Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika inistituti gumanitar fanlarfakulteti


II BOB. FUQAROLIK QONUNCHILIGI BILAN TARTIBGA SOLINADIGAN MUNOSABATLAR VA QONUNCHILIK HUJATLARINING VAQT BOYICHA AMAL QILISHI



Download 70,06 Kb.
bet4/7
Sana25.06.2022
Hajmi70,06 Kb.
#702945
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aktamov Ikrom 203 guruh

II BOB. FUQAROLIK QONUNCHILIGI BILAN TARTIBGA SOLINADIGAN MUNOSABATLAR VA QONUNCHILIK HUJATLARINING VAQT BOYICHA AMAL QILISHI.
2.1.Fuqarolik qonunchiligining asosiy negizi hamda ushbu qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Fuqarolik qonun hujjatlarining asosiy negizlari fuqarolik qonun hujjatlari ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligini e’tirof etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligiga, fuqarolik huquqlari to‘sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini ta’minlash zarurligiga asoslanadi. Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga o‘z erklariga muvofiq ega bo‘ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiradilar. Ular shartnoma asosida o‘z huquq va burchlarini belgilashda va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar. Tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida erkin harakatda bo‘ladi. Xavfsizlikni ta’minlash, insonlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, tabiatni va madaniy boyliklarni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lsa, tovarlar va xizmatlar harakatda bo‘lishini cheklash qonun hujjatlariga muvofiq joriy etilishi mumkin.
Fuqarolik qonun hujjatlarining asosiy tamoyillari, ya’ni, mohiyatan, butun fuqarolik huquqi tizimining poydevori bo‘lgan eng asosiy qoidalar ifodalangan va mustahkamlangan, unda O‘zbekiston Respublikasida mulk, iqtisodiy faoliyat va tadbirkorlik daxlsizligining konstitusiyaviy kafolatlari aks etgan. Moddada bayon etilgan asosiy negizlar (tamoyillar) va kafolatlar fuqarolik qonun hujjatlariga yangi sifat xususiyatlari baxsh etib, Fuqarolik kodeksini O‘zbekistonning ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti shakllanishi va rivojlanishi davridagi muhim huquqiy manba deb hisoblashga imkon beradi.
Fuqarolik qonun hujjatlari asosiy negizlari (tamoyillari)ning ro‘yxati keltiriladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligi tamoyili. Bunday tenglik quyidagi ulush uslubiy tartibdan kelib chiqadi: fuqarolik huquqiy munosabatlar qatnashchilari bir-birlariga nisbatan tobe, qaram bo‘lmagan sub’yektlar (jismoniy va yuridik shaxslar) hisoblanadilar va fuqarolik huquqlarining vujudga kelishi, amalga oshirilishi va himoya qilinishida qonunga binoan teng va mustaqil deb e’tirof etiladilar. Huquqiy munosabatlar qatnashchilarini bunday tengligi ularning sub’yektiv fuqarolik huquqlarini tengligini anglatmaydi, balki uning egalari uchun bunday huquqlar vujudga kelishi, o‘zgartirilishi, bekor bo‘lishi va ularni buzganlik uchun javobgarlikda tengligini nazarda tutadi. Fuqarolik qonun hujjatlarining narsasi bo‘lib hisoblanadigan ushbu munosabatlarda ularning ishtirokchilarini fuqarolik qonuni va sud oldida tengligi ularning moddiy va ijtimoiy notengligidan hamda tashkiliy jihatdan biri biriga tobe, qaramligidan qat’iy nazar amal qiladi va bu shaxslar hatti-harakatlariga fuqarolikhuquqiy ta’sir ko‘rsatish usuligagina xosdir. Fuqarolik huquqi sub’yektlarining hech biri boshqasiga buyruq berishga haqli emas.
b) mulk daxlsizligi tamoyilining ahamiyati eng avvalo, mulkdor tomonidan o‘z mol-mulkidan qonunda ta’qiqlanmagan har qanday maqsadlarga erishishi uchun o‘zining shaxsan erkin xohish asosida foydalanish imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Bu ayni paytda mulkdorga tovon puli to‘lanishi yoki to‘lanmasligidan qat’iy nazar mulk huquqini majburiy bekor bo‘lishga yo‘l qo‘yilmasligini ham anglatadi. Quyidagi qoidaga qat’iy amal qilish talab etiladi: – mulk huquqini majburiy bekor bo‘lishiga faqat qonunda bevosita nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi. Bunday norma Konstitusiyaning 53-m.da mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, unga ko‘ra «xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin».
v) tartibga solinuvchi bozor sharoitlarida shartnoma erkinligi fuqarolik huquqini hal qiluvchi negizi sifatida namoyon bo‘ladi, bunda shartnoma taraflarni munosabatlarga haqiqatan ham erkin, o‘z tashabbusi bilan kirayotganligini ifodalaydi. Shartnoma mustaqil sub’yektlarning xo‘jalik aloqalarini tashkil etishning asosi hisoblanadi. Shartnoma erkinligi taraflarni shartnomaviy munosabatlarga kirishishga haqiqiy istagi va erk izhori birinchidan, shartnomani tuzish harakatlarida, ikkinchidan, shartnoma shartlarini belgilash harakatlarida, uchinchidan esa shartnoma majburiyatlarini bajarish bo‘ycha harakatlarida namoyon bo‘ladi. Shartnomalar erkinligi tamoyili FKning 354-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, unga ko‘ra «Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l quyilmaydi, shartnoma tuzish burchi ushbu Kodeksda, boshqa qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari mumkin».15 Fuqarolar va yuridik shaxslar nafaqat shartnoma mazmunini belgilashda, balki shartnoma bo‘yicha sheriklarini (kontragentlarni) tanlashda ham erkindirlar. Ular moddiy yoki ma’naviy turmushning u yoki bu turdagi predmetlariga nisbatan o‘z ehtiyojlarini qanoatlantirish zaruratiga qarab shartnomaviy munosabatlarga kirishadilar. Shartnoma tuzishga majburlashga qonunda bunday holat nazarda tutilgan yoki sud qarorida belgilangan bo‘lsa yo‘l qo‘yiladi Fuqarolik kodeksining 377-moddasining.16 6–7-qsimlari. Iste’molchiga tegishli tovarlar sotish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish imkoniyati bo‘lgan holda ommaviy shartnoma tuzishdan bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi Fuqarolik kodeksining 358-moddasining. 3-qismi. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasini tuzish davlat buyurtmachisi uchun ham, tovarlar yetkazib beruvchi uchun ham majburiydir (Fuqarolik kodeksining 459-moddasining 2–4-qismlari.) xususiy ishlarga va shaxsiy hayotga biron-bir kishining o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi fuqarolik qonun hujjatlarining asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibdan va holatlardan tashqari hech qanday davlat idorasi va mahalliy o‘zini- 9 1-bob. Fuqarolik qonun hujjatlari o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, boshqa har qanday shaxslar mulkiy va nomulkiy munosabatlarga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu tamoyil Konstitusiyaning 27-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan «har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar-joyi daxlsizligi huquqiga ega» degan normaga asoslanadi. Xususiy ishlarga biron-bir kishining o‘zboshimchalik bilan aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi tadbirkorlik sub’yektlari (yakka tadbirkorlar va tijorat tashkilotlari)ni o‘z mol-mulklarini tasarruf etishi, daromadlarini taqsimlash, ulardan foydalanish sohasiga davlat organlari xodimlari va boshqa shaxslarni har qanday tazyiqlariga ta’qiqni anglatadi. Agarda qonunlarda qandaydir talablar belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, sub’yektlarning o‘z ishlarida kimningdir ruxsatini olish, ma’lumotlar taqdim etish, boshqa birovning roziligini olish talab etilmaydi. Shaxsiy, oilaviy va tijorat sirlariga taa’luqli ma’lumotlarning taqdim etilishini talab etish ta’qiqlanadi. Xususiy ishlarga hech kimning o‘zboshimchalik bilan aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi ayni paytda shaxsiy hayotga, shaxsiy hujjatlarga va shaxsiy munosabatlarga aralashuvlarga ham ta’qiq qo‘yadi. Bunday ta’qiqlar Fuqarolik kodeksining 8-bobi tegishli normalarida belgilab qo‘yilgan. Xususiy ishlarga hech kimning o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi tamoyili talablarini ro‘yobga chiqarishda Fuqarolik kodeksining 15-moddasida belgilab qo‘yilgan davlat organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan g‘ayriqonuniy harakatlar natijasida fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning qoplanishi to‘g‘risidagi normasi muhim ahamiyatga ega.
d) fuqarolik huquqlarining hech qanday to‘sqinliklarsiz amalga oshirilishi tamoyili Fuqarolik kodeksining ko‘pgina normalarida, xususan uning o‘ziga xos jihatlari Fuqarolik kodeksining 9-moddasida o‘z ifodasini topgan. Fuqarolar va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli fuqarolik huquqlarini, shu jumladan, ularni himoya qilish huquqini ham o‘z xohishlariga ko‘ra tasarruf qiladilar va hech kim ularni amalga oshirishga to‘sqinlik qilishga haqli emas. Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi lozim. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining halol, oqilona va adolat bilan harakat qilishi nazarda tutiladi. Fuqarolar va yuridik shaxslar o‘z huquqlarini amalga oshirishda jamiyatning ma’naviy tamoyillari va axloqiy normalarini hurmat qilishlari, tadbirkorlar esa ish odobi qoidalariga ham rioya etishlari kerak. Fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa shaxsga zarar yetkazishga, boshqacha shakllarda huquqni suiiste’mol qilishga, shuningdek, huquqni uning maqsadiga zid tarzda amalga oshirishiga qaratilgan harakatlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Buzilgan huquqlarning tiklanishi, ularning sud orqali himoya qilinishini ta’minlash ham fuqarolik huquqining asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. Shu bilan izohlanadiki, fuqarolikhuquqiy javobgarlik huquqbuzarlik sodir etganning shaxsiga emas, balki shaxsning buzilgan huquqlarining tiklanishiga, huquqbuzarlik oqibatida unga yetkazilgan moddiy zararlarni va ma’naviy ziyonning qoplanishiga qaratiladi. Barcha holatlarda fuqarolik huquqlarini sud tartibida himoya qilish demokratik tamoyillarning fuqarolik qonun hujjatlariga joriy etilishining o‘ziga xos isboti bo‘lib hisoblanadi. Ushbu tartib quyidagi ikki qoidani o‘zida mustahkamlaydi:
a) Fuqarolik kodeksida va boshqa qonunlarda tegishli ko‘rsatma bor-yo‘qligidan qat’iy nazar fuqarolik huquqlarini ma’muriy tartibda himoya qilish hisoblanadi Fuqarolik kodeksining 10-moddasi 2-qismi. Biroq bunda ham ma’muriy tartibda qabul qilingan qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish mumkin, demak ma’muriy tartib ustidan ham sud nazorati mavjud;
b) sud fuqarolik huquqlarini buzuvchi hujjatlarni, ya’ni ular davlat organlari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan qabul qilinganidan qat’iy nazar, haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Fuqarolik huquqining yuqorida sanab o‘tilgan rahbariy qoidalari, asosiy negizlari real turmushdan uzilgan mavhum mulohazalar emas. Ushbu tamoyillar ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlarini o‘zida to‘liq mujassamlashtiruvchi in’ikosi hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan fuqarolik qonun hujjatlarining asosiy negizlari (tamoyil)larining hech biri mutloq xarakterga ega emas. Ularning barchasi yuridik tartibotni, ko‘proq esa faktik (amaliyot) tartibotning u yoki bu istisnolari ta’siri doirasiga tushadi. Ushbu rahbariy qoidalarning (tamoyillarning) asosiy. Fuqarolik qonun hujjatlari qiymati shundaki ular birgalikda majmua sifatida fuqarolik qonun hujjatlarini mulkiy va nomulkiy munosabatlarni eng samarali tarzda tartibga solishga qodir bo‘lgan demokratik tipdagi yaxlit tizimli tuzilma sifatida shakllantiradi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, muayyan holatlarda fuqarolik qonun hujjatlarining asosiy negizlari, masalan, huquq analogiyasi (o‘xshashligi)dan foydalanishda muayyan huquqiy munosabatlarda taraflarning huquq va majburiyatlarini bevosita belgilash manbasi bo‘lib ham xizmat qilishi mumkin Fuqarolik kodeksining 5-modasi 2-qismi. uqarolar va yuridik shaxslarni qonunda nazarda tutilgan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va amalga oshirishda erkinligi tamoyili mustahkamlangan. Bunda o‘z «erklariga ko‘ra» va «o‘z manfaatlarini ko‘zlab» tushunchalari fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llash bosqichida ushbu tamoyilni umumiy yo‘naltiruvchi harakatini belgilaydi. Albatta, ularni har doim ham tom ma’noda talqin etish to‘g‘ri bo‘lmagan bo‘lur edi, chunki fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va amalga oshirish «o‘z erki bilan emas» (masalan, vasiylarni voyaga yetmaganlarga nisbatan harakatlari) va «o‘z manfaatlarini ko‘zlamagan» holda (masalan, boshqa shaxslar, davlat, jamiyat manfaatlarini ko‘zlab) namoyon bo‘lish hollari ham uchraydi. Sharhlanayotgan moddaning 3-qismida tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablag‘larni O‘zR hududida erkin harakatda bo‘lishi to‘g‘risidagi norma o‘z ifodasini topgan, bu esa mamlakatni yagona iqtisodiy maydon sifatida mavjudligining muhim sharti hisoblanadi. Ushbu moddaning 4-qismida tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatini cheklash asoslari belgilangan bo‘lib, buni amalga oshirishga davlat va jamiyat xavfsizligini, insonlar sog‘lig‘i va hayotini, tabiatning va madaniy boyliklarning muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida davlat hokimiyati organlari tomonidan maxsus normativ huquqiy hujjat qabul qilish orqaligina yo‘l qo‘yiladi.
Fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar Fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlarni, shuningdek, boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari bo‘ladilar. Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, fuqarolik qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan qoidalar chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda chet ellik yuridik shaxslar ishtirokidagi munosabatlarga qo‘llaniladi. Shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki bu munosabatlarning mohiyatidan o‘zgacha hol anglashilmasa, fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan belgilarga javob beradigan oila munosabatlariga, mehnat munosabatlariga va tabiiy resurslardan foydalanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish munosabatlariga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari bu munosabatlar maxsus qonunlar bilan tartibga solinmaydigan hollarda qo‘llaniladi. Bir tarafning ikkinchi tarafga ma’muriy bo‘ysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlarga, shu jumladan, soliq, moliyaviy va boshqa ma’muriy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari qo‘llanilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Fuqarolik qonun hujjatlari tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning turlari ta’riflanadi. Mazkur munosabatlar ob’yektlarining xususiyatlari va fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini hisobga olgan holda fuqarolik qonun hujjatlari ta’siri qamrab oladigan munosabatlarning ayrim turlariga huquqiy tavsif beriladi. Fuqarolik qonun hujjatlari tomonidan tartibga solinadigan munosabatlarning uch turi farqlanadi: mulkiy munosabatlar, ular bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlar hamda mulkiy munosabatlar bog‘liq bo‘lmagan, ob’yekti sifatida insonning uning o‘zidan ajralmas huquq va erkinliklari, shuningdek, boshqa nomoddiy manfaatlar hisoblangan shaxsiy munosabatlar farqlanadi. Iqtisodiyot sohasida amal qiluvchi mulkiy munosabatlar ko‘rsatib o‘tilgan munosabatlar ichida yetakchi o‘rin tutadi. Tovar-pul muomalasida tovar sifatida ishtirok etadigan yoki ishtirok etishi mumkin bo‘lgan mol-mulk ularning asosiy ob’yekti hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi bilan bog‘liq ravishda fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlarning mol-mulkning yangi toifalarini qamrab olish jarayoni sodir bo‘lmoqda. Bugun ularning sirasiga, jumladan, tovarga aylanib ulgurgan yer, boshqa tabiiy resurslar, ko‘p qavatli turarjoy binolari, boshqa turarjoy kvartiralari kiritilmoqda.
Mulkiy munosabatlarga bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlar (sharhlanayotgan moddaning 1 q.) ko‘pchilik hollarda mualliflik huquqi, ismga bo‘lgan huquqi hamda ilm-fan, adabiyot va san’at asarlariga, ixtirolar, sanoat namunalariga bo‘lgan boshqa shaxsiy nomulkiy munosabatlar, adabiyot va san’at asarlari ijrochilarining shaxsiy nomulkiy huquqlari yuzasidan vujudga keladi. Iqtisodiy mazmunga ega bo‘lmagan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri pulda baholashning imkoni bo‘lmagan huquqlar bunday munosabatlarning ob’yekti hisoblanadi. Ammo ushbu huquqlarning egalari, bir paytning o‘zida, mulkiy huquqlarga, eng avvalo, o‘zining intellektual faoliyati natijalaridan foydalanishga mutlaq huquqqa egadirlar. Shunga bog‘liq ravishda ular ushbu nomulkiy munosabatlar bilan tutash mulkiy munosabatlar asosida moddiy naf topishlari va daromad olishlari mumkin.
Insonning ajralmas huquq va erkinliklari, shuningdek, boshqa nomoddiy ne’matlar bilan bog‘liq manfaatlarni himoyalash bo‘yicha munosabatlar alohida turni tashkil etadi. Ushbu munosabatlar mulkiy munosabatlar bilan bevosita bog‘liq emas, ammo tegishli huquq, erkinlik va manfaatlar buzilganda ularning egalariga yetkazilgan ma’naviy ziyon uchun tovon to‘lash boshqa choralar bilan birgalikda qo‘llanishi mumkin. FK fuqarolik qonun hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan huquq, erkinlik va boshqa nomoddiy manfaatlarning ro‘yxati ochiq bo‘lishi (uzilkesil bo‘lmasligi) nuqtai nazarida turadi, bu esa uning qo‘llanish doirasini ancha kengaytiradi.
Fuqarolik qonun hujjatlari tomonidan tartibga solinadigan mulkiy va nomulkiy munosabatlarning belgilari mavjud. Ushbu belgilar mazkur munosabatlarni huquqning boshqa sohalari, jumladan, mehnat, oila, ma’muriy, yer, tabiiy resurslar va sh.k. huquq normalari doirasiga taalluqli boshqa mulkiy va nomulkiy munosabatlardan alohida ajratishga va shunga muvofiq ravishda chegaralashga imkon beradi. Fuqarolik qonunchiligi tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, erk muxtoriyati va mulkiy mustaqilligi shunday belgilar sirasiga kiradi. Fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik huquqi ishtirokchilari (sub’yektlari) o‘rtasidagi tashqi deb ataluvchi munosabatlarni tartibga soladi. Yuridik shaxslar ichida tashkilot xodimlari o‘rtasida yuzaga keladigan, yollanma mehnatdan foydalanishga asoslangan mulkiy va o‘zga munosabatlar, odatda, an’anaviy tarzda mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadi, basharti qonun hujjatlarida yoki ta’sis shartnomasida ular bevosita fuqarolik qonun hujjatlariga havola qilinmagan bo‘lsa. Jumladan, tashkilotlarda ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasidagi yollanma mehnatdan foydalanish bo‘yicha munosabatlar fuqarolik emas, mehnat qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadi. Aksiyadorlar, ishtirokchilar, a’zolarning tijorat va ayrim turdagi notijorat tashkilotlarining faoliyatida qatnashuvi bilan bog‘liq ichki munosabatlar FK normalariga muvofiq fuqarolik qonun hujjatlarining ta’sir doirasiga kiradi. Fuqarolik qonun hujjatlari ta’sir doirasining ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlar ichida yuzaga keladigan ichki munosabatlarni qamrab olishi bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik huquqi yangi xususiyatlar kasb etadi. Fuqarolik qonun hujjatlari tomonidan tartibga solinadigan munosabat turlarini belgilab berishdan tashqari, moddaning matnida fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy maqomiga va fuqarolik-huquqiy munosabatlari asosiy toifalarining umumiy tavsifiga doir qoidalar ham keltirilgan.
Fuqarolik muomalasi tushunchasi o‘z ichiga bitimlarni hamda shu muomala ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keluvchi fuqarolikhuquqiy munosabatlari doirasida mol-mulk va boshqa ob’yektlarni haq evaziga va tekin berishga qaratilgan boshqa hatti-harakatlarni oladi. Ob’yekti sub’yektidan ajralmas huquq, erkinlik va boshqa nomoddiy manfaatlar bo‘lgan munosabatlar fuqarolik muomalasidan tashqarida yotadi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarining ishtirokchilari (sub’yektlari) sifatida esa fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat (sharhlanayotgan moddaning 2-q.) ishtirok etishi mumkin. Qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, fuqarolik-huquqiy munosabatlarida milliy tartibni taqdim etish asosida chet ellik fuqarolarning, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning va xorijiy yuridik shaxslarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi. Sharhlanayotgan moddaning birinchi qismida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qonun chiqaruvchi tomonidan ajratib ko‘rsatilayotgan uchta toifasi yetarlicha aniq ko‘rinib turibdi, bular: mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarga doir huquqiy munosabatlar; intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mutlaq huquqlar bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar (ajralmas huquq, erkinlik va boshqa nomoddiy manfaatlar to‘g‘risidagi huquqiy munosabatlarni ham shular jumlasiga kiritish lozim); majburiyatga oid huquqiy munosabatlardir. Fuqarolik qonunchiligi bir tomonning ikkinchi tomonga ma’muriy bo‘ysunishiga asoslangan munosabatlarga, ya’ni tomonlar o‘rtasida yuridik tenglik negizi bo‘lmagan munosabatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bu ma’muriy huquq va huquqning boshqa ommaviy sohalarining amal qilish doirasi hisoblanadi.


Download 70,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish