Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika insituti aniq va tabiiy fanlar o



Download 1,84 Mb.
bet5/11
Sana06.07.2022
Hajmi1,84 Mb.
#746624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MUTATSIYSA KURS ISHI

DNK replikatsiyasi
DNK molekulasiga xos bo’lgan asosiy xususiyatlardan biri genetik
informatsiyaning (irsiy belgilarining) nasldan-naslga o’tishini ta’minlaydi,
ikkinchisi ularning o’z-o’zidan ko’payishidir.
DNK molekulasi asosan hujayra yadrosida mujassamlashgan bo’lib,
hujayra bo’linishi davrida uning miqdori o’z-o’zidan ikki baravar
ko’payadi. Bu jarayon replikatsiya deb ataladi. Bu jarayon juda murakkab
bo’lib, bunda DNK-polimeraza fermenti ishtirok etadi. DNK-polimeraza
ishtirokida katalizlanadigan reaksiya bir qancha o’ziga xos xususiyatlarga
ega. 1)Reaksiya 4 xil nukleozidtrifosfatlar (ATF d, GTF d, TSDF d, TTF d)
ishtirokida boradi. Birorta nukleozidtrifosfat yetishmasa reaksiya
bormaydi. Difosfatlar yoki monofosfatlar ishtirokida DNK sintezi
reaksiyasi amalga oshmaydi.
Reaksiyaga xos bo’lgan ikkinchi xususiyat shundan iboratki, albatta
oz miqdorda tayyor holdagi DNK ishtirok etishini talab qiladi.
DNK replikatsiya jarayoni yarim konservativ xarakterga ega, ya’ni
yangidan hosil bo’lgan DNK molekulasidagi polinukleotid zanjirining
faqat bittasi sintezlanadi, ikkinchisi esa tayyor holda dastlabki DNK dan
o’tadi. Yangi sintezlanayotgan DNK tarkibidagi nukleotidlarning ketma-ket
joylashishi - dastlabki (matritsa) DNK tomonidan beligilanadi.
DNK ning matritsali sintezida navbatdagi, nukleotid DNKpolimeraza
uchun substratdir, reaksiyaga yuqori energetik aktivlangan
formada kirishadi. Polimerazatsiya namunaning 31- tomonidan o’sib
boradi, ya’ni sintez 51—>31 yo’nalishda boradi. Dezoksitrifosfatlarning
tarkibidagi makrorgik bog’lar zanjiridagi nukleotidlararo bog’lami hosil
qilish uchun sarflanadi. DNK replikatsiyasi uchun faqat DNK - polimeraza fermentining o’zi yetarli emas, bu jarayonda ma’lum funksiyani bajaradigan yigirmadan ortiq ferment va oqsillar ishtirok etadi. Replikatsiya jarayoni bir necha
bosqichdan iborat. Bu bosqichlaming hammasi juda katta tezlikda, oliy
darajada aniq o’tadi.
Tabiiy DNK ning qo’sh spirali, ya’ni ona DNKsining zanjirlari
(replikatsiyalanish oldidan) kalta bir qismida yechilgan bo’lishi kerak.
DNKning qo’sh zanjiri yechilayotganda lotincha ɣ xarfiga o’xshagan
ayrisimon strukturani hosil qiladi. Mana Shu strukturani replikatsiya ayrisi
deb ataladi. Replikatsiya ayrisi hosil bo’lish reaksiyasi ikki tipdagi
oqsillar ishtirokida boradi: 1) xelikazalar (helix - burama so’zidan
olingan)- bu fermentlar DNK ning kalta uchastkalarini yozadi. 2) DNK -
bog’lovchi oqsillar. DNK ning ajralgan zanjirlar qaytadan qo’shilib
ketmasligi uchun ishtirok etadi.
Xelikazalar - DNK ga bog’liq ATF azalar deb ataladi, ya’ni DNK
ning qo’sh zanjirining yozilishi ATF ning gidrolizlanish energiyasi
hisobiga boradi. Shu fermentning DNK ning qo’sh spiral uchastkalarida
harakatlanishi natijasida ikkita bir zanjirli shoxchalar paydo bo’ladi. Mana
shu bir zanjirli DNK ning uchastkalari DNK - bog’lovchi oqsillar bilan bog’lanadi. Bu oqsillami replikatsiyadagi yana muhim ahamiyati shundan
iboratki, bir zanjirli shoxchalarni to’g’rilaydi, ularning ikkilamchi
strukturasidagi ba’zi bir elementlarni olib tashlaydi, DNK ning
komplementar uchastkalari hosil bo’lishini ta’minlaydi va DNK -
polimerazaning aktivligini oshiradi.
DNK molekulasining har ikkala zanjirining bir vaqtda replikatsiya
qilinishi juda ham murakkab jarayondir. Bunda, yigirmadan ortiq
replikativ fermentlar va faktorlardan iborat to’la kompleks DNK -
replikaza sistemasi ishtirok etadi. Yetakchi va orqada qoluvchi zanjir
E. coli da sintezning koʻp qismini boshqaradigan DNK polimeraza bu DNK polimeraza III fermenti hisoblanadi. Replikatsiya vilkalarida DNK polimeraza III ning ikkita molekulasi bor, ularning har biri ikkita yangi DNK zanjirning birida ishlashi qiyin.
DNK polimerazalari DNKni faqat 5ʼ dan 3ʼ ga tomon yoʻnaltirishi mumkin va bu replikatsiya paytida muammo tugʻdiradi. DNKning ikki tomonlama spirali doimo antiparalleldir; boshqacha qilib aytganda, bitta zanjir 5ʼ dan 3ʼ oxiriga, boshqasi 3ʼ dan 5ʼ oxiriga tomon harakatlanadi. Bu andozalar bilan qarama-qarshi boʻlgan ikkita yangi zanjirni biroz boshqacha usulda sintez qilish zaruriyatini tugʻdiradi.
5ʼ oxirdan 3ʼ oxiriga tomon yoʻnalgan replikatsiya vilkasi zanjiri oson sintezlanadi. Bu zanjir uzluksiz sintezlanadi, chunki DNK polimeraza vilka bilan bitta yoʻnalishda harakat qiladi. Ushbu uzluksiz zanjir yetakchi zanjir deyiladi.

Ikkinchi yangi zanjir 5ʼ oxiridan 3ʼ oxiriga tomon sintezlanadi va replikatsiya vilkasiga teskari yoʻnalishda boradi. Ushbu zanjir qismlarga boʻlingan, chunki vilka oldinga siljiganida DNK polimeraza (vilkalar orasidan uzoqlashayotgan) chiqib ketishi, yangi ochilgan DNKga qayta joylashtirilishi kerak. Bu fragmentlarga boʻlingan zanjir orqada qoluvchi zanjir deyiladi.
Kichik fragmentlar Okazaki fragmentlari deb ataladi. Bu nom ularni kashf qilgan yaponiyalik olimning ismidan olingan. Yetakchi ipni bitta praymerdan uzaytirish mumkin, orqada qoluvchi ipda esa Okazaki fragmentlarining har biri uchun yangi praymer kerak boʻladi.

Yapon olimi Okazaki, har ikkala zanjir


bir vaqtda replikatsiya qilinganda, bir zanjir uzluksiz, ikkinchi yangi zanjir
esa kalta firagmentlar shaklida sintezlanishini kashf etdi, buni Okazaki
fragmentlari deb ataladi. Okazaki fragmentlarining sintezini DNK -
polimeraza initsirlay olmaydi. Uning sintezida namuna sifatida kalta bir
zanjirli RNK va praymaza fermenti ishtirok etadi. RNK 3l - uchiga
izchillik bilan dezoksiribcmukleotid qoldiqlari birikadi. Hosil bo’lgan
nukleotidlardan tuzilgan Okazaki fragmentlar, DNK-ligaza fermenti
yordamida bir-biriga ulanadi. Bu jarayonda NAD+ATF ishtirok etadi. Bir
minutda bitta replikatsiya ayrida 4500-5000 nuleotidlar bog’lanadi


Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish