Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi



Download 396,94 Kb.
bet1/7
Sana20.06.2022
Hajmi396,94 Kb.
#681674
  1   2   3   4   5   6   7


TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Iqtisodiy tahlilning turlari

Bajardi: “Buxgalteriya hisobi va auditi”
100-21 guruh talabasi Rasulova D.

Tekshirdi: Maxmatqulova T.


Toshkent 2022

Reja


1. Iqtisodiy tahlil va uni turlarga ajratish
2. Moliyaviy tahlil 
3. Boshqaruv tahlili
4. Tezkor tahlil 
5. Joriy tahlil 
6. Istiqbolli tahlil 
7. Kompleks tahlil 
8. Funksional qiymat tahlili 
9. Diagnostik tahlil 
10. Ichki xo‘jalik va korxonalararo tahlil
11. Hudud, tarmoq va vazirlik bo‘yicha tahlil 
12. Tahlilning boshqa turlari 


Iqtisodiy tahlil va uni turlarga ajratish
Iqtisodiy tahlil maqsad, vazifalar, mazmun, shakl, makon va zamon-
ga ko‘ra, foydalaniladigan manbalar, kim tomonidan o‘tkazilishidagi uy-
g‘unlik va yaxlitlik bo‘yicha turlarga ajratilsa, maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Shu jihatdan: 
– moliyaviy tahlil; 
– boshqaruv tahlili; 
– tezkor tahlil; 
– joriy tahlil; 
istiqbolli tahlil
– kompleks tahlil; 
– tizimli tahlil; 
– funksional qiymatli tahlil; 
– mavzuga oid tahlil; 
– determinallashgan tahlil; 
– marjinal tahlil; 
– solishtirma tahlil; 
– xo‘jalik faoliyati tahlili
– texnik-iqtisodiy; 
– ijtimoiy-iqtisodiy; 
– iqtisodiy-ekologik; 
– diagnostik tahlil; 
– ichki tahlil; 
– tashqi tahlil va boshqalar farqlanadi. 
Qayd etib o‘tilgan tahlil turlari korxona faoliyatini o‘rganish va
boshqarishda o‘z ahamiyatiga ega.
Moliyaviy tahlil
Dialektika tushunchasidan ma’lumki, borliqdagi har bir obyekt
garchanda alohida mavjuddek bo‘lib ko‘rinsada, u son-sanoqsiz jihatlari
bilan boshqa obyektlar bilan chambarchas bog‘liqlikda harakat qiladi
yoki yashaydi. Iqtisodiy obyekt sifatida korxonalar ham ijtimoiy-iqti-
sodiy munosabatlarda boshqa obyektlar bilan o‘zaro aloqada va doimo
birgalikda faoliyat yuritadi. Demak, korxona bilan birgalikda faoliyat
olib borayotgan, u bilan hamkorlik qilayotgan yoki qilmoqchi bo‘lgan,
raqobatdosh bo‘lgan va shu kabi turli obyektlar fikrimizga misol bo‘la
oladi. Har bir alohida olingan obyektlar o‘z maqsadi, manfaati hamda
ehtyojidan kelib chiqib o‘zlarini qiziqtirayotgan korxonalarni qaysidir
tomonlarini o‘rganadilar. Bozor munosabatlarida korxonalarning mulki-
ni ko‘p bo‘lishi, ulardan samarali foydalanish holati, mulkning shaklla-
nish manbalari hamda ularning tarkibi, moliyaviy natijalar holati va
dinamikasi, pul oqimlari harakati va miqdori, ularning faoliyat harakati
bilan mutanosibligi, xususiy kapital va uning tarkibi, o‘zgarish holati,
to‘lov qobiliyati, aktivlar likvidligi va shu kabi moliyaviy holatni ifo-
dalovchi axborotlar juda ko‘p turdagi hamkorlarni qiziqtiradi. Misol
uchun, kredit beruvchi institutlar uchun moliyaviy holatning barcha to-
monlari zarur bo‘lsa, mol yetkazib beruvchi uchun to‘lov qobiliyati
hamda likvidlik ko‘rsatkichlari, aksionerlar uchun moliyaviy natijalar
hamda xususiy kapitaldagi o‘zgarishlar, qarz beruvchilar uchun garov
bilan ta’minlanganlik, xaridorlar uchun shartnoma hajmidagi mahsulot
ishlab chiqarish uchun korxonaning moliyaviy imkoniyati mavjudligi
kabilar shular jumlasidandir. Demak, korxonaning moliyaviy holati tash-
qi hamkorlar uchun juda ham muhim ahamiyatga ega. Ular o‘zlari uchun
zarur bo‘lgan ma’lumot va axborotlarni tahlil qilib, zarur xulosalar olib
so‘ngra biznes qarorlarini qabul qiladilar.
Moliyaviy tahlil – korxonaning aktivlari, majburiyatlari, kapitali,
moliyaviy natijalari, asosiy vositalari, pul oqimlari va ularning holati,
tarkibi, o‘zgarishlarini ta’sir qiluvchi omillar hamda maxsus ko‘rsatkich-
lar tizimi asosida tadqiq etish va o‘rganishdir. Mazkur tahlil turining maqsadi korxonaning moliyaviy holatini turli tomonlariga, barqarorligiga, moliyaviy salohiyat va raqobatdoshligiga baho berishdir. Moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari korxonaning mulki va uning shakllanish manbalari, moliyaviy natijalar, asosiy vositalar, pul oqimlari, xususiy kapital va ular bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarni o‘rganishdir.

Download 396,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish