Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika inistituti gumanitar fanlar fakulteti


Ishning bajarish muddati va bahosi



Download 64,55 Kb.
bet9/11
Sana01.06.2022
Hajmi64,55 Kb.
#626404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MAVLUDA

Ishning bajarish muddati va bahosi
Pudrat shartnomasining muhim shartlaridan biri uning muddatidir. Pudrat shartnomasida ishni bajarishning boshlang’ich va oxirgi muddatlari ko’rsatiladi. Aksariyat hollarda shartnomada ishning yakunlash qismi ko’rsatiladi. Pudratchi mazkur muddatdan kelib chiqib ishni o’ziga rejalashtirib oladi. Ammo taraflar kelishuvi asosida, shartnomada ishning ayrim bosqichlarini tugallash muddati (oraliq muddatlar) ham nazarda tutilishi mumkin. Bu oraliq muddatlar pudratchining muayyan ishning ma’lum bir qismini bajarish va uni topshirishi bilan bog’liq bo’ladi. Pudrat shartnomasida ko’rsatilgan ishni bajarishning boshlang’ich, oxirgi va oraliq muddatlari shartnomada nazarda tutilgan hollarda va tartibda o’zgartirilishi mumkin.
Pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, pudratchi ishni bajarishning boshlang’ich va oxirgi, shuningdek oraliq muddatlarini buzganlik javobgardir. Ayrim hollarda shartnomada belgilangan oxirgi muddatda ish natijasi buyurtmachi lozim darajada topshirilsa, oraliq muddatda yuzaga kelgan javobgarlikdan ozod etiladi.
Taraflar kelishuvisiz shartnoma muddatini o’zgartirishga yo’l quyilmaydi. Muddatlarni o’zgartirish o’zaro kelishuvga ko’ra shartnomada nazarda tutilgan hollarda va tartibda o’zgartirilishi mumkin.
Pudrat shartnomasida bajariladigan ishning bahosi yoki uni aniqlash usullari ko’rsatiladi. Pudrat shartnomasida baho nazarda tutilmagan bo’lsa shartnomani bajarganlik uchun o’xshash vaziyatlarda odatda shunday tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan baho bo’yicha haq to’lanishi lozim bo’ladi.
Pudrat shartnomasidagi ishning bahosi pudratchining chiqimlarini va unga to’lanadigan haqni o’z ichiga oladi. Pudratchining chiqimlari ish natijasini yaratish uchun buyurtmachi biror material bermaganlik natijasida pudratchi tomonidan ishni bajarish uchun qilgan sarf xarajatlari kiradi. Masalan, poyafzalni ta’mirlashda usta tomonidan ishlatilgan yamash, tikish uchun materillar, mix qoqishi, yelimlashi natijasida ularning qiymatini o’z-o’zidan pudrat qiymatiga kiritib yuboradi. Ish bajarganlik uchun to’langan haq pudratchining mehnatida rag’batlantirish hisoblanadi. Bu ikkisi bir bo’lib shartnoma bahosini tashkil etadi. Ayrim hollarda pudratchining chiqimlarisiz ham shartnomaning bahosi belgilanishi mumkin. Bunda buyurtmachi pudratchini barcha materillar bilan ta’minlashi lozim bo’ladi.
Ishning bahosi smeta tuzish yo’li bilan aniqlanishi mumkin.
Ish pudratchi tomonidan tuzilgan smeta bo’yicha bajarilgan taqdirda, smeta buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga ega bo’ladi va pudrat shartnomasining bir qismi bo’lib qoladi.
Ishning bahosi (smeta) taxmini yoki qat’iy bo’lishi mumkin. Pudrat shartnomasida bunday ko’rsatma bo’lmasa, ishning bahosi (smeta) qat’iy hisoblanadi.
Agar qo’shimcha ishlarni bajarish zarur bo’lib qolsa va shu sababli ishning taxminan belgilangan bahosi (taxminiy smetani) ancha oshirishga to’g’ri kelsa, pudratchi bu haqida buyurtmachini vaqtida ogohlantirishi shart. Buyurtmachi pudrat shartnomasida ko’rsatilgan ishning bahosini (smetani) oshirishga rozi bo’lmagan taqdirda, shartnomadan vos kechishga haqli. Bunday hollarda pudratchi buyurtmachidan ishning bajarilgan qismining bahosini to’lashni talab qilishi mumkin.
Buyurtmachini pudrat shartnomasida ko’rsatilgan ishning bahosini (smetani) oshirish zarurligi to’g’risida o’z vaqtida ogohlantirmagan pudratchi ish uchun shartnomada ko’rsatilgan baho bo’yicha haq olish huquqini saqlab qolgan holda shartnomani bajarishi shart.
Pudratchi, qoida tariqasida, qat’iy baho (qat’iy smeta)ni oshirishni, buyurtmachi esa uni kamaytirishni talab qilishga, shu jumladan bajarilishi kerak bo’lgan ishning to’la hajmini yoki buning uchun zarur harajatlarni pudrat shartnomasi tuzilayotgan paytda nazrda tutish imkoniyat bo’lmagan hollarda ham, haqli emas.
Pudratchi tomonidan taqdim qilinishi kerak bo’lgan materiallar va uskunalar, shuningdek uchinchi shaxslar tomonidan unga ko’rsatiladigan xizmatlar bahosi ancha oshgan va buni shartnoma tuzish vaqtida nazarda tutish mumkin bo’lmagan hollarda ham uchrab turadi. Bu holatlar vaziyatning jiddiy o’zgarishi hisoblanadi. Pudrat shartnoma tuzishda taraflar uchun asos bo’lgan vaziyatning jiddiy o’zgarishi, agar boshqacha tartib shartnomada nazarda tutilgan bo’lmasa yoki uning mohiyatidan anglashilmasa, shartnoma bahosini (smetani) o’zgartirish mumkin. Bu holatlar yuz bersa FKning 383-moddasida talablaridan kelib chiqib, pudratchi belgilangan ish bahosini (smetani) oshirishni talab qilishga, buyurtmachi bu talabni bajarishdan bosh tortgan taqdirda esa, shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli.
Agar taraflar shartnomani jiddiy o’zgargan vaziyatga muvofiqlashtirish yoki uni bekor qilish haqida kelisha olmagan bo’lsalar, quyidagi hollarda shartnoma manfaatdor tarafning talabi bilan sud tomonidan bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin:
1) pudrat shartnomasini tuzish paytida taraflar ish uchun ketadigan materiallarning narx-navosida bu darajada o’zgarish yuz bermaydi, deb hisoblagan bo’lsalar;
2) vaziyatning o’zgarishini keltirib chiqargan sabablarni, ular paydo bo’lganidan keyin manfaatdor taraf (pudratchi, buyurtmachi) pudrat shartnomasining xususiyatiga va muomala shartlariga ko’ra o’zidan talab qilinadigan darajada vijdoniylik va ehtiyotkorlik qilgan bo’lishiga qaramay, bu sabablarni yenga olmagan bo’lsa;
3) pudrat shartnomasini uning baho haqidagi shartlarini o’zgartirmasdan bajarish taraflar mulkiy manfaatlarining shartnomaga mos keladigan nisbatini buzsa va manfaatdor tarafga zarar yetkazsa, natijada ular shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo’lgan narsadan ko’p darajada mahrum bo’lsalar;
4) ish muomalasi odatlaridan yoki shartnomaning mohiyatidan vaziyatning o’zgarishi xavfiga manfaatdor taraf uchrashi kerakligi anglashilmasa.
Baho borasida vaziyatning jiddiy o’zgarishi oqibatida pudrat shartnomasi bekor qilinganida sud har qanday taraf talabi bilan shartnomani bekor qilish oqibatlarini aniqlashda taraflarning ushbu shartnomani bajarish bilan bog’liq xarajatlarini ular o’rtasida adolatli taqsimlash zarurligiga asoslanadi. Vaziyatning jiddiy o’zgarishi munosabati bilan shartnomaning o’zgartirilishiga shartnomani bekor qilish ijtimoiy manfaatlarga zid bo’lgan yoki taraflarga shartnomani sud tomonidan o’zgartirilgan shartlar asosida bajarish uchun talab qilinadigan xarajatlardan ancha ortiqcha zarar keltiradigan favqulodda hollarda sud qarori bilan yo’l qo’yiladi.12
Ayrim hollarda pudratchi ishni bajarish jarayonida qo’shimcha ishlarni ham bajarishga majbur bo’lib qoladi. Shu sabab ishning taxminiy bahosi shu nuqtai nazarda oshishi mumkin. Agar bu bahoning oshish ehtimoli yuzaga kelsa buyurtmachini darxol ogohlantirishi shart bo’ladi. Taxminiy smetani oshirish to’g’risidagi ogohlantirishga buyurtmachi rozi bo’lmasa, u holda pudratchi shartnomadan voz kechishga haqli. Bu holatda pudratchi agar ishning ma’lum bir qismi bajarilgan bo’lsa, shu qismining bahosini mutanosib ravishda buyurtmachidan talab qilishga haqli. Agar smeta qiymatining oshirilishi pudratchining aybi bilan bog’liq bo’lsa, buyurtmachi smetadan ortiqcha sarflangan xarajatlarni to’lamagan holda majburiyatni bajarilishini pudratchidan talab qilishi mumkin.
Agar smetani oshirish haqida buyurtmachi o’z vaqtida ogohlantirilmasa pudratchi smetadan ortiqcha xarajatlarni o’z hisobiga o’tkazib, shartnoma bo’yicha olingan majburiyatni bajarishga majbur. Lekin u shartnomada ko’rsatilgan baho bo’yicha haq haq olish huquqini saqlab qoladi. Natijada u qilgan qo’shimcha mehnat uchun buyurtmachidan haq undirilib olish imkoniyatini yo’qotadi. Pudrat shartnomasida qat’iy smeta o’zgartirilishi mumkin emas.
Pudratchining amaldagi xarajatlari ish bahosini aniqlash vaqtida (smeta tuzilayotganda) nazarda tutilgan xarajatlardan kam bo’lgan hollarda, basharti buyurtmachi pudratchining tejami bajarilgan ish sifatiga ta’sir etganligini isbotlay olmasa, pudratchi ishlar uchun pudrat shartnomasida ko’rsatilgan baho bo’yicha haq olish huquqini saqlab qoladi. Pudrat shartnomasida pudratchining tejami taraflar o’rtasida taqsimlanishi nazarda tutilishi mumkin.
Agar pudrat shartnomasida bajarilgan ishga yoki uning ayrim bosqichlariga oldindan haq to’lash nazarda tutilgan bo’lmasa, buyurtmachi pudratchiga shartlashilgan haqni ish tegishli tarzda va kelishilgan muddatda yoxud buyurtmachining roziligi bilan muddatidan oldin bajarilib, uning natijalari uzil-kesil topshirilganidan keyin to’lashi shart. Pudratchi qonun hujjatlarida yoki pudrat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va miqdordagina o’ziga bo’nak yoki zakalat berilishini talab qilishga haqli.
Shartnomaning bajarilishi munosabati bilan buyurtmachi pudratchiga belgilangan tegishli haqni yoki boshqa summani to’lash majburiyatini bajarmagan taqdirda, buyurtmachi tomonidan tegishli summa to’langunga qadar pudratchi ishning natijalarini, shuningdek buyurtmachiga tegishli uskunalarni, qayta ishlash (ishlov berish) uchun berilgan ashyolarni, foydalanilmay qolgan material qoldig’i va pudratchining ixtiyoridagi boshqa mol-mulkni ushlab qolish huquqiga ega, bu pudratchining buyurtmachi o’z majburiyatini bajarishi uchun qilgan ta'minlash usuli hisoblanadi13.


Download 64,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish