jgutiki,kombinirlangan jgutiklar,
y
etilmagan va maydalangan urug„,tola va
puxli
kojitsa
) bo„lib, ular tolani yigirish jarayonini qiyinlashtiradi. Ba‟zi nuqsonlar
yigirish jarayonidan o„tib, kimyoviy jarayonlargacha yetib keladi. Bu esa o„z
navbatida kimyoviy jarayondan oldin olib boriladigan qayta o„rash jarayoniga
ta‟sir etadi, ya‟ni ipning uzilish sonini ko„paytiradi, nuqsonlarni matoga o„tishi esa,
nuqsonli mato hosil bo„lishiga olib keladi. Yuqorida keltirilgan nuqsonlardan
yetilmagan va maydalangan urug„, tola va puxli kojitsalar paxta tolasini dastlabki
tozalash va yigirish jarayonlaridan o„tib, to mato to„qilguncha yetib keladi va ip
yoki mato yuzasida qora dog„larni hosil qiladi.
Qayta o„rash jarayonida ip massasini yo„qolish miqdori quyidagi formula
orqali hisoblandi:
U
m
=
100
*
100
4
3
2
1
G
g
L
n
l
К
l
l
l
(1)
Bu erda:
l
1
- pachatkadagi ipni jihozga zapravkalash oldidan sarf
bo„ladigan ip miqdori, m – 1,5
l
2
- pachatkani almashtirishda iplarni ulash uchun bobinadan
echib olinadigan ip miqdori, m – 0,75
l
3
- uzilgan ipni ulash, ipni bo„sh joylari va sletlarniolib
tashlash maqsadida pochatka va bobinadan echib olinadigan
ip miqdori, m – 1,75
165
K- bitta pochatkaga to„g` ri keladigan ipni uzilish miqdori:
L
r
К
6
10
Bu erda:
r – ipni 1 mln m. uzunligiga to„g‟ri keladigan uzilishlar
soni – 50-120
L- pochatkadagi ipni uzunligi, m
текс
T
G
L
6
10
l
4
- yigirish va burama berish jihozlarida pochatkaga ipni
yomon o„ralishi natijasida ishlanmay qolgan ipning
o„rtacha uzunligi, m – 10
n- oxirigacha ishlanmagan pochatkalar soni, % - 10
g- nazorat olib borilgan vaqtda hosil bo„lgan pux va chang
massasi, kg
G-nazorat olib borilgan vaqtda qayta o„ralgan ip massasi, kg
Iplar kimyoviy jarayondan oldin MM 150-2 jihozida teshikchali silindrga
qayta o„raladi. So„ng silindrga o„ralgan ip silindr tashuvchiga joylashtiriladi va
kimyoviy ishlov berish qozoniga joylashtiriladi. Kimyoviy ishlov berish qozonida
ip qaynatiladi, oqartiriladi (ko„p xollarda qaynatish - oqartirish jarayonlari
birgalikda olib boriladi) va rangli iplar talab qilinganda bo„yaladi.
Bobinani qaynatish - oqartirish uchun DILMENLER firmasining uzlukli
ishlaydigan qozonlari (53-rasm), ishlov berilgan bobinalarni suvsizlantirish uchun
sentrifuga, quritish jihozlari (55-rasm) ishlatiladi. Bobinani merseralsh jarayoni
jgut yoki bobina xolatda olib boriladi. Bobinani jgut yoki bobina xolatda
merserlash vallari gorizontal joylashtirilgan Germaniyaning «Tekstima» yoki
vallari vertikal joylashtirilgan Italiyaning «Mekanotessile» jihozlarda ham olib
boriladi (54-rasm).
166
53-rasm. Bobinani pardozlashga tayyorlash (bo„yash) DMS 04 HTjihozi.
54-rasm Bobinani merserlash jihozi.
Ipni oqartirish 1:10 modulda 100
0
C haroratda 60-70 min davomida olib
boriladi. Oqartirish eritmasi vodorod peroksid, SAM, ishqor va natriy silikat (yoki
natriy metasilikat) dan tarkib topgan. Oqartirish jarayoni tugagach eritma
qozondan to„kib yuboriladi keyin issiq va sovuq suv bilan yuviladi.
Kimyoviy ishlov berish jarayoni tugagach qozondan silindr tashuvchi
chiqarib olinadi va silindrlar sentrifugada markazdan qochma kuch tasirida
suvsizlantiriladi.
167
So„ng silindrlar quritish uchun quritish shkafiga joylashtiriladi. Quritilgan
iplar yana teshikchali silindrdan konuslarga qayta o„raladi va to„qish sexiga
uzatiladi. «Dilmenler» firmaning jihozlarida kimyoviy ishlov berilgan bobinalarni
suvsizlantirish, quritish jarayonlari bitta qurilmada amalga oshiriladi.
55-rasm. Bobinalarni quritish
KABINELLI jihozi
56-rasm.
Bobinani
suvsizlantirish-
quritish DMS 14 HT jihozi
Ishlab chiqarish sharoitida iplarni amaliy sarfi ko„p xollarda nazariy sarf
miqdoridan ko„p bo„ladi. Ipning nazariy va amaliy sarf miqdorini o„zaro farq
qilishiga sabab: ishchilarni ipni qayta o„rash jihozigajoylashtirish, uzilgan iplarni
ulash, ip nuqsonlarini ajratish jarayonlarida ipni ko„p sarf qilishlari, oxirigacha
ishlanmagan pochatkalar sonini normadan ko„p hosil bo„lishi, metall silindrlarni
bo„yash apparatiga joylashtirish vaqtida silindrdagi bobinaning ko„p qismini
kesilib ketishidir.
Qayta o„ralgan iplarni oqartirish va bo„yash jarayonlari korxonada tasdiqlangan
texnologiya bo„yicha olib borilishi talab qilinadi. Kimyoviy ishlov berish
jarayonida xam ip massasi ma‟lum miqdorda yo„qoladi.
Ip maxsulotlariga kimyoviy ishlov berish jarayonida paxta tolasi tarkibidan
tabiiy qo„shimcha moddalar eritmaga chiqib ketadi. Pishgan paxta tolasining
o„rtacha tarkibi quyidagicha: %:
Sellyuloza
– 94,0
168
Mumsimon moddalar
– 0,6
Organik kislotalar
– 0,8
Pektin moddalar
– 0,9
Azotli moddalar
– 1,3
Kul moddalar
– 1,2
Qand
– 0,3
O„rganilmagan qismi
– 0,9
Oqartirish va bo„yash eritmalari tarkibidagi ishqor, sirt aktiv modda, silikat
natriy va vodorod peroksid moddalari ta‟sirida tola tarkibidagi mumsimon
moddalar emulgirlanib emulsiya holatida eritmaga o„tadi. Azot tutgan moddalar
gidrolizlanadilar va gidroliz maxsulotlari suvda eruvchanligi tufayli yuvish
jarayonida ip tarkibidan chiqib ketadilar. Tarkibida karboksil guruhi bo„lgan
moddalar esa tuzga aylanib suvda eruvchan xolatga o„tadilar. Etilgan paxta
tolasidan tayorlangan maxsulotlar kimyoviy ishlovlardan so„ng 5-6 % massasini
yo„qotishi lozim. Lekin ishlab chiqarish sharoitda massaning yo„qolishi ipni naviga
qarab ko„p bo„lishi mumkin. Bunga sabab iplar turli tip va navdagi paxta tolasidan
tayyorlanganshidir. Ip tarkibida ko„p miqdorda lignin (chanoq, ko„sak, barg, poya
va chigit bo„lakchalari) bo„lsa, u ishqoriy ishlov jarayonida toladan chiqib ketadi.
Undan tashqari ipning ko„p qismini etilmagan paxta tashkil etsa, bu o„z-o„zidan
massani ko„p miqdorda kamayishiga sabab bo„ladi. Etilmagan paxta tolasida
sellyuloza 80% gacha kamayib ketishi mumkin. Ip turli nav va tipdagi xom
ashyodan tayyorlanganligi sababli kimyoviy ishlovlardan so„ng ipning chiziqli
zichligi (teksi) uzinligi bo„yicha har xil qiymatlarga ega bo„lishi mumkin.
Bo„yalgan va oqartirilgan iplar mato to„qish fabrikasiga borishdan oldin
yana qayta o„rash jarayonidan o„tadi (teshikli metall silindrlardan konuslarga
o„raladi). Qayta o„rash jarayonida ip miqdorini yo„qolishi yuqoridagi formula
orqali hisoblanadi. Odatda ipni qayta o„rashda nazariy 0,024-0,15 %, amalda esa
1,3-3,0% ni tashkil etishi mumkin.
169
Agar ip sifatsiz xom ashyodan tayyorlangan bo„lsa, ipga ishqoriy ishlov berish
jarayonida uning fizik-mexanik ko„rsatkichlarini pasayadi, chala yuvilgan iplarni
quritish jarayonida uning tarkibidagi ishqor konsentratsiyasi ortadi va bu ham
ipning fizik-mexanik ko„rsatkichlarini pasayishiga sabab bo„ladi, natijada ipni
qayta o„rash jarayonida ipning yo„qolishi nazariy maiqdordan amaliyda ko„p
bo„ladi.
Qayta o„rash jarayonida ip massasini kamayish darajasini pasaytirish uchun
quyidagilarga amal qilish tapvsiya etiladi:
1.
Ipni etilgan paxta navlaridan tayyorlash.
2.
Ipni bir-biriga yaqin bo„lgan xarakteristikadagi xom ashyolardan tayyorlash.
3.
Turli tip va navdagi xom ashyodan tayyorlangan iplar uchun kimyoviy
jarayonda ip massasini kamayish miqdorlarini normativlashtirish.
4.
Yigirish va qayta o„rash sexidagi ishchilar kvalifikatsiyasini oshirish (ugarga
chiqadigan ip normalarini saqlash, pachatka va silindrga ipni o„rashda texnologik
normalarga rioya qilish).
5.
Kimyoviy ishlov berish jarayonida yuvish jarayonini to„liq borishiga rioya
qilish (ipni quritishdan oldin ishqoriy reaksiyaga tekshirish).
6.
Kimyoviy jarayonlarda qo„llaniladigan teshikli metall silindrlarni plastmassali
silindrlarga almashtirish.
7.
Kimyoviy ishlov berishda silindrlarni sterjenlarga joylashtirishda ipni kesilib
ketishiga yo„l qo„ymaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |