Trikotaj polotnolarini uzlukli usulda pardozlash.
Trikotajni kimyoviy
pardozlash korxonalarida quyidagi mexanik jarayonlaramalgaoshiriladi: polotno
rulonini ochish va tegshili partiyalar hosil qilish uchun ularni bir-biriga tikish,
aylana ko„rinishda to„qilgan polotnolrni teskarisigao„girish, suvsizlantirish,
quritish, kalandrlash, tuk chiqarish, paxmoqlash, stabillash, en berish, sifat nazorat.
Polotno rulonini ochish va tegshili partiyalar hosil qilish uchun ularni bir-
biriga tikish
. Korxonaga keltirilgan trikotaj polotno partiyasining 15% - i sifat
nazoratidan o„tazilib, olingan natija shu partiyaning barcha hajmiga taalluqli deb
hisoblanadi. Sifat nazoratidan o„tgan partiyadagi rulonlar rulon ochish mashinasida
ochilib (42-rasm), aravalarga taxlanadi.
155
42-rasm. Rulon ochish jihozi.
Taxlash jarayonida tegishli partiyaga ishlov berish ketma-ketligi bo„yicha
yangi partiyalar tashkil etiladi. Bu partiyaga tegishli bo„lgan polotno bo„laklari
ishlov berish jihozining hajmiga mos ravishda kerakli og„irlikka ega bo„ladigan
miqdorda bir-biriga tikiladi. Polotno bo„laklari tikuv mashinasida yaxlit bitta lenta
ko„rinishda tikiladi. Polotno bo„laklarini tikishda ularni o„ngi va teskarisiga
alohida ahamiyat beriladi. Bir partiyadagi barcha bo„laklar bir taraflama tikilgan
bo„lishi kerak. Tikish jarayonida chokni bir tekis bo„lishi, polotnoda eni bo„yicha
chokga buralib kirgan joylarini bo„lmasligi talab qilinadi, chok eni 1,5 sm dan
oshmasligi lozim. Rulon ochish mashinasi uzluksiz usulda ishlaydi.
Aylana ko‘rinishda to‘qilgan polotnolrni teskarisiga o‘girish
. Ayrim
assortimentdagi trikotaj polotnolariga kimyoviy ishlov berish uchun korxonaga
keltirilgan aylana ko„rinishdagi polotno kimyoviy ishlov berishdan oldin
tekskarisiga o„giriladi. Bularga yuzasi paxmoqlangan yoki tolalari polotno
yuzasiga chiqarilgan (velyur) assortimentlar tegishli. Polotnoni teskarisiga
ag„darish jihozlari (43-rasm) ma‟lum miqdordagi polotnoga ishlov berishga
mo„ljallangan, bu jihoz uzlukli usulda ishlashga mo„ljallangan.
156
43-rasm. Polotnoni teskarisiga ag„darish jihozi.
Suvsizlantirish
. Bu jarayonni siqish jarayoni deb ham yuritish mumkin.
Trikotaj polotnosiga oqartirish-bo„yash jihozida kimyoviy ishlov berilgandan
so„ng, u qozondan jgut ko„rinishda tagida teshikchalari bo„lgan aravalarga olinadi.
Ishlov berilgan polotnoni aylana yoki yoyiq holatiga va keyingi ishlov berish
jarayonlariga bog„liq ravishda polotnoni suvsizlantirish uchun aylana ko„rinishda
siqish (ballon siqma), sentrifuga, nam jgutni ochish, bo„ylamasiga kesish jihozlari
qo„llaniladi.
Aylana ko„rinishda ishlov berilgan va keyingi jarayonlardan ham aylana
ko„rinishda
o„tadigan
assortimentlar
ballon
siqma
jihozida
(44-rasm)
suvsizlantirilib, talab etilgan en bo„yicha tekislanib aravalarga «kitob» ko„rinishda
taxlanadi. Ballon siqma jihozi uzluksiz usulda ishlaydi.
44-rasm. Aylana ko„rinishda to„qilgan polotnoni suvsizlantirish-siqish
jihozi.
157
Yoyiq ko„rinishda ishlov beriladigan assortimentlar aravalarda ma‟lum vaqt
saqlanib, keyin jgut ochish jihozida (45-rasm) yoyiq holatda silliq qilib boshqa
aravalarga taxlanadi. Jgut ochish jihozi uzluksiz usulda ishlydi.
45-rasm. Jgutochishjihozi.
Aylanako„rinishdakimyoviyishlovberilgan,
keyingijarayonlardanyoyiqholatdao„tadiganassortimentdagipolotnoqozondanchiqar
ibolingandaaylanako„rinishdagitagidag„ildiragiborbo„lganaravalargachiqaribolinad
i. Bu aravadan jgut holidagi polotno bo„ylamasiga kesish jihozidan o„tkaziladi (46-
rasm). Bu jihozda bir vaqtning o„zida ham polotno bo„ylamasiga kesiladi, ham
suvsizlanadi. Eni ochilishga mo„ljallangan polotnoni to„qish jarayonida
bo„ylamasiga bitta ip tashlab ketilishi hisobiga polotnoni uzunasi bo„yicha kesish
chizig„i hosil bo„ladi.
46-rasm. Aylana ko„rinishda to„qilgan polotnoni bo„ylamasiga kesish jihozi.
158
Polotno jihozdan o„tishi davrida datchik shu ip qolgan hududni belgilab
kesish pichog„iga to„g„rilab beradi, natijada polotno uzunasi bo„yicha bir tekis
kesiladi. Tagi g„ildirakli aylana ko„rinishdagi arava doimiy ravishda kerakli tarafga
aylanib polotnoni jihozga tekissh uzatilishini ta‟minlaydi. Bo„ylamasiga kesish
jihozi uzluksiz usulda ishlaydi.
Yuzasiga tolachalari chiqarilgan (velyur) assortimentidagi polotno
assortimentlari
qaynatish-oqartirish
jarayonidan
keyin
sentrifugada
suvsizlantiriladi (47-rasm). Bunda yaxlit lenta ko„rinishda tikilgan partiya yana
qaytadan choklari ochilib alohida bo„laklarga ajratiladi.
47-rasm. Sentrifuga – polotnoni suvsizlantirish jihozi.
Sentirifugaga bir marotaba suvsizlantirish uchun bir xil rangdagi polotno
yuklatiladi. Suvsizlantirish uchun to„q ranglarda bo„yalgan polotnolarga ishlov
berilgandan so„ng och rangli yoki oq polotno suvsizlantirilsa sentrifuga to„ri
albatta yaxshilab yuviladi. Velyur assortimentini sentrifugada suvsizlantirish
keyingi tolachalarni kesish jarayonini osonlashtiradi. Sentrifuga uzlukli tarzda
ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |