16 -MA’RUZA
Juntolaassortimentlari
Reja:
1.
Jun tolali mahsulotlarini pardozlashga tayyorlash jarayoni turlari va ularning
vazifalari
2.
Jun matolarni tig„izlash va yuvish.
3.
Jun matolarni karbonlash va paxmoqlash.
4.
Kamvol matolarni pardozlashga tayyorlash
Jun matolari turli ko„rinishdagi matolarning qimmat turiga ta‟luqli bo„lgan
matolar guruhiga kiradi. Jun matolar chiroyli, pishiq, ko„rinishini yo„qotmaydigan,
yuqori darajada issiqlik tutish xususiyatiga ega bo„lib, undan qishlik kiyimlari
ishlab chiqariladi.
Jun matolar boshqa matolarga nisbatan ancha ilgari ishlab siqarila
boshlangan. Jun matosining ayrim xossalari o„zaro nomutanosibdir, ya‟ni jun suvni
o„zidan itaradi, lekin boshqa matolarga nisbatan namlikni o„ziga yaxshi singdiradi.
Jun matosi qishda issiq tutadi, shu bilan birga yozda salqinlik baxsh etadi, o„zi
havo o„tkazadi, va tananing nafas olishiga yordam beradi. SHu bilan birga
matodagi bo„shliqlar termos vazifasini o„taydi, issiq va sovuqdan himoya qiladi.
175
Jun inson terini o„ziga tortdi va tana yuzasidan o„ziga singdiradi. Jun tana
namligini kiyimning ichki tarafiga sorblab oladi va u erdan namlik havoga uchib
ketadi.
Jun matolar assortimenti. Jun matolar tolaviy tarkibiga ko„ra quyidagicha
sinflanadi:
- sof jun mato – 95% jun toladan tashkil topgan;
- jun mato – tarkibida 70% dan kam bo„lmagan miqdorda jun tolasi bo„lgan
matolar;
- yarim jun mato - tarkibida 20% dan kam bo„lmagan jun tolasi bo„lgan
matolar. Qo„llanadigan xom ashyo turi, bobina olish usuli va junmatoni pardozlash
texnologiyasi bo„yicha ular kamvol (gerebenli) va suknoli-movut (yupqa va qalin)
turlarda bo„ladi.
Kamvol matolar yuzasida to„qima rasmi yaxshi ko„rinadi, ularning asosiy
qismini kostyumli (jun va yarim junli matolar) va ko„ylakli matolar tashkil etadi.
Yupqa movut matolar: jun tolali va yarim junli draplar; ko„ylakli: jun va
yarim junli, odeyalo va mebelbop matolar. Qalin movut matolar: junli, yarim junli
movut, qalin movut odeyalo, oyoq kiyim va maxsus matolar.
Ishlatilish sohasi bo„yicha jun matolar maishiy (kostyumli, ko„ylakli, paltoli)
va maxsus (texnik, mebel, oyoq-kiyim va boshqalar) turlarda bo„ladi. Bularning
har birining tarkibiga junli va yarim junli matolar kiradi, asosiy qismini yarim
junli matolar tashkil etadi. Maishiy matolar ishlab chiqarishda tolalar aralashmasi
tarkibiga ko„pincha poliefir, poliakrilonitril, poliamid va viskoza tolalari
qo„shiladi. Kastyumbop matolar asosan jun va PE dan, ko„ylakli va paltoli
matolarni 60 va 40 % ni esa nitron tolasidan qo„shib tayyorlanadi. Kimyoviy
iolalarni boshqa turlari maxsus matolar va mebal, xamda texnik matolarni
tayyorlash uchun qo„llaniladi. Tarkibida 40-50% lavsan tutgan aralash tolali
matolarning pillinglanishi keskin kamayadi. Bunday matolar engil bo„lib, sof jun
matoga nisbatan ishqalanishga bardoshli bo„ladi.
176
Jun matolarning yuza zichligi GOST bo„yicha quyidagicha bo„ladi, g/m
2
:
Kostyumbop matolar
- kamvol
210
- kamvol-moaut 340
- yupqa movut 380
Kuylakbop matolar
- kamvol 190
- kamvol-movut 500
- yupqa movut 500
Paltobop matolar
- kamvol
380
- kamvol-movut 450
-yupqa movut 300
- flanel 300
Jun matolarga ho„l ishlov berish jarayonlaridan so„ng mato kirishadi. Ho„l
ishlov berilgandan keyin arqoq va tanda uzunlik o„lchovlari bo„yicha 3,5% dan
ko„p bo„lmasa, ular kam kirishaditgan matolar hisoblanadi. Ho„l ishlovlardan keyin
arqoq uzunligi bo„yicha 5,0% va tanda uzunlik o„lchovi 4,0% dan ko„p
o„zgarmagan mato kirishadigan mato hisoblanadi. Tayyor sof jun matosining
namligi 13% ga teng bo„lishi me‟yorlangan.
To„quv stanogidan olingan mato xom mato deb yuritiladi. Xom mato qattiq,
turli chiqindilar bilan ifloslangan, suvda ho„llanmaydigan xolda bo„ladi. Xom mato
yuza zichligi, eni, og„irligi va bo„laklarning o„lchami bilan tayyor matoga
o„xshaydi. Asosan estetik jihatdan talabga javob bermaganligi sababli xom mato
kimyoviy pardozlash jarayonlaridan o„tkaziladi.
Pardozlash jarayonida oldin mato barcha chiqindilardan tozalanadi, so„ngra
bo„yaladi yoki rangsizlantiriladi, gul bosiladi, eng oxiri talabgor talabi bo„yicha
turli yakuniy pardoz berish jarayonlaridan o„tkaziladi. Bo„yashgacha bo„lgan
jarayonlar bitta qilib bo„yashga tayyorlash jarayoni deb yuritiladi.
To„quv bo„limidan chiqgan mato xom mato qabul qilish bo„limiga
texnologik pasport bilan birgalikda qabul qilinadi. Xom mato texnologik
pasportida xar bir bo„lak matoni xarakterlaydigan ma‟lumotlar (bo„lak raqami,
artikul, matoni to„qishda ishlatilgan bobina turi, uzunligi, og„irligi, to„quv
bo„limida aniqlangan nuqsonlar, mato navi, oxor va emulsiya turi, tig„izlash
jarayonida
matoni
kirishish
darajasi)
keltiriladi.
Yuqorida
keltirilgan
ma‟lumotlardan tayyor mato xolida xam o„zgarmaydiganlari matoning o„ziga
177
yozib o„qyiladi. Mato bo„dagining bir boshiga bo„lak raqami yozilsa, ikkinchi
boshiga artikul raqami va partiyasi yoziladi.
Xom matoni qabul qilish bo„limida sifat nazorat o„tkazilib, pardozlash uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |