Boshqaruv tahlili
Korxonani to‘g‘ri boshqarish belgilangan maqsadga erishishning
ilmiy asoslangan yo‘lidir. Obyektlarda boshqaruv ta’sirini oshirish,
uning samaradorligini ta’minlashda ko‘p turdagi vositalar bilan birga-
likda iqtisodiy tahlil ham o‘zining o‘rni va ahamiyatiga ega. Xususan,
hisob tizimida tahlil vositasida ma’lumotlar yig‘ilib, qayta ishlanadi
hamda ularning foydaliligi oshirilib, qaror qabul qilish uchun ichki
boshqaruvchilarga, menejerlarga, xodimlarga va boshqa shu kabilarga
yetkazib beriladi. Boshqaruv subyektlari foydali ma’lumotlar asosida te-
gishli qarorlar qabul qilib faoliyatni davom ettiradilar. Shu tarzda bosh-
qaruv funksiyasi o‘z ilmiy asosiga ega bo‘ladi. Chunki, tahlil ma’lu-
motlari asosida jarayonlar rejalashtiriladi, nazorat qilinadi, o‘zgartirish-
lar kiritiladi yoki muvofiqlashtiriladi, natijalar aniqlanadi va istiqbollar
belgilab boriladi.
Boshqaruv tahlili – korxonada mablag‘lar va boshqa resurslardan
samarali foydalanish yo‘llarini, omillarini, imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi
hamda qarorlarini qabul qilishda ilmiy asos bo‘ladigan faktlarni
beruvchi tahlil turidir.
Tezkor tahlil
Korxona faoliyati doimo tezkor boshqarishni talab etadi. Bu bilan
uzluksiz davom etayotgan jarayon davrning har bir soatida, kunida yoki
dekadasida kuzatiladi, o‘rganiladi, nazorat qilinadi hamda obyektlarga
zarur ta’sirlar ko‘rsatiladi. Demak, tezkor tahlil xo‘jalik faoliyati va
uning qismlarini qisqa muddatda o‘rganib, ishlab chiqarishni operativ
boshqarishga tayinlanganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Tezkor tahlilning boshqa tahlil turlaridan (ayniqsa, joriy tahlildan)
farqli tomoni shundaki, korxona faoliyati hamda undagi o‘rganilayotgan
jarayonlar bilan tezkor tahlil ketma-ket, ya’ni o‘ta yaqin oraliqda amalga
oshiriladi. Natijada sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari o‘z vaqtida
o‘rganiladi. Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish qisqa va tez muddatlarda amalga oshiriladi. Ushbu jihat esa mazkur tahlil turining
ijobiy tomonini ko‘rsatib beradi. Hisob tizimining boshlang‘ich hujjatlari, tezkor hisob ma’lumotlari, kunlik ish faoliyati haqidagi statistik ma’lumotlar, sodir bo‘layotgan jarayonlarni bevosita borib ko‘rish, o‘lchash va ayrim hollarda suhbatlashish natijalaridan o‘rganilgan ma’lumotlar tahlil uchun manbalar
hisoblanadi. Mazkur tahlil turini nafaqat maxsus bilimga ega bo‘lgan iqtisodchi-
lar, buxgalterlar yoki boshqa mutaxassislar, balki o‘rganilayotgan xo‘-
jalik jarayonlariga daxldor va qiziquvchilarning barchasi amalga oshiri-
shi yoki tahlil jarayonlarida qatnashishi mumkin. Masalan, ishchilar,
texnik xodimlar, radio va televideniye xodimlari va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |