Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika insituti aniq va tabiiy fanlar o



Download 1,84 Mb.
bet2/11
Sana06.07.2022
Hajmi1,84 Mb.
#746624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MUTATSIYSA KURS ISHI

Mutatsion o‘zgaruvchanlik. «Mutatsiya» atamasini fanga birinchi
bo‘lib gollandiyalik genetik olim G. De-Friz kiritdi. U ko‘p yillar davomida
o‘simliklarda uchraydigan mutatsiyalarni o‘rganib 1901–1903-yillari o‘zining
mutatsion ta’limotini yaratdi. Hozirgi kunda mutatsion ta’limotda ilgari surilgan
g‘oyalar quyidagilardir:
– mutatsiyalar to‘satdan paydo bo‘ladi, yo‘nalishga ega emas va irsiylanadigan o‘zgaruvchanlikdir;
– mutatsiyalar individual xarakterga ega, ya’ni populatsiyaning ayrim
individlarida sodir bo‘ladi;
– mutatsiya natijasida hosil bo‘lgan yangi belgilar turg‘undir;
– mutatsiyalar natijasida sifat jihatidan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi;
– mutatsiyalar har xil ko‘rinishlarda bo‘lib, foydali va zararli, neytral
bo‘lishi mumkin;
– mutatsiyalarning uchrash ehtimoli o‘rganilgan organizmlar soniga bog‘liq;
– o‘xshash mutatsiyalar bir necha marta paydo bo‘lishi mumkin. Mutatsion
ta’limot keyinchalik har tomonlama rivojlantirildi va mutatsiyalarning ko‘plab
turlari aniqlandi.

DNK molekulasiga xos bo’lgan asosiy xususiyatlardan bin genetik


informatsiyaning (irsiy belgilarining) nasldan-naslga o’tishini ta’minlaydi, ikkinchisi ularning o’z-o’zidan ko’payishidir.
DNK molekulasi asosan hujayra yadrosida mujassamlashgan bo’lib,
hujayra bo’linishi davrida uning miqdori o’z-o’zidan ikki baravar ko’payadi. Bu jarayon replikatsiya deb ataladi. Bu jarayon juda murakkab bo’lib, bunda DNK polimeraza fermenti ishtirok etadi. DNK-polimeraza ishtirokida katalizlanadigan reaksiya bir qancha o’ziga xos xususiyatlarga ega. Avvalo DNK replikatsiyasi uchun DNK-matrisa zanjiri kerak. 1)Reaksiya 4 xil nukleozidtrifosfatlar (ATF d, GTF d, TSDF d, TTF d) ishtirokida boradi. Birorta nukleozidtrifosfat yetishmasa reaksiya bormaydi. Difosfatlar yoki monofosfatlar ishtirokida DNK sintezi
reaksiyasi amalga oshmaydi. Reaksiyaga xos bo’lgan ikkinchi xususiyat shundan iboratki, albatta oz miqdorda tayyor holdagi DNK ishtirok etishini talab qiladi.
DNK replikatsiya jarayoni yarim konservativ xarakterga ega, ya’ni yangidan hosil bo’lgan DNK molekulasidagi polinukleotid zanjirining faqat bittasi sintezlanadi, ikkinchisi esa tayyor holda dastlabki DNK dan o’tadi. Yangi sintezlanayotgan DNK tarkibidagi nukleotidlarning ketma ket joylashishi - dastlabki (matritsa) DNK tomonidan beligilanadi.
DNK ning matritsali sintezida navbatdagi, nukleotid DNKpolimeraza uchun substratdir, reaksiyaga yuqori energetik aktivlangan formada kirishadi. Polimerazatsiya namunaning 31- tomonidan o’sib boradi, ya’ni sintez 51→31 yo’nalishda boradi. Dezoksitrifosfatlaming tarkibidagi makrorgik bog’lar zanjiridagi nukleotidlararo bog’lami hosil qilish uchun sarflanadi. DNK replikatsiyasi uchun faqat DNK - polimeraza fermentining o’zi yetarli emas, bu jarayonda ma’lum funksiyani bajaradigan yigirmadan ortiq ferment va oqsillar ishtirok etadi. Replikatsiya jarayoni bir necha bosqichdan iborat. Bu bosqichlaming hammasi juda katta tezlikda, oliy darajada aniq o’tadi.Tabiiy DNK ning qo’sh spirali, ya’ni ona DNKsining zanjirlari I(replikatsiyalanish oldidan) kalta bir qismida yechilgan bo’lishi kerak.DNKning qo’sh zanjiri yechilayotganda lotincha ɣ xarfiga o’xshagan ayrisimon strukturani hosil qiladi. Mana Shu strukturani replikatsiya ayrisi deb ataladi.[2]Replikatsiya ayrisi hosil bo’lish reaksiyasi ikki tipdagi oqsillar ishtirokida boradi: 1) xelikazalar (helix - burama so’zidan olingan)- bu fermentlar DNK ning kalta uchastkalarini yozadi. 2) DNK - bog’lovchi oqsillar. DNK ning ajralgan zanjirlar qaytadan qo’shilib ketmasligi uchun ishtirok etadi.





Xelikazalar - DNK ga bog’liq ATF azalar deb ataladi, ya’ni DNK ning qo’sh zanjirining yozilishi ATF ning gidrolizlanish energiyasi hisobiga boradi. Shu fermentning DNK ning qo’sh spiral uchastkalarida harakatlamshi natijasida ikkita bir zanjirli shoxchalar paydo bo’ladi. Mana shu bir zanjirli DNK ning uchastkalari DNK - bog’lovchi oqsillar bilan 2%
bog’lanadi. Bu oqsillami replikatsiyadagi yana muhim ahamiyati shundan iboratki, bir zanjirli shoxchalami to’g’rilaydi, uiarning ikkilamchi strukturasidagi ba’zi bir elementlarni olib tashlaydi, DNK ning komplementar uchastkalari hosil bo’lishini ta’minlaydi va DNK -polimerazaning aktivligini oshiradi.DNK molekulasining har ikkala zanjirining bir vaqtda replikatsiya qilinishi juda ham murakkab jarayondir. Bunda, yigirmadan ortiq replikativ fermentlar va faktorlardan iborat to’la kompleks DNK replikaza sistemasi ishtirok etadi. Yapon olimi Okazaki, har ikkala zanjir bir vaqtda replikatsiya qilinganda, bir zanjir uzluksiz, ikkinchi yangi zanjir esa kalta firagmentlar shaklida sintezlanishini kashf etdi, buni Okazaki fragmentlari deb ataladi.[3]

Okazaki fragmentlarining sintezini DNK -polimeraza initsirlay olmaydi. Uning sintezida namuna sifatida kalta bir zanjirli RNK va praymaza fermenti ishtirok etadi.
Praymaza RNK praymerni yoki nuklein kislotalarning andoza zanjirga komplimentar boʻlgan boʻlaklarini hosil qiladi, bu DNK polimerazaning 31 oxiri boʻylab davom etishini taʼminlaydi. Oddiy praymer uzunligi taxminan beshtadan oʻntagacha nukleotidlardan iborat. Praymer DNK sintezini boshlab beradi.
RNK praymer oʻz vazifasini bajarib boʻlgach DNK polimeraza yangi DNK zanjiriga (andoza zanjirga komplimentar tarzda) nukleotidlarni bittadan biriktira boshlaydi.[4]

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish