Merserlangan matoni bo‘yaluvchanligini tekshirish.
Tortib merserlangan va
bo„sh holatda merserlangan, hamda xom mato namunalariga tarkibida 1g/l bevosita
havo rang bo„yovchi modda bo„lgan bo„yash eritmasida ishlov beriladi. Namunalar
sovuq bo„yash eritmasiga solinadi, so„ngra eritma 5-10 min davomida isitiladi,
171
so„ngra namunalar yuviladi. Ishlov berilgan namunalarning rang intensivliklari
o„lchanadi va taqqoslanadi.
Fizik-mexanik xossalari.
Xar bir pardozlash jarayonidan o„tgan matodan namuna
olinib korxona laboratoriyasida uning uzilishga bo„lgan mustahkamligi (N) va
uzilishdagi cho„zilishi (%) mahsus qurilmalarda o„lchanadi. Ипларнинг
мустахкамлик хусусиятини «Stalimat C»,«AUTOGRAPH AGS-H» жихозида
ГОСТ 6611.2-73 бўйича аниқланди.
«Stalimat C» жихози тўқимачилик иплари, калава ва бошқаларнинг
узилишдаги мустахкамлигини текшириш учун қўлланилади. Ушбу қурилма
DIN 51 221, DIN 53 834, ISO 2062 стандартига биноан доимий деформация
тезлиги принципи бўйича ишлайдиган автоматик қурилма хисоблонади.
Оғирлик кучи: ~ 100 Н; Чўзилувчанлиги: 0,1-800 %.
«AUTOGRAPH AGS-H» жихози тўқимачилик иплари, калава ва бошқа
турдаги толаларнинг узилишдаги мустахкамлигини текшириш учун
қўлланилади. Бу жихоз махсус компютер программаси ѐрдамида ишлайди.
Унда қуйидаги маълумотлар намоѐн бўлади: узилишдаги мустахкамлик, Н;
узилишдаги чўзилувчанлик, %.
Matoning fizik-mexanik ko„rsatkichlari tegishli xujjatlarda keltirilgan
qiymatlarga mos kelishi shart, mos kelmasligi texnologik jarayonni buzilganligi
yoki ishlov berilayotgan eritma tarkibini talab qilingan tarkib mos kelmasligida
vujudga kelishi mumkin.
Matoni pardozlashga tayyorlash jarayonida vujudga keladigan nuqsonlar:
Tuk kuydirishda:
1.
CHala va notekis kuydirilgan.
2.
Xar xil ziyli kuydirish.
3.
O„ta kuydirish.
Oxorsizlashtirishda:
1.
CHala oxorsizlashtirish.
172
2.
Matoni bshashib qolishi (tuzalmaydi), bu nuqsonlar mato ko„p vaqt
saqlanganda va matoni qurib qolishi natijasida vujudga keladi.
Qaynatish:
1.
Notekis qaynatish.
2.
Sovunli dog„lar - matodagi Ca
2+
va Mg
2+
tuzlari cho„kmasi.
3.
Zangli dog„lar.
4.
Qo„ng„ir dog„lar.
5.
Matoni bo„shashi.
Oqartirish
1.
Matoni cho„zilishi
2.
CHala oqartirilganlik
3.
Oqlik darajasini va kapillyarligini pastligi.
4.
Sovunli dog„lar
5.
Matoni bo„shashishi
6.
Oqlikni muqim emasligi
7.
Matoni mahalliy bo„shashishi.
Merserlash:
1.
Etarlicha bo„lmagan yaltiroqlik
2.
Ziylarda zanglarni paydo bo„lishi
3.
Ziylarni yirtilishi
4.
Mato enini notekisligi.
Bu nuqsonlar texnologik parametrlarga rioya qilmaslik va jihozni nosoz ishlashi
natijasida vujudga keladi. Nuqsonlar qaytar va qaytmas bo„lishi mumkin. Qaytmas
nuqsonli matolar gruntli gul bosishga, o„yinchoq fabrikasiga jo„natilishi mumkin
yoki tayyor mato massada yoki lahtak ko„rinishda sotuvga chiqarishga
mo„ljallanadi.
Mato sifati to„liq, tanlab na nazorat bo„yichat ekshiriladi. Tashqi ko„rinishi,
qadog„i va tamg„asini normativ-texnik xujjatlarga mos kelishi to„liq 100%
tekshiriladi. Tanlab tekshirish faqat standart, texnik shart yoki tegishli
shartnomaga asosan o„tkaziladi. Sifatni nazorat tekshirish savdo tashkilotlari
173
tomonidan to„qimachilik korxonalarida o„tkaziladi. Bunday hollarda bozor uchun
tayyorlangan matoning kamida 10%-i nazoratdan o„tkaziladi.
Nazoratdan o„tgan matoda nuqsonlar ip, to„qima va pardoz bo„yicha turlarga
ajratiladi. Ipdagi nuqsonlar tolani yigirish, unga burama berish, ip olish uchun
tolalar aralashmasini noto„g„ri tayyorlash, yaxshilab taramaslik, pilikni notenks
tortish jarayonlarida vujudga keladi. Bu nuqsonlar matoning sifati tashqi
ko„rinishini yomonlashtiradi, xizmat qilish va yaroqlilik muddatini kamaytiradi.
To„quvchilikdagi nuqsonlar to„quv jihozini noto„g„ri rostlash, ipning sifati past
bo„lganda, ishchilarning xatosi bilan vujudga keladi. Pardozlash bosqichi
nuqsonlari oqartirish, bo„yash, gul bosish, paxmoqlash va yakuniy pardoz berish
texnologik jarayonlarini buzilishida sodir bo„ladi.
Mato tashqi ko„rinishidagi nuqsonlar ikki – xududiy va tarqalgan turlarga
ajratiladi. Xududiy nuqsonlari bu – matoning ayrim joyida hosil bo„lgan dog„lar,
teshiklar, rang tuslarining o„zgargani va boshqalar. Tarqalgan nuqson esa mato
bo„lagi bo„yicha yoyilgan bo„ladi. Xududiy nuqsonlar o„lchami bo„yicha
baholanadi.
O„lchami katta bo„lgan xududiy nuqsonlar (2sm dan katta bo„lgan dog„lar,
teshiklar, choklar, rangn tusini o„zgargan qismlari) mato bo„lagidan to„qimachilik
korxonasida kesib tashlanadi. Bunday nuqsonlar korxonada kesib tashlanmay
bo„lsa, magazinda tekshiruv chig„ida aniqlansa, ular kesiladi va korxonaga
qaytariladi va ularga jarima solinadi. Nuqsonlarni kesib tashlash orqali bir to„pdagi
mato bo„laklari soni standart talablariga mos kelishi shart.
Tegishli xujjatning minimal talablaridan og„ish bo„lgan xollarda mato 2-navli
hisoblanadi. Masalan zig„ir matosi uchun 1-navga tegishli bo„lgan minimal
ko„rsatkichlardan ko„pi bilan quyidagi og„ishlar (%) bo„lganda u 2-navga qabul
qilinadi: eni bo„yicha – 1,5; yuzaviy zichligi bo„yicha – 5,0; 10 sm dagi iplar soni
bo„yicha – 2,0; uzilishga mustahkamligi bo„yicha 5,0.
Tayyor mato 15 – 18°C haroratda havoning nisbiy namligi 60 ± 65% bo„lgan
sharoitda saqlanadi. Harorat va namlikni ortishi matoda mikroorganizmlarni
rivojlanishiga va ular ta‟sirida chirishiga sabab bo„ladi. Ko„pchilik matolar uchun
174
quyidagi ko„rsatkichlarni nazorat qilish majburiy hisoblanadi: tolaviy tarkibi (%),
iplarning chiziqli zichligi (teks), 10 sm dagi asos va arqoq iplarning soni, mato eni
(sm), matoning yuzaviy zichligi (g/m
2
), uzilishdagi mustahkamligi (N), rang
mustahkamligi (ball).
Nazorat savollari:
1.
Qayta o‟rashning qanday asosiy usullarini bilasiz?
2.
Bobinani qaynatish-oqartirish jarayoni qanday sharoitda olib boriladi?
3.
Matoni pardozlashga tayyorlash jarayonida vujudga keladigan nuqsonlar?
4.
Matoning sifati qanday tekshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |