Amaliy mashg’ulotlarini tashkil etish bo‘yicha umumiy ko‘rsatma va tavsiyalar:
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda qo‘yidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:
- amaliy mashg‘ulotlarni maqsadini aniq belgilab olish;
-o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg‘otish;
- talabada natijani mustaqil ravishda qo‘lga kiritish imkoniyatini ta’minlash;
- talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash, talablariga mos ravishda taqdimot, turli xil mashqli o’yinlar bilan bajarish
- talabalar bilan ishlash davomida mavzuga oid matn va tavsiya etilgan adabiyotlar, davriy jurnallar, internet materiallari bilan ishlasni о‘z ichiga oladi.
3.2.3. Modulni o’qitish davomida egallanadigan amaliy ko’nikmalar va kompetensiyalar
Modul davomida egallanadigan amaliy ko’nikmalar ro’yhati:
O‘quv amaliyotini o‘tish davrida talabalar quyidagi amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan:
Patologik jarayonlarni modellashtirish tamoyillarini, eksperimental davolash tamoyillarini o'zlashtirish.
Reaktivlik, qarshilik, xromosoma va tug’ma kasalliklar haqida tushuncha xosil qilish.
Ishemiya, tromboz, emboliy va stazning mahalliy va umumiy oqibatlar bilish.
Yallig'lanishni keltirib chiqaradigan asosiy sabablarni va asosiy o'zgarish mexanizmlarini bilish.
Isitma va boshqa gipertermik sharoitlarning o'xshashligi va farqlarini tahlil qilish.
Modda almashinuvi buzilish sabablarini o'zlashtirish. Podagra va qandli diabet o’zgarishlarini tahlillar orqali ko’rsata olish.
Shish etiologiyasini tavsiflash va shishlarning ko’p uchraydigan shakllarini (yallig'lanish, yurak, buyrak, toksik, allergik, kaxeksik) patogenezini tahlil qilish.
Immunitet va allergiyani taqqoslash, ularning o'xshashligi va farqlarini bilish.
Kanserogen omillarni tasniflay olish. Xujayra atipizmi va o’sma tashxisi haqida bilish.
Anemiyani etiologik, patogenetik va sitologik mezonlarga muvofiq tasniflashni bilish. Gemoglobin miqdorini aniqlay olish va qon tahlillariga qarab anemiyani tashxislay olish.
Leykotsitoz va leykopeniyani kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmlari, ortiqcha yoki etishmayotgan leykotsitlar turiga ko’ra tasniflashni bilish. Leykotsitar formulani hisoblash va olingan natijalarni baholay olish.
Yurak etishmovchiligining shakllarini tasniflash. EKGda aritmiyalarning asosiy turlarini va koronar etishmovchilik belgilarini aniqlay olish.
Qonning gaz tarkibini tahlil qila bilish. Nafas olishning patologik turlarini nafas olish ekskursiyalarining xususiyatlariga ko’ra farqlash.
Oshqozon va ichaklarning sekretor funktsiyasini tavsiflovchi ko'rsatkichlardan foydalanib, turli xil patologik shakllarda ovqat hazm qilish jarayonlari buzilishlarini farqlash.
Qon, siydik, najas va ba'zi qo'shimcha biokimyoviy taxlillarda sariqlik turlarini farqlay olish.
Buyrak siydik xosil qilish funktsiyasi buzilishining asosiy shakllarini bilish va ularning sabablarini tavsiflash.
Hipofiz va buyrak usti bezlarining funktsiyasi buzilishidagi asosiy patologik jarayonlarni namoyon bo’lishining asosiy belgilarini tavsiflash.
Yuqori asab faoliyati va nevrozlardagi lokomotiv, hissiy, avtonom va trofik funktsiyalarning buzilishlarini to’liq o’zlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |