1.2.Fuqarolik huquqi manbasi turlari va mazmuni.
Huquqning eng qadimgi manbalaridan biri huquqiy odatdir. Huquqiy odat uzoq davr mobaynida amalda boʻlishi natijasida shakllangan, jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan xulq-atvor qoidasi.
Huquqiy pretsedent ham huquq manbai hisoblanadi. Huquqiy pretsedent sud yoki maʼmuriy organning yozma yoxud ogʻzaki qarori boʻlib, bu qaror kelgusida barcha shunga oʻxshash ishlarni qoʻrib chiqish va hal qilish uchun asos boʻladigan namuna normadir. Huquqiy pretsedentning sud va maʼmuriy pre-sedent shakllari mavjud. Sud pretse-denti AQSH, Avstraliya, Buyuk Bri-taniya, Kanada va Yangi Zelandiya kabi umumiy huquq amalda boʻlgan davlatlarda huquqning manbai sifatida keng qoʻllanadi.
Normativ shartnomalar ham huquq manbai hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil huquq subʼyektlari oʻrtasida tuziladigan hamda ularning huquq va majburiyatlarini oʻrnatadigan, oʻzgartiradigan yoki bekor qiladigan bitimlarga normativ shartno-malar deyiladi. Normativ shartnomalar ayniqsa xalqaro huquqda katta ahamiyatga ega. Normativ shartnomalar qatoriga kiruvchi xalqaro shartnomalar subʼyektlariga koʻra ikki tomonlama va koʻp tomonlama, xususiyatiga koʻra norma oʻrnatuvchi va taʼsis etuvchi shartnomalarga boʻlinadi.
Huquqning tarixiy rivojlanish davrida huquqiy aqida va gʻoyalar huquqning manbai hisoblangan. Musulmon huquqipl Qurʼon, sunna, ijmo va qiyos huquqning asosiy manbaini tashkil etadi.
Fuqarolik huquqi huquq sohasi; yuridik jihatdan teng boʻlgan subʼyektlar oʻrtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi va mustahkamlovchi huquq normalari yigʻindisidan iborat. Fuqarolik huquqi oʻzining predmeti hisoblangan mulkiy va shaxsiy munosabatlarni tartibga solishda ishtirokchilarining tengligini eʼtirof etishga, mulkning daxilsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga bironbir kishining oʻzboshimchalik bilan aralashishiga yoʻl qoʻyilmasligiga, fuqarolik huquqlari toʻsqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini taʼminlash zarurligiga asoslanadi. Fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar asosiy oʻrinni egallaydi. Mulkiy munosabatlar jumlasiga mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish, majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq munosabatlar va shahrik. kiradi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda Fuqarolik huquqi boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlarni ham tartibga soladi. Shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy munosabatlar jumlasiga shaʼn, qadrqimmat, ishchanlik obroʻsi, intellektual mulk obʼyektlari bilan aloqador munosabatlar kiradi. Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat Fuqarolik huquqining subʼyektlari hisoblanadi. Fuqarolik huquqining obʼyektlariga ashyolar, shu jumladan, pul va qimmatli qogʻozlar, boshqa buyumlar, molmulk, shu jumladan, mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, sanʼat asarlari va intellektual faoliyatning boshka natijalari, shuningdek, shaxsiy nomulkiy xuquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik huquqining asosiy manbaini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va FK tashkil etadi.
Fuqarolk huquqining manbalari deganda, fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan normativ hujjatlar tushuniladi. Huquq manbayini tashkil etgan xalqning erki davlat erki bo`lib, ma`lum shaklda qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda ifodalanadi.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasida: “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbalaridir”, deb normalangan. Huquq manbalari, tog`risida so`z yuritilganda, birinchi navbatda qonun ustida to`xtalish lozim. O`zbekiston Respublikasida qonunlar Oliy Majlis – hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi tomonidan amalga oshiriladi. Qabul qilinadigan bu qonunlar barcha uchun majburiy bo`lgan normative hujjatlardir.
O`zbekiston Respublikasining asosiy qonuni – Konstitutsiyasi barcha qonunchilik uchun, jumladan, fuqarolik qonunchiligi uchun ham rahbariy manba hisoblanadi. Konstitutsiya normalari u yoki bu munosabatni umumiy holda, konstitutsaviy darajada normalaydi, fuqarolik huquqiga doir qonunlar esa, uni to`ldiradi, aniqlashtiradi. Mamlakatimizning asosiy qonunida huquqning, shu jumladan, fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari mustahkamlangan.
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunining 5-moddasiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlari mavjud:
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
- O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
- vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
- mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
1) Fuqarolik huquqi manbalari tizimida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi alohida o‘rin egallaydi. Konstitutsiyaning ahamiyati birinchi galda uni bevosita fuqarolik huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi ta’sir kuchida namoyon bo‘lsa, boshqa jihatdan olganda asosiy qonunimiz boshqa fuqarolik qonunlari va qonun hujjatlarini ishlab chiqilishi va mohiyatini belgilashda o‘ziga xos qo‘llanma, o‘ziga xos doira, metodologik negiz vazifasini o‘taydi. Ya’ni, boshqa qonunlar va 35 qonun osti hujjatlari Konstitutsiya asosida qabul qilinishi, unga zid bo‘lmasligi shart. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasi shaxsiy huquqlarni va erkinliklarni tartibga soluvchi o‘zak, g‘oya vazifasini o‘taydi va unda belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Shuningdek, Konstitutsiyaning 18-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.
Konstitutsiyaning 27-moddasiga ko‘ra har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir.
Konstitutsiyaning 36-moddasida har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqliligi, bankka qo‘yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanishi belgilangan. Konstitutsiyaning 54-moddasida mulkdorning vakolatlari va mulk huquqini amalga oshirish shartlari belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 42-moddasi, ijod erkinligiga bag‘ishlangan. Konstitutsiyaning 53-moddasi esa, barcha mulk shakllarining tengligi va iste’molchilar huquqlarining ustuvorligi belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning ushbu normalar juda ko‘plab qonunlar va qonun osti hujjatlarida batafsil, chuqurlashtirilgan holda belgilab qo‘yilgan.
2) O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi fuqarolik huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar tizimida yetakchi o‘rin egallaydi. Fuqarolik kodeksining 1-qismi 1995 yil 21 dekabrda, 2-qismi esa 1996 yil 29 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan va har ikkala qismi ham 1997 yil 1 martdan boshlab amalga kiritilgan. FK 6 bo‘lim, 71 bob, 1199-moddadan iborat. U 36 hajmi bo‘yicha beqiyos bo‘lib, hech qaysi boshqa qonun unga tenglasha olmaydi.
3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar fuqarolik huquqiy munosabatlarni tartibga solsa, fuqarolik huquqining manbasi hisoblanadi.
4) Fuqarlik huquqi manbalari tizimi ierarxiyasida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan qabul qilinadigan normativhuquqiy hujjatlar ya’ni, farmonlar, qarorlar va farmoyishlar muhim 37 ahamiyatga ega. Prezident tomonidan chiqariladigan mazkur normativhuquqiy hujjatlar iqtisodiyotda, ijtimoiy turmushda vujudga kelgan normativ-huquqiy ta’sir ko‘rsatish talab etiladigan masalalarni tezlik bilan maqsadli tartibga solishni eng qulay va ta’sirchan yuridik vositasi hisoblanadi. Ko‘p hollarda Prezident tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar qonunlarni amalga oshirish ijro mexanizmini belgilab beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti turli hokimiyat tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish vakolatiga ega. Shu munosabat bilan ba’zi holatlarda Prezident farmonlari va qarorlari kelgusi qonunlar uchun, qonun osti hujjatlar uchun o‘ziga xos konseptual negiz vazifani bajaradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4725-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari va h.k.
5) O‘zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasi ijro hokimiyatining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qaroriga ilova bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 yanvardagi 1-son Qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom va h.k.
6) Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari fuqarolik huquqining manbai sifatida alohida o‘rin egallaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2007 yil 13 martdagi 30, 288-V-son qarori (2007 yil 14 aprel, ro‘yxat raqami 1675) bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun harid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2009 yil 4 yanvardagi 2-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 38 Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish Qoidalari (2009 yil 6 fevral, ro‘yxat raqami 1900) qabul qilingan.
Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar amalga kiritilishining asosiy sharti ushbu hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilishi hisoblanadi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlari tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas va huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
7) Viloyat, tuman, shahar hokimlari o‘zlariga berilgan vakolat doirasida O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.14
Do'stlaringiz bilan baham: |