tarbiya mezonini o`zgartirish zarurdir. Odob va ahloqni ya`ni maktabga o`tgan Payg`ambarlarimizning sifatlarini olib kirish lozim.
1.Din faqat ibodat emas, ilmdan ham iboratdir. Shu sababli ham hozirgi kunda bolaga hayot sabog`i berish kerak. Chunki ota-onalarimiz hayot sabog`i berib kelgan. O`tmishda, masalan: Imom At-Termiziy hadislar to`plamida salom berish odobida Qur`oni karim Nur surasining 27 - oyatida salom berib ruxsat so`rab kirishlik aytiladi.
2. Niso surasining 86 - oyatida salom va alik olish to`g`risida aytiladi. Assalomu - alaykum, salom Allohning yerdagi nomi, Allohning salomini sizga yo`llayman, Salom berish sunnat amalllaridandir. Ota-ona hurmati Islom nuqtai nazaridan Isro surasining 22-24 - oyatida quyidagicha aytiladi: “ Avvalo Allohga itoat qil, so`ng ota-onani hurmat qil. Ota-onani xurmat qilishlik farzdir. Allohning roziligini olish bu ota-onaning roziligini olishdir. O`zbekistonning mustaqilligi insonning ham, u yashaydigan jamiyatning ham ma`naviy jihatdan boyib borishi uchun keng yo`l ochdi. Ma`naviy yo`riqlar o`zgardi. Ayniqsa, vijdon erkinligi masalasi bilan borliq yo`riqnomalar o`zgardi. Davlatning puxta o`ylab o`tkazayotgan oqilona siyosati juamiyatning dinga munosabatini ancha o`zgartirib yubordi.
Hozirgi vaqtda O`zbekistonda to`rtta diniy markaz- Movarounnahr musulmonlar boshqarmasi, O`rta Osiyo rus Pravoslav Cherkovi Boshqarmasi, O`rta Osiyo Injil Nasroniy -Boptistlari Markazi va O`rta Osiyo yettinchi kun Adventistlari Cherkovi konfessiyalari yagona huquqiy maqom asosida ish olib bormoqda. Respublika hukumati bilan diniy tashkilotlar o`rtasida, ta`bir joiz bo`lsa, amaliy munosabat o`rnatilgan. Davlatning musulmonlar markaziy idorasiga munosabati bunga misol bo`la oladi. Islom dinining eng muqaddas kitobi- Halifa Usmoniy Qur`onu Movarounnahr Musulmonlari idorasiga topshirildi. Diniy adabiyotlarni chiqarishda yordam berilmoqda. Tarixda birinchi marta bundan bir necha yil muqaddam Qur`oni karim o`zbek tilida nashr etildi. “Islom nuri” gazetasi hozirgi paytda har haftada chiqib turibdi. Dindorlar yilning har choragida “Movarounnahr musulmonlari” jurnalini oladilar. Prezidentimiz farmoni bilan Ro`za va Qurbon hayitlarining 1-kunlari umumxalq bayrami sifarida dam olish kuni deb e`lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |