38
Mikroorganizmlar ta’siri
.
9 % namlikdagi sellyuloza 75-85 %
nisbiy
havo namligida saqlanganda, u ba‟zi bakteriya va mog„orlovchi zamburug„lar
ta‟sirida parchalanadi. Mikroorganizmlar ta‟sirida oldin oddiy qandlar hosil
bo„lishi bilan boradigan gidroliz jarayon kechadi va bu jarayon to glyukoza hosil
bo„lguncha, keyinchalik bu mahsulotlarni achitqilari hosil bo„lguncha kechadi.
Massani yo„qolishi to 17,5 % gacha yetadi. Mikroorganizmlar ta‟siriga
uchragan
sellyuloza tolasi ishqorlarda eriydigan bo„lib qoladi.
Nazorat savollari:
1.
Paxta va zig„ir tolalaring o„zaro o„xshashligi va farqini tushuntirib bering
2.
Sellyuloza strukturasining o„ziga xosligi nimada?
3.
Sellyulozaga kislota va ishqor qanday ta‟sir qiladi?
4.
Gidrotsellyuloza va gidratsellyuloza nima?
5.
Sellyulozani tanlab oksidlash. Oksitsellyuloza nima?
6.
Fotoliz, fotooksidlash, fotogidroliz nima?
7.
Sellyulozaga mikroorganizmlar qanday ta‟sir qiladi va qanday
sharoitlarda?
4-MA’RUZA
Gidratsellyuloza va asetat tolalarining olinishi va xossalari
Reja:
1.
Viskoza va polinoza tolalarini hosil qilish.
2.
Mis-ammiakli tola.
3.
Gidratsellyuloza tolalarning xossalari.
4.
Bambuk tolalari haqida umumiy ma‟lumotlar.
Sellyulozaning oddiy efirlari. Olinishi va qo‘llanilishi
. Sellyuloza gidroksil
guruhlari bo„yicha har xil xossalar, jumladan oddiy va murakkab efirlar hosil
39
qiladi. O„zining qimmatli xossalari tufayli bu birikmalar quyuqlashtiruvchi
sifatida
gul
bosishda, apretlovchi va yelimlovchi moddalar sifatida, shuningdek ba‟zi
sun‟iy tolalar olishda xom ashyo sifatida keng qo„llaniladi.
Oddiy efirlarni sintez qilishning asosiy usuli bu - ishqoriy sellyulozani
gallogenalkillar va geterotsikllar bilan o„zaro reaksiyasidir. Ular ishqorning
(NaOH) 30-35% - li muhitida 80-120
0
C haroratda olinadi.
Oddiy efirlarning
xossasi efirni polimerlanish darajasiga, eterifikatsiya darajasiga va kiritiladigan
o„rinbosarlarning nisbiy molekulyar massasiga bog„liq. Sellyuloza efirlari suv va
ishqor eritmalarida eruvchan. Yuqori qiymatli efirlar
organik erituvchilarda
eruvchan.
Pardozlash korxonalarida ko„pgina oddiy efirlardan, ya‟ni metil, etil, oksietil
va karboksietil efirlar foydalaniladi.
Metil va etil
sellyuloza ishqoriy sellyulozaga
metil yoki etil xlor ta‟sir ettirish orqali hosil qilinadi.
Cl
nxCH
]
(OH)
O
H
[C
3
n
3
2
7
6
n
x
x
OH
OCH
O
H
C
3
3
2
7
6
)
(
)
(
+nxC
2
H
5
Cl [C
6
H
7
O
2
(OC
2
H
5
)
x
(OH)
3-x
]
n
Sellyuloza efirlarini hosil qilishni sxematik ko„rinishda quyidagicha
ifodalash mumkin:
NaOH
-
nxNaCl
40
=140...200 qiymatga ega bo„lgan metil efir texnik ahamiyatli hisoblanadi.
Bu modda suvda va bir qator organik erituvchilarda eriydi. Ularning suvli
eritmalari rN = 2-12 oralig„ida turg„un va ular quyuqlashtiruvchilar sifatida
qo„llaniladi.
Oksietilsellyuloza
(OES) sellyulozaga etilen oksid ta‟sir ettirib olinadi:
Bu reaksiya bilan bir qatorda oksietilenni sellyulozaga polimerlanishi
reaksiyasi ham borishi mumkin:
OES ning eruvchanligi almashinish darajasiga bog„liq, quyi almashinish
darajali (
=15-25) efirlar ishqorlarning suyultirilgan eritmasida eriydi,
=50
bo„lganlari suvda eriydi.
Ulardan oxorlovchi modda, quyuqlashtiruvchi va
appretlar sifatida foydalaniladi.
Karboksimetilsellyuloza
(KMS) sellyulozaga monoxloruksus kislotasi yoki
uning Na li tuzini NaOH ishtirokida ta‟sir ettirish orqali hosil qilinadi.
C
6
H
7
O
2
(OH)
3
n
+nxClCH
2
COONa+nxNaOH
O
nxH
nxNaCL
2
C
6
H
7
O
2
(OH)
3-x
(OCH
2
COONa)
x
n
Sellyuloza oddiy efirida karboksil guruhning borligi KMS ni yaxshi
eruvchanligini ta‟minlaydi.
=25-30 li NaKMS suvda to„liq eriydi. NaKMS
to„qimachilik
sanoatida oxorlovchi, resorbent va quyuqlashtiruvchi moddalar
sifatida ishlatilinadi. NaKMS neft va qazib olishda, tog„ kimyo sanoatida keng
miqyosda burug„lovchi sifatida qo„llaniladi. Undan qurilishda gul qog„oz va
keramik kafellarni yelimlashda, beton aralashmalarga qo„shishda qo„llaniladi.
NaKMS dan yana tibbiyot va kosmetika sohasida ham keng ko„lamda
foydalaniladi.
Sellyuloza murakkab efirlari. Sellyuloza
murakkab efirlarini olishda
eterifikatsiyalovchi raegent sifatida organik va noorganik kislotalar, ularning
41
angidridlari yoki xlorangidridlaridan foydalaniladi. Barcha murakkab efirlar ichida
eng ko„p ishlab chiqariladigan efirlar bu – nitratlar, ksantogenatlar
va sellyuloza
atsetatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: