143
Qisqa vaqt ichida 16-20
0
C haroratda 225-300 g/l li ishqor eritmasida
tarang tortilgan holatda ip gazlamalarga ishlov berish, hamda ularni issiq va sovuq
suvda yuvish merserlash jarayoni deyiladi. Ko„pincha (80 %)
ip gazlamalar
merserlanadi va ayrim hollarda paxtadan tayyorlangan materiallar: bobina, trikotaj
va iplar ham merserlanadi. Paxta tolasili aralashmali matolar merserlanganda
sintetik tashkil etuvchisini destruksiyalanishdan saqlaydigan sharoit tanlanadi.
Merserlangan ip gazlama yoki trikotaj yaltiroq, ipak jiloli xususiyatga erishadi,
hamda uning gigroskopligi, pishiqligi va sorbsion xossasi ortadi.
Bunga paxta
tolasining morfologiyasi va nadmoleklyar tuzilishida kechadigan o„zgarishlar
sabab bo„ladi. Merserlash jarayonida tola bo„kadi, uning devorlari qalinlashadi va
tola kanalining diametri kichiklashadi. Natijada paxta tolasi lentasimon shakldan
silindir ko„rinishgacha o„zgaradi.
Ishqor sellyuloza bilan reaksiyaga kirishishida issiqlik ajralib chiqadi,
shuning uchun jarayon 15-20
0
C haroratda olib boriladi. Shu bilan birga yuqori
samaradorli yuqori haroratli mersererlash jarayonlari ham ma‟lum bo„lib, bunday
sharoitda bir vaqtning o„zida qaynatish jarayoni ham bo„lib o„tadi. Konsentrlangan
ishqor bilan paxta
tolasiga ishlov berilganda, uning ko„ndalang kesimi yumaloq
shaklga o„tadi, kanali butunlay yo„qoladi, tola yuzasi silliqlashadi, to„g„irlanadi va
natijada nur tushganda yaltiroqlik paydo bo„ladi va bu merserlangan matoga
xosdir. Merserlashni xom mato, qaynatilgan va oqartrilgan matolarga qo„llash
mumkin. Qaynatilgan matoni merserlash maqsadga muvofiq hisoblanadi,
bunda
ishqor ta‟siri va ishlatilingan ishqorni qayta qo„llash samarali hisoblanadi. Lekin
jarayonni uzluksiz olib borish uchun xom yoki oqartirilgan mato merserlanadi.
Yuqoridagilar bo„yicha merserlash natijasida paxta tolasida qator
o„zgarishlar sodir bo„lishini quyidagicha ajratib ko„rsatish mumkin:
- barcha turdagi reagentlar bo„yicha tolaning reaksion qobiliyati ortadi;
- barcha turdagi sorbentlar (suv, bo„yovchi moda, pardozlashda
qo„llaniladigan moddalar) bo„yicha tolaning sorbsion xususiyati ortadi;
- optik (yaltiroqlik) va fizik-mexanik (chiziqli o„lchami, mustahkamligi,
elastikligi) xossalari o„zgaradi.
144
Ko„rsatib o„tilgan barcha yangi xossalar paxta
tolasi morfologiyasi va
nadmolekulyar o„zgarishi bilan bog„liq. Sellyulozaga konsentrlangan ishqor
eritmasi bilan ishlov berish, keyin uni suv bilan yuvish natijasida sellyuloza asta-
sekin oldin ishqoriy sellyulozaga, keyin esa gidratsellyulozaga aylanib boradi.
Sellyulozadagi bunday o„zgarish uning kimyoviy tarkibiga ta‟sir
etmagan holda
nadmolekulyar tuzilishiga sezilarli darajada ta‟sir etadi. Avvalo bunda sellyulozada
dekristallizatsiya kechadi, ya‟ni uning amorf qismi 10-20 % ga ortadi, sellyuloza I
o„rniga yangi kristall tuzilishli sellyuloza II hosil bo„ladi. Sellyuloza I ni sellyuloza
II ga o„tishida makromolekulaning elementar zvenolari konfiguratsiyasida ham
o„zgarishi kuzatiladi. Sellyuloza I da piran xalqalar bir tekislikda joylashgan
bo„lib, gidroksil guruhlarning aksariyati o„zaro vodorod bog„lar orqali birikkan.
Sellyuloza II da esa piran xalqalar bir-biriga nisbatan 90
0
C da joylashadi, natijada
molekulalaro vodorod bog„lar uzilib, sellyulozaning amorfligi ortadi bu esa paxta
tolasining reaksion va sorbsion qobiliyatini oshishiga sabab bo„ladi.
Merserlanish (GOST 25617-83) darajasi odatda tolaga bariy gidroksidni
sorbsiyasi orqali aniqlanadi. Merserlangan tolaga sorblangan bariy gidroksid
miqdorini merserlanmagan toladagi miqdoriga nisbatini 100 ga ko„paytirilgandagi
qiymati barit soni deyiladi. Barit soni merserlangan bobina uchun 150-160, mato
uchun 120-130 ni tashkil etadi.
Merserlangan tolada yangi fizik-mexanik va optik xossalarini shakllanishida
tolaning konsentrlangan ishqor eritmasida bo„kishi muhim ahamiyatga ega.
Merserlash jarayonida tolaning ishqor bilan to„qnashgan
qismlarining intensiv
bo„kishi kuzatiladi. Bunday bo„kish natijasida etarlicha qovushqoqlikka ega
bo„lgan konsentrlangan ishqor eritmasining tolani asosiy qismlariga kirib borishi
qiyinlashadi. Ayniqsa zich to„qilgan mato strukturasiga qovushqoq eritmani kirib
borishi qiyin kechadi. Bunday holatda zich strukturali matolarda bir tekis
merserlanganlik effektini olish mushkullashadi.
Tolaning amorf va kristall strukturasiga ishqor
molekulasini diffuziyasi
natijasida molekulalararo vodorod bog„lar uziladi. Bu qismlarga suv molekulasi
kirib boradi va ozod bo„lgan gidroksil guruhlar bilan vodorod bog„lanish orqali
145
gidratlanadi. Bunday almashinish jarayonida tola ichida
Do'stlaringiz bilan baham: