Тошкент “транспорт ва логистика: республика транспорт-транзит салоҳиятини ривожлантиришда рақамлитехнологиялар”



Download 17,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/437
Sana20.07.2022
Hajmi17,03 Mb.
#828940
TuriСборник
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   437
Bog'liq
TЛ Конференция 1188 стр

Har biri qanday bo‘lmasin biror mahsulotni ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan alohida-alohida ishlab chiqaruvchilarning mavjudligi; 

Jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulotlarni ayirbosh-
lash. 
Bozor aloqalari va munosabatlari talab, taklif va baholarning tayinli 
sifat va miqdor nisbatlari bilan xarakterlanadi. Ishlab chiqaruvchilar 


222 
bozorga ma’lum miqdordagi tovarlarni olib chiqib sotish uchun taklif 
etishadi. Ayni vaqtda ularni iqtisodiy manfaatlari tovarni sotish va shu yo‘l 
bilan sarf-xarajatlarni qoplash hamda sof foyda olishdan iborat bo‘ladi. 
Tovar taklifining asosiy xarakteristikasi uning sifat tomoni ya’ni inson 
ehtiyojlarini qondira oladigan bir qancha xil iste’mol qiymatlarining 
bo‘lishidir. Talab hamisha aniq bo‘ladi, chunki har bir paytda u tayinli 
tovarlarga daxldor bo‘ladi va muayyan bir bozorda ma’lum qilinadi.
Iste’mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyoj va talablar iqtisodiy, ijtimoiy, 
demografik, tabiiy – iqlim va boshqa omillar ta’siri ostida shakllanib 
boradi. Shu munosabat bilan bozor siyosati asoslangan bo‘lishi uchun 
talabni obdon o‘rganish, uning rivojlanishdagi tendensiyalar va qonu-
niyatlarini tahlil qilish, hajmi va strukturasi qanday bo‘lishini oldindan 
bilish zarur.
Tovar qiymatining pul ifodasi bo‘lmish baho, ya’ni narx-navo, 
iste’mol bozorining sig‘imiga katta ta’sir o‘tkazadi. Baholar ko‘tarilgan-
da tovarlarga bo‘lgan talab kamayishi, baholar pasayganda ortib borishi 
kerak. Bahoning iste’mol tovarlari bozorining sig‘imiga ta’siri bir-biriga 
bog‘liq bo‘lgan omillar tizimi bilan belgilanadi. Bu ishlab chiqarishning 
hajmi va strukturasi, iste’molning tovarga aloqador bo‘lgan va aloqador-
mas qismlarning nisbati, xomashyoning qiymati va boshqalardir. Talab 
bilan taklif o‘rtasidagi mutanosibliklar ishlab chiqarish vositalari bilan 
iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish nisbati, mehnat unumdorligi aholi 
daromadlari o‘sib borish sur’atlarining nisbati, baholarning umumiy 
darajasi va ayrim tovarlar baholari bilan belgilanadi. Talab bilan taklif 
o‘rtasidagi mutanosibliklarga ehtiyojlarning ortib borish qonuni katta 
ta’sir o‘tkazadi, buning natijasida xaridorlarning bozordagi tovarlar 
assortimenti va sifatiga bo‘lgan talablari ortib boradi.
Bozorga kompleks ravishda yondashishdan iborat bo‘lgan marke-
tingni bosh manbalari turli mamlakatlarda qadim zamonlarga borib taqa-
ladi. Chiqariladigan mahsulotlar assortimenti tabaqalashib, ehtiyojlar 
o‘sib borgan sayin, fan-texnika taraqqiyoti kuchayib xizmat ko‘rsatila-
digan sohalar kengaygani va raqobat keskinlashgani sayin marketinga 
bo‘lgan talab oshib bormoqda.
Marketingni joriy etish uchun tashkiliy shart-sharoitlarni ham yara-
tish kerak, korxonalarni rejalashtirish va boshqarish, taqsimlash, ichki va 
tashqi savdo aloqalari tizimi, moddiy jihatdan yuqori ta’minlangan 
bozor kanallari bo‘yicha realizatsiya qilish vositalari shular jumlasidan-


223 
dir. Tovarlar va xizmatlar sifatining yuqori bo‘lishi ularni reklama qilish 
marketingning eng muhim tamoyili bo‘lib korxonaning raqobat kura-
shida yashab qolishining asosiy shartidir.
Marketing strategiyasini har xil holatdagi talabga to‘g‘ri keladigan 
bir necha turini tafovut qilish mumkin. Marketing xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarni uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlarini qamrab oladi. 
Korxona marketing faoliyati dasturlarini shakllantirishning asosiy qoida-
laridan biri ishlab chiqariladigan va bozorda realizatsiya qilinadigan 
mahsulotning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini birga qo‘shib olib 
boorishdan iborat bo‘lmog‘i zarur.
Tadbirkorlarni bozorga kirib borishida quyidagilar ko‘zda tutiladi: 
Bozor vaziyatini chuqur tahlil qilish va uning qay tariqa 
rivojlanib borishini oldindan bilishni; 
Gorizontal aloqalarni yo‘lga qo‘yishda ma’lum darajada erkin 
bo‘lishni; 
Tijorat ishlaridagi raqobatga aloqador xavf-xatarni hisobga olib, 
bozorda o‘z mavqeiga ega bo‘lishni; 
Kon’yukturaga ta’sir o‘tkaza oladigan texnologik va tashkiliy 
siyosat yurgazishni;
Bozor munosabatlarini shakllantiradigan raqiblar to‘g‘risidagi 
axborotni yig‘ib, ishlab chiqish va tahlil qilishni; 
Ish yuzasidan muzokaralar olib borish va marketing yechim-
larini amalga oshirishga qodir bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar va 
rahbarlar bo‘lishini.
Korxonaning umumiy strategik maqsadi belgilab olinganidan 
keyin, masalan, yangi tovarga talab shakllantirilganidan keyin, shu 
strategiyani amalga oshirishga doir amaliy choralarning butun zanjirini 
batafsil ishlab chiqish kerak.
Korxona strategiyasi quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi: 

bozorga qanday tovarni, qanday assortimentda va qanday 
baholar bilan kiritish;

tovar qanday iste’molchilarga mo‘ljallangan va keyinchalik 
unga qanday potensial iste’molchilarni jalb qilish mumkin;

tovarlarni rejalashtirilgan miqdorda sotish uchun qanday 
shart-sharoitlar kerak; 

tovarlarni yetkazib berish ishi qanday kanallar orqali va 
qanday hajmlarda tashkil etiladi; 


224 

talabga ta’sir ko‘rsatish va sotuvni rag‘batlantirish uchun 
qanday vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq keladi; 

bozor qatnashchilari qanday iqtisodiy natijalarni kutishadi 
buning uchun qanday sarf-xarajatlar qilish kerak. 
Shunday qilib, kichik biznes korxonalarida tovarni marketing 
operatsiylari predmeti, ya’ni ayirboshlash mahsuloti deb qaraladigan 
bo‘lsa, uning asosiy xossalari iste’molchini mumkin qadar ko‘proq 
qondiradigan, shunda ham iste’molchi kutganidek emas, balki bundan 
ham oshirib qondiradigan bo‘lishi kerak. Bozorda vaziyat tez o‘zgarib 
turadigan hozirgi sharoitlarda uzoq muddatga mo‘ljallangan marketing 
yechimlari ustun turadi. Ular bozorga har tomonlama yondashish zarur-
ligidan va bunda kichik biznes korxonalari faoliyatida turli marketing 
strategiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqadi.

Download 17,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish