Nazorat uchun savollar:
Tarbiyaning maqsadi nimadan iborat?
Shaxsan Siz tarbiyaning vazifalarini qanday tushunasiz?
Tarbiyaning turlarini tasvirlab bering.
Tarbiya jarayonining o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Test topshiriqlari:
Ta'lim oluvchilarni fan asoslariga oid bilimlar tizimi bilan qurollantirish
ijtimoiy tarbiyaning qaysi yo'nalishi asosida amalga oshiriladi?
a) axloqiy tarbiya;
v) jismoniy tarbiya;
s) aqliy tarbiya;
d) mehnat tarbiyasi;
e) estetik tarbiya.
2. Qaysi javob variantida tarbiya jarayonining xususiyatlari to'g'ri
ko'rsatilgan?
a) dialektik jarayon;
v) texnologik jarayon;
s) gnostik jarayon;
d) diagnostik jarayon;
e) aniq maqsadga yo'naltirilgan, ko'p qirrali, uzoq muddatli, yaxlit
tizimli, ikki tomonlama aloqa, qarama-qarshiliklardan iborat jarayon.
Adabiyotlar:
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'risida»gi qonuni. Barkamol avlod – O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyotmatbaa konserni, 1997
Novotorseva N.V. Korreksionnaya pedagogika i spetsialnaya psixologiya. Slovar. – Moskva, Pedagogika, 1999.
Usanova O.N. Psixik rivojlanishida muammolari bo'lgan bolalar. – Moskva, Pedagogika, 1995.
Raxmonova V.S. Defektologiya va logopediya asoslari. –Toshkent, O'qituvchi, 1990.
8-MAVZU: MILLIY TARBIYA
REJA:
1.Milliy tarbiya g`oyasi: asosiy tushunsha.
2. Asosiy g`oyalar:
Vatan ravnaqi.
Yurt tinchligi-barqaror taraqqiyot garovi.
Xalq faravonligi.
Komil inson.
Ijtimoiy hamkorlik.
Milliyatlararo totuvlik.
Diniy bag`rikenglik (tolerantlik)
O`zbekiston xalqining milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari konsepsiyasi - bu g`oya xalqimizning necha asrlik orzu - armonlari, ezgu - intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma`no mazmunini ifodalagani, mustaqil taraqqiyotimizning asosiy maqsad-muddaolarini aks ettirgani uchun ham xalqimizning birlashtiruvchi bayroqdir.
Xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo`lidagi bosh maqsadi nima? Bu yo`ldagi bosh maqsad buyuk davlat barpo etishdir. Davlatning buyukligi, nima bilan belgilanadi? Davlatning buyukligi, avvalo, Vatanning ozodligi va obodligi, insonning komilligi, xalqning tinch va farovon hayoti bilan belgilanadi. Ozodlik barcha demokratik erkinliklarga erishihsning, fuqarolarning barcha haq-huquqlarini kafolatlangan va ta`minlangan jamiyat barpo etishning bosh sharti bo`lsa, Mustaqillik milliy davlatchilik asoslarini tiklash hamda uni rivojlantirishning bosh shartidir. Shuning uchun ham, bosh g`oyamizda “Ozodlik” so`zi birinchi o`rinda turadi.Ozodlik tushunchasining ustuvor va yetakchi o`rinda turishi Vatan mustaqilligi barcha orzu-intilishlarimiz, amaliy faoliyatimiz va yorug` kelajagimizning asosi ekanidan dalolat beradi.
Obodlik esa davlatning qudratini bildiradi, Sohibqiron bobomiz Amir Temur: “Kimki qudratimizga shubha bilan qarasa, biz qurgan binolarga boqsin”,- deb xalqimizning kuch qudrati va aql zakovati vositasida barpo etilgan betakror obidalar bilan ruhlangani bejiz emas. Obod yurtda fayz-baraka bo`ladi, odamlar o`rtasida mehr-oqibat hukm suradi, ilm-ma`rifat, madaniyat rivojlanadi. Obod yurtning odamlari faqat yaxshilik haqida o`ylaydi. Obod yurtga Ollohning nazari tushadi. Shuning uchun ham Prezidentimiz: “Ona Vatanimiz Allohning nazari tushgan muqaddas diyordir”,- deb ta`kidlaganlar. Obodlik ham ozodlik singari, xalqimizning azaliy orzusidir. Siz o`qigan ertak qahramonlarining obod yurtlarni sayohat qilishi, bir-biridan go`zal shaharlarni ko`rishi, bog`larida suv o`rniga sharbat oqib yotadigan, daraxtlarida qishin-yozin mevalar pishib turadigan, odamlari urush nimaligini bilmaydigan yurtlarni sayr etishi buning yaqqol dalilidir.Erkinlik inson hayotining mohiyatidir. Ya`ni erkin bo`lmagan, qullik va qaramlikda hayot kechirgan odamni to`laqonli inson deb bo`lmaydi. Chunki erkin bo`lmagan odam o`zining moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini to`liq qondirolmaydi, o`zicha fikr yuritib, o`zicha faoliyat ko`rsata olmaydi. Shuning uchun, erkin hayot insoniyatning orzusi, yuksak taraqqiyotning sharti bo`lib kelgan.Bugungi kunda biz erkin hayot deganda, avvalo, yurtimiz mustaqilligini, bu muborak zaminda demokratik qadriyatlarning to`liq qaror topishini, qonun asosidagi ongli faoliyatini, yuksak ma`naviyatini tushunamiz, inson kishilik jamiyati bosib o`tgan tarixiy tajribalarini, bilimlarini, bugungi zamonaviy tushunchalarini qancha ko`p egallasa, ma`naviyati qancha yuksak bo`lsa, shuncha erkin bo`ladi.Erkinlik farovonlik bilan bog`liq tushuncha, ya`ni inson erkin bo`lmog`i uchun ,avvalo, u moddiy ta`minlangan bo`lishi zarur. Bu o`rinda xalqimizning “Avval iqtisod, so`ngra siyosat” degan naqli juda mos tushadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy shart-sharoit har qanday hayotning negizi, poydevori hisoblanadi. Jumladan, erkin hayot ham iqtisodiy taraqqiyotga asoslanadi. Yevropa, Amerika va Osiyo qit`asidagi iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlangan mamlakatlardagi hayot bunga yaqqol dalil bo`la oladi. Istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalari mustaqil taraqqiyotimizning bosh g`oyasidan kelib chiqadi va o`zining ma`no-mohiyati, falsafasi, jozibasi bilan uni xalqimizning qalbi va ongiga chuqurroq singdirishga xizmat qiladi. Jumladan, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi g`oyalari o`z ma`no - mohiyati va falsafasiga ko`ra, avvalo, jamiyatimiz o`z oldiga qo`ygan ulug`vor maqsad-muddaolarni yaqqol aks ettiradi, binobarin, bosh g`oyamizni yanada kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |