Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/68
Sana28.02.2022
Hajmi2,72 Mb.
#473881
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68
Bog'liq
tolali materiallarni kimyoviy pardozlash texnologiyasi

osmotik bosim
ortadi, 
natijada tolaning diametri kattalashib o„zi kirishadi, ikkilamchi devori qalinlashadi, 
ichki kanali kichiklashadi, tola tekislanadi. Bu o„zgarishlarga bir qator omillar – 
ishqor konsentratsiyasi, ishlov berish harorati, pardozlashga tayyorlash sharoiti 
ta‟sir qiladi.
Merserlash jarayonida tolaga berilgan mexanik ta‟sir (tortilgan yoki 
tortilmagan) natijasida tola geometriyasining o„zgarishi uni yaltiroqligiga yoki 
elastiklikka ega bo„lishiga sabab bo„ladi. Agar merserlash tortilgan holda olib 
borilsa, u holda tola uzunasiga kirishmaydi, aksincha bo„kadi, aylanib silindr 
holatga keladi. Bunday silindr tuzilishga ega bo„lgan tola silliq yuzali mato yoki 
trikotaj hosil qiladi. Silliq yuzaga ega bo„lgan mato yoki trikotaj tushayotgan nurni 
to„laroq qaytarganligi sababli ular yaltiroq bo„lib ko„rinadi. Merserlanmagan mato 
yoki trikotaj tolalari yassi tuzilishli bo„lib, unga tushayotgan nur ko„proq tarqaladi 
va u xira tusli bo„lib ko„rinadi. Agar merserlash tortilmagan holda olib borilsa, 
tola, bobina, mato, trikotaj yaxshigina kirishadi va ular elastik xossaga ega bo„lib 
qoladi.
Merserlash tola va matoning fizik-mexanik xossasini o„zgarishiga olib 
keladi. Mato tortib merserlanganda merserlash jihozida matoning eni va uzunligini 
boshqrish orqali uning chizig„li o„lchamlari stabillashadi. O„lchamlarini 
stabillashuvi mato elementar tolalaridagi kuchlanishni olinishi hisobiga amalga 
oshiriladi. Elementar tolalardagi kuchlanishini olinishi esa tolani bo„kishida 
mavjud vodorod bog„larni uzilishi, yangilarini hosil bo„lishi, ishqoriy sellyulozani 
gidratsellyulozaga o„tishida (matoni ishqordan yuvish bosqichida) sellyulozani 
qayta kristallanish natijasida amalga oshadi.
Merserlash jarayoni zanjirli va zanjirsiz jihozlar: Bentler (Shveytsiya), 
Tekstima (Germaniya) da Rossiyaning ЛМЗ-140-1 uzluksiz liniyalarida (36-
rasm)olib boriladi. Zanjirli jihozlar xom, qaynatilgan va oqartirilgan matolarga 
ishlov berish uchun mo„ljallangan. Texnologiyasi: Mato 225-300 g/l li ishqor 
eritmasiga (15-18
0
C) shimdiriladi. 170% gacha siqiladi va ma‟lum vaqt 
stabillovchi silindrlardan o„tadi. So„ngra mato zanjirli uchastkaga uzatiladi, bu 


146 
yerda eni kengaytiriladi, suv sachratkichlar yordamida birlamchi yuviladi, siqiladi 
va 2 ta ishqorsizlantirish vannasidan o„tadi. Bu yerda matoga issiq suv, bug„ va 
sulfat kislota (3-10 g/l) bilan ishlov beriladi va 5 ta vannada yuviladi. 95-100 % - 
gacha siqiladi va quritiladi. Bu texnologiya bo„yicha 1 ta polotnoga 80 m/daq 
tezlikda ishlov beriladi. 
36-rasm. ЛМЗ-140-1. Zanjirli merserlash tizimi. 1. Mato yo„naltiruvchi 
mashina, 2. Turg„unlovchi silindrlar, 3. Uch valli shimdirish mashinasi, 4. Zanjirli 
merserlash mashinasi, 5. O„rtacha siqish moslamasi, 6. Yuvish vannalari, 7. 
SHimdirish vannalari, 8. Etiltirgich, 9. Uch valli siqish moslamasi, 10. Barabanli 
quritish mashinasi, 11. O„rovchi mashina. 
Zanjirsiz jihozlarda yupqa matolar merserlanadi. Bu jihoz (37-rasm) uzatish 
moslamasi, ishqoriy va yuvish korobkalari, ishqorsizlantirish bo„limi, neytrallash 
zonalaridan iborat. Ishqoriy va yuvish korobkalaridagi pastki vallar po„latdan-
harakatlantiruvchan, yuqoridagilari rezina o„ralgan va ular pastki vallar ustida ozod 
holda turadi. Polotno soni 2-4 ta tezlik-50 m/daq.


147 
37-rasm. Zanjirsiz merserlashjihozi. 
Merserlangan materiallarni sorbsion xossasini ortishi natijasida, uni 
bo„yashga merserlanmagan materialni bo„yashga nisbatan 12-25 % kam miqdorda 
bo„yovchi modda talab qilinadi.
Shuningdek ip gazlamalarni merserlash uchun «Kioto» firmasining zanjirli 
va «Beninger» firmasining valli merserlash tizimlari ham qo„llaniladi. Yoyiq 
holdagi trikotaj mahsulotlarini merserlash «Beninger» firmasining «Dimenza» 
uzluksiz ishlaydigan jihozlarida amalga oshiriladi.
Nazorat savollari: 
1.
Merserlash jarayonining mohiyati nimadan iborat? 
2.
Merserlash jarayoni qanday sharoitda olib boriladi? 
3.
Merserlangan gazlamalar qanday xossalarga ega bo‟ladi? 
4.
Merserlash vaqtida sodir bo‟ladigan jarayonlar? 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish