Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika inistituti gumanitar fanlarfakulteti


Fuqarolik qonunchilik hujjatlari va ushbu qonunchilikning vaqt boyicha amal qilishi



Download 70,06 Kb.
bet5/7
Sana25.06.2022
Hajmi70,06 Kb.
#702945
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aktamov Ikrom 203 guruh

2.2. Fuqarolik qonunchilik hujjatlari va ushbu qonunchilikning vaqt boyicha amal qilishi.
Fuqarolik qonun hujjatlari Fuqarolik qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan, ushbu Kodeks 2-moddasining birinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida ko‘rsatilgan munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlar hamda qonun hujjatlaridan iborat. Boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridagi fuqarolik qonun hujjatlari normalari ushbu Kodeksga mos bo‘lishi shart. Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari ushbu Kodeksda, boshqa qonunlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va doirada fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi hujjatlar chiqarishlari mumkin.
Fuqarolik huquqi manbalari tizimida sharhlanayotgan moddaning qoidalari eng muhim ahamiyatga ega. Ular FKning 2-moddasida ko‘rsatilgan munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlarning yuridik tabiati va quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich bo‘ysunish tizimini ta’riflaydi. Sharhlanayotgan moddaning birinchi qismida fuqarolik qonunchiligi tushunchasi mavjuddir. «Qonunchilik» tushunchasidan FKda qonunlar (shu jumladan FK), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari, shuningdek, vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari hamda joylardagi davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi hujjatlarni jamlab belgilash uchun qo‘llaniladi. Sharhlanayotgan moddaning ikkinchi qismida fuqarolik qonunchiligiga yana bir muhim yangilik kiritilmoqda. FKning boshqa barcha qonunlarga nisbatan ularning tarkibiga qo‘shilayotgan fuqarolik huquqi normalari borasida ustunligi o‘rnatilmoqda. Ikkinchi qismning qoidalari, fuqarolik qonunchiligi tizimi har doim ham FK normalari bilan cheklanib qolmasligidan kelib chiqmoqda. Fuqarolik huquqi normalari yetarlicha katta miqdorda mehnat, oila, ma’muriy, o‘rmonchilik, suv qonunchiligida, yer osti boyliklari va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikda, kompleks xususiyatga ega ko‘p sonli qonunlarda mavjud. Fuqarolik qonunchiligi tizimida FK muvofiqlashtiruvchi markaz o‘rnini tutmoqda. Shu sababdan boshqa qonunlar va qonunosti hujjatlarida mavjud fuqarolik huquqi normalari unga muvofiq bo‘lishi kerak. Mazkur normalar ushbu talabga muvofiq bo‘lmagan, ammo ularning qabul qilinishini jamiyat va davlat manfaatlari taqozo etgan hollarda bunday normalarni qabul qilish bilan birga FKga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish zarur bo‘ladi. 2. Fuqarolik huquqi normalarini o‘z ichiga olgan hujjatlarning bosqichma-bosqich ketma-ketligida qonunlardan so‘ng ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari egallaydi.
Ular, FK va o‘zga qonunlarga zid bo‘lmaslik sharti bilan, FKning 2-moddasi birinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan munosabatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solishning barcha masalalari bo‘yicha qabul qilinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarida fuqarolik huquqi normalarining ikki toifasi bo‘lishi mumkin. Bir toifasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik huquqi va amaldagi boshqa qonunlarning normalarini konkretlashtirishni maqsad qilib qo‘yadi. Normalarning ikkinchi toifasi munosabatlarning, hali ular bo‘yicha qonun qabul qilinmagan yoki qabul qilinishida umuman zarurati bo‘lmaganlarini tartibga solish uchun mo‘ljallangan. Bunda, Konstitusiya va FK bunday munosabatlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari bilan huquqiy tartibga solishga imkon beradi deb faraz qilinadi. Bular tezkor xususiyatga ega normalar bo‘lib, keyinchalik ular, basharti O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi lozim bo‘lsa, tegishli qonunlarga almashtirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 20 iyulda PF–3897-sonli Iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridagi korxonalarni xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish borasidagi qo‘shimcha tadbirlar to‘g‘risida»gi 17Farmonida mavjud normalar bunga misol bo‘lishi mumkin. Fuqarolik huquqi normalarini o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari fuqarolik huquqi manbalarining bosqichma-bosqich ketma-ketligida uchinchi o‘rinni egallaydi. Norma yaratish sohasida ular, qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarining bajarilishini ta’minlashga mo‘ljallangan. Sharhlanayotgan moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilganidek, ular FK va boshqa qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari asosida hamda ularning bajarilishi uchun qabul qilinadilar. Xususan, FK 358-moddasining beshinchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ommaviy shartnomalarni (namunaviy shartnomalar, nizomlar va sh.k.) tuzish va bajarishda shart bo‘lgan qoidalarni chiqarishga vakolatlovchi norma kiritilgan.
FK O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan fuqarolik huquqining, ularni bajarish-ta’minlash vazifasi doirasidan chetga chiquvchi normalarni o‘z ichiga olgan qarorlarni qabul qilish imkoniyatini nazarda tutmaydi. Shunisi bilan ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida mavjud bo‘lishi mumkin normalarda farqlanadi. Ularning ijobiy ahamiyati ham shunda, chunki ular FK va boshqa qonunlarning normalari bilan bir qatorda uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida mavjud fuqarolik-huquqiy normalar barqaror amal qiladi deb faraz qilinadi.
Fuqarolik huquqi normalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va boshqa ijroiya hokimiyati organlari (davlat qo‘mitalari, boshqa davlat organlari) tomonidan chiqariladigan hujjatlarda ham mavjud bo‘lishi mumkin. Ular idoraviy normativhuquqiy hujjat deb atalib, fuqarolik huquqi manbalari tizimida o‘zining doimiy o‘rniga ega. Ijroiya hokimiyati organlari fuqarolik huquqi normalarini o‘z ichiga olgan hujjatlarni faqatgina FKda, boshqa qonun va o‘zga huquqiy hujjatlarda (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida) nazarda tutilgan holatlarda va doiradagina qabul qilishlari mumkin. Ijroiya hokimiyati organlarining davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tgan, ammo belgilangan tartibda e’lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlari (o‘z ichiga davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni yoxud maxfiy tusdagi ma’lumotlarni olgan hujjatlar va ularning ayrim qoidalaridan tashqari) amalga kiritilmagani sababli huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi hamda tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish, ularda mustahkamlangan talablarni bajarmaganligi uchun fuqarolarga, mansabdor shaxslarga va tashkilotlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash uchun asos bo‘la olmaydi. Nizolarni hal qilishda bunday hujjatlarga tayanish mumkin emas.
Fuqarolik qonun hujjatlarining vaqt bo‘yicha amal qilishi Fuqarolik qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Qonun u amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlarga qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi. Fuqarolik qonun hujjati amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlar bo‘yicha bu qonun hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va burchlarga nisbatan qo‘llaniladi. Agar shartnoma tuzilganidan keyin taraflar uchun majburiy bo‘lgan, shartnoma tuzilayotgan paytdagidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan qonun qabul qilingan bo‘lsa, tuzilgan shartnomaning shartlari o‘z kuchini saqlab qoladi, qonunning avval tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan munosabatlarga tatbiq etilishi ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
Fuqarolik qonun hujjatlarining vaqt bo‘yicha ta’sir qilishiga taalluqli ikkita normativ qoida belgilanadi. Ulardan biri yangidan vujudga keluvchi huquqiy munosabatlarni, ikkinchisi esa, yangi Qonun kuchga kirganidan so‘ng ham davom etayotgan huquqiy munosabatlarni qamrab oladi. Umumiy qoida sifatida yangi qonun faqatgina u kuchga kirganidan so‘ng vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llanadi va shunga muvofiq ravishda, orqaga qaytish kuchiga ega emas.
O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda 160-II-sonli «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi 18Qonunining 26-moddasiga binoan: «O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, agar hujjatlarning o‘zida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, rasman e’lon qilinganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi». Istisno sifatida qonun, u kuchga kirguniga qadar vujudga kelgan munosabatlarni ham qamrab olishi mumkin, agarda bu qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa. Yangi qonunning u kuchga kirguniga qadar yuzaga kelgan munosabatlarga tatbiq etilishining ikki: to‘liq va qisman variantlari (turlari) mavjud bo‘lishi mumkin. Birinchi holda qonunning ta’siri, u kuchga kirguniga qadar boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solingan munosabatlarga tatbiq etiladi. Sharhlanayotgan moddaning ikkinchi qismida aynan shu holat (variant) ko‘zda tutilgan.
Qonunning u kuchga kirguniga qadar yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llanishining ikkinchi holi sharhlanayotgan moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan. U yangi qonunning kuchga kirgunidan so‘ng vujudga kelgan huquq va majburiyatlarga nisbatan qo‘llanishiga taalluqlidir. Yangi qonun kuchga kirmasdan avval vujudga kelgan huquq va majburiyatlarga, jumladan, yangi qonun kuchga kirgan paytda biron-bir sabablarga ko‘ra amalga oshirilmay (bajarilmay) qolganlariga nisbatan avval amalda bo‘lgan qonunchilik qo‘llanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan qoida yangi qonun kuchga kirguniga qadar tuzilgan shartnoma bo‘yicha tomonlarning munosabatlariga ta’sir etmaydi Fuqarolik kodeksining 357-moddasi.

XULOSA:
Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish joiz mazkur sohani yoritish jarayonida bu boradagi huquqiy normalar va ushbu mavzuda yozilgan ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, ilmiy va nazariy jihatdan o'rganish asosida quyidagi fikr va mulohazalarga keldik.
Shuni malum qilib aytganda fuqarolik huquqi qonunlari ijtimoiy hayot munosabatlarida kun sayin vujudga kelayotgan munosabatlarni to`la o`z ichiga olgan va turmushda fuqarolik huquqi normalarida nazarda tutilmagan yangi munosabatlar ham paydo bo`lishi mumkin. Bularni tartibga solishda albatta Fuqarolik huquqiga hamda huquq manbalariga yuzlanamiz. Fuqarolik qonun hujjatlari umumiy qoida bo`yicha barcha uchun umummajburiy hisoblanadi.
Demak hozirgi kunda yurtimizda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish masalasi dolzarb vazifalardan biri bo’lib kelmoqda hususan jamiyatimizda axolining fuqarolik huquq manbalari hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar haqida bilib olishi, ularda tushuncha ko’nikma va bilim hosil qilish bu huquqiy ongning ko’rnishi, ularning huquq va muomila layoqati asosida harakat qilishlari, o’z majburiyatlarni bajarishlari va huquqlaridan foydalanishlari, huquqiy madaniyatning rivojlanishiga sabab bo’ladi.


Download 70,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish