Qurilish pudrat shartnomasi – qurilish pudrat shartnomasi bo’yicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig’i bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to’lash majburiyatini oladi.
Qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni (jumladan uy-joy binosini) inshootni yoki boshqa obyektni qurish yoki qayta qurish haqida, shuningdek montaj, sozlash-ishga tushirish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuziladi. Qurilish pudrati shartnomasi to’g’risidagi qoidalar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, bin ova inshootlarni kapital ta’mirlash ishlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda obyektni buyurtmachi qabul qilib olganidan keyin uni shartnomada ko’rsatilgan muddatda ishlatishni ta’minlash majburiyatini pudratchi o’z zimmasiga oladi.
Tugallanmagan qurilishning mulkdori u buyurtmachiga topshirilguncha va uning haqi to’languncha pudratchi hisoblanadi.
Fuqarolik kodeksining 666-moddasida qurilish pudrati shartnomasi va undan kelib chiqadigan munosabatlarni huquqiy tartibga solishga doir normalar o’z ifodasini topgan. Huquqiy tabiatiga ko’ra ushbu shartnoma ikki tomonlama, konsensual va haq evaziga tuziladigan shartnoma hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 16-moddasiga binoan o’z faoliyatini qonun hujjatlari asosida olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar obyektlar qurilishi bo’yicha pudratchilar bo’lishi mumkin.
Qurilish pudrati eng keng tarqalgan fuqaroviy-huquqiy shartnoma turlaridan biri bo’lib, uni amalga oshirish jarayonida turli xildagi subyektlar o’zaro munosabatlarga kirishadilar, xususan buyurtmachi, pudratchi, loyiha tashkilotlari, qurilishni moliyalashtiruvchi banklar va h.k. Eng avvalo shuni qayd qilish lozimki, qurilish pudrati shartnomasining tuzilishi yoki ushbu qurilishni tashkiliy-huquqiy asoslantirish ikki o’ziga xoslikka ega: birinchidan, qurilish pudrati shartnomasi fuqaroviy-huquqiy xususiyatga ega, ikkinchidan uning tuzilishi barcha boshqa tashkiliy-huquqiy asoslar va ularning qonuniyligini tekshirish imkonini beradi. Qurilish pudrati shartnomasi bir emas, bir necha fuqarolik-huquqiy majburiyatning yuzaga kelishiga asos bo’ladi.
Qurilish pudrat shartnomasiga binoan, birinchidan pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig’i bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi. Ikkinchidan, yuqoridan kelib chiqib, buyurtmachi pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to’lash majburiyatini oladi.
Qurilish pudrati shartnomasining korxonani, binoni, shu jumladan uy-joy binosini inshootni yoki boshqa obyektni qurish yoki qayta qurish haqida, shuningdek montaj, sozlash-ishga tushirish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa ishlarni bajarish uchun tuziladigan turlari mavjudligi keltirilgan. Bundan tashqari, pudratchining qo’shimcha majburiyatlari ham belgilangan. Jumladan, shartnomada nazarda tutilgan hollarda obyektni buyurtmachi qabul qilib olganidan keyin uni shartnomada ko’rsatilgan muddatda ishlatishni ta’minlash majburiyatini pudratchi o’z zimmasiga oladi.
Bu normaning yangiligi shundan iboratki, qurilishi tugallanmagan obyekt to topshirilguniga qadar uning mulkdori buyurtmachi emas, balki pudratchi hisoblanadi.
Obyektlar qurilishi bo’yicha pudratchilar:
binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning yangi amaliy yechimlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining tegishli tarkibiy bo’linmasi va buyurtmachi bilan kelishgan holda shaharsozlik hujjatlariga binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning arxitektura-badiiy ko’rinishi hamda amaliy yechimini yomonlashtirmagan tarzda texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilaydigan o’zgartirilishlar kiritish;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqaruvchidan zarur texnik maslahat olish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Obyektlar qurilishi bo’yicha pudratchilar shaharsozlik to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari shart.
Qurilish pudrat shartnomasi boshqalardan farq qiladigan va uni alohida shartnoma turiga ajratadigan xususiyatlarga egadir.
Birinchidan, qurilish pudrati munosabatlarni tartibga soluvchi normalarning predmet bo’yicha amal qilish kuchi u yoki bu darajada ko’chmas mulkni vujudga kelishi yoki o’zgartirishga tegishli bo’ladi.
Ikkinchidan, pudratchi o’zida tegishli vakolatli davlat organi tomonidan berilgan ruxsatnoma-litsenziya bilan belgilangan sohada o’z harakatlari bilan bog’liq huquq va majburiyatlarga ega bo’lish imkoniyatini bildiruvchi maxsus huquq layoqatiga ega bo’lishi lozim.
Uchinchidan, pudratchi tomonidan ishni bajarish uchun buyurtmachi tomonidan yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berish majburiyati belgilangan. Bu, avvalo, qurilishi mo’ljallanayotgan obyekt joylashgan yer uchastkasi yoki obyektning mulkdori buyurtmachi bo’lishidan kelib chiqadi.
“Qurilish pudrati”ga bag’ishlangan FK 37-bobi 3-paragrafi pudrat munosabatlarini tartibga solishga qaratilgandir. Qurilish pudrati shartnomasi haqida FK qoidalarida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa, unda ushbu bobning 1-paragrafida aks etgan pudrat haqidagi umumiy normalari qo’llaniladi.
Qurilish pudrati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalar boshqa bir qator normative hujjatlarda mustahkamlangandir. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
O’zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi (O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 4 apreldagi353-II-son Qonuni bilan tasdiqlanga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002 yil 4 apreldagi 354-II-son Qarori bilan amalga kiritilgan);
O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi 719-I-sonli Qonuni;
O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrdagi “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to’g’risida”gi 713-II-sonli Qonuni;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 26 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-2595-sonli Farmoni;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining2009 yil 29 yanvardagi “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo’yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag’batlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1051-sonli Qarori;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 30 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish (“Davarxitektqurilish”) qo’mitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to’g’risida”gi 441-sonli qarori;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 27 apreldagi “Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 165-sonli qarori;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamsining 2000 yil 14 avgustdagi “Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqarish va ularni qurish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 320-sonli qarori;
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasi (O’zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentabrdagi 395-son qarori 3-ilova);
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 538-sonli qarori.
Qurilish pudrati (yordamchi pudrat) shartnomasining predmeti bo’lib pudratchi (yordamchi pudratchi)ning ushbu shartnoma bo’yicha faoliyati natijasi hisoblanadi. Pudrat shartnomasi bo’yicha – bu pudratchi tomonidan buyurtmachiga topshiriladigan qurilish obyekti (korxona, bino, inshoot), yordamchi pudrat shartnomasi bo’yicha esa – yordamchi pudratchi tomonidan bosh pudratchiga topshiriladigan umumiy ishning qismini tashkil qiluvchi muayyan ishlar majmuasidir (sanitariya-texnik, montaj va h.k.). Qurilishni aralash tartibda amalga oshirish sharti bilan tuzilgan to’g’ridan-to’g’ri pudrat shartnomasining predmeti bo’lib ham muayyan ishlar majmuasi hisoblanadi.
Qurilish pudrat shartnomasi boshqa ishlarni bajarishga doir shartnomalardan farqlanuvchi bir qator o’ziga xos xususiyatlarga egadir:
ushbu shartnoma bo’yicha ishlar bevosita obyekt (mehnat predmeti) joylashgan joyda amalga oshiriladi;
shartnoma predmeti (korxona, bino, inshoot yoki faoliyat natijasi bo’lgan boshqa ko’chmas mulk yoxud qurilish obyekti bo’yicha muayyan ishlar majmuasi) va uning subyektiv tarkibi (shartnoma taraflari – qurilish sohasidagi investitsiya faoliyati ishtirokchilari) o’ziga xos xususiyatga egadir.
buyurtmachi va pudratchi o’rtasidagi shartnomaviy aloqadorlikning uzoqligi, shartnomaviy majburiyatlarni lozim darajada bajarishda ularning hamkorligi;
bosh pudrat tizimining keng qo’llanilishi;
qurilish bo’yicha munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus huquqiy tartibga soluvchi hujjatlarning mavjudligi.
Qurilish pudrat shartnomasining quyidagi turlari ajratiladi:
obʼektda qurilishmontaj ishlarini bajarish boʼyicha shart noma: yangi qurilishda, shu jumladan, obʼektlarni tayyor holda topshirish, faoliyat yuritayotgan korxona, bino va inshootlarni kengaytirish, qayta tiklash yoki texnik qayta jihozlashga. Bunday shart nomalar buyurt machi tomonidan odatda asosiy qurilish ishlarini (beton, yer, tosh va boshqalar) bajaruvchi qurilish tashkilotlari boʼlmish bosh pudratchi bilan tuziladi.
alohida montaj va boshqa maxsus qurilish ishlarini bajarish boʼyicha shart nomalar: texnologik, energetik va boshqa asbobuskunalarni montaj qilish, metall, yogʼoch va boshqa qurilish konstruktsiyalari montaji, izolyatsion, pardoz va boshqa maxsus qurilish ishlarini bajarish. Qoida tariqasida bu ishlar yordamchi pudrat shart nomasiga kiradi. Sozlash-ishga tushirish boʼyicha ishlar asosan bevosita pudrat shart nomasi orqali amalga oshiriladi. Ushbu shartnomalar odatda maxsus sozlash-ishga tushirish boʼyicha ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar bilan yoki asbob-uskunalarni yetkazib beruvchi tashkilotlar (ularning maxsus tashkilotlari) bilan tuziladi.
Qurilish pudrat shart nomasi yozma shaklda tuziladi. Pudrat (yordamchi pudrat) shart nomasi boʼyicha taraflar uchun belgilangan tipovoy yoki namunaviy qurilish pudrati (yordamchi pudrat) mavjud emas. Shartnoma erkin, taraflar ixtiyoriga koʼra yozma shaklda tuzilishi mumkin. Taraflar shart nomani tuzish chogʼida yuqoridagi Obʼektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Oʼzbekiston Respublikasida Namunaviy pudrat shart nomasiga ilova qilingan shakldan (namuna) foydalanishlari mumkin.
Taʼkidlab oʼtish kerakki, markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablagʼ bilan taʼminlanadigan obʼektlar qurilishi boʼicha shart noma tuzish tartibi va shartlari Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʼgʼrisida Nizom bilan belgilangan10.