O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI URGANCH FILIALI
PATOMORFOLOGIYA KAFEDRASI
"TASDIQLAYMAN"
Toshkent tibbiyot akademiyasi
filiali o‘quv ishlari bo‘yicha
direktor o‘rinbosari
______________B.S.Yuldashev
"_____" ____________2021 y
Ro`yhatga olindi:
№ BD - ________________
2021 yil “____” __________
|
|
“Tasdiqlayman”
Toshkent farmatsevtika instituti rektori, t.f.d. K.S.Rizayev
_____________________
2021 yil “___” _________
|
PATOLOGIYA MODUL DASTURI
Bilim sohаsi:
|
900000
|
- Sog’liqni sаqlаsh vа ijtimoiy tа’minot
|
Tа’lim sohаsi:
|
910000
|
- Sog’liqni sаqlаsh
|
Tа’lim yo’nаlishlari:
|
60910700
|
- Fаrmatsiya (turlari bo`yicha)
|
Kurs-1, semestr-2
Umumiy o‘quv soati-114 soat, Kredit 4,0
Shu jumladan:
Ma'ruza- 36 soat
Amaliy mashg‘ulotlar-36 soat
Mustaqil ta'lim soati-72 soat
Urganch – 2022
PATOLOGIYA:
MODUL DASTUR
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil “ 31.08 ” dagi
“1”-sonli buyrug‘i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan modul dasturi asosida tuzilgan.
Tuzuvchi : katta o‘qituvchi Djumaniyazova N.S
Ishchi dastur kafedra majlisida ko‘rib chiqildi va tasdiqlashga tavsiya qilindi.
2021 yil “ _____ ” _______ dagi - sonli bayonnoma.
Kafedra mudiri t.f.n., dotsent B.S.Yuldashev
Ishchi dastur T.T.A.Urganch filiali fakul'tet kengashida ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.
2021 yil “ ____ ” _________ dagi - sonli bayonnoma.
Davolash fakul'teti dekani t.f.n. Masharipov O.O.
1.O’quv modulining dolzarbligi va oliy ta’limdagi o’rni
Modul dasturi O’zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti va bakalavriat ta’lim yo’nalishi malaka talablariga asoslangan holda tuzilgan. Ushbu dastur asosida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’qitish jarayoniga tadbiq etib, talabani nazariy ma’lumotidan boshlang’ich amaliy ko’nikmalarni bajarishga o’rgatib va orttirilgan ko’nikmalarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar orqali klinik amaliyot bilan uyg’unlashtirgan holda mustaqil ravishda kasalliklarning etiologiya va patogenezini aniqlash uchun zamin yaratib beradi. Dasturning maqsad va vazifalarini yechimi yakunida talaba patologiya Modulidan olgan bilim va amaliy ko’nikmalarni klinik amaliyotda uyg’unlashtirib, yetuk, raqobatbardosh, mustaqil klinik fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan umumiy amaliyot shifokori bo’lib shakllanadi.
Mazkur modulga o’quv rejadagi biologiya, odam anatomiyasi, normal fiziologiya, biokimyo modullari nazariy zamin bo’lib xizmat qilsa, terapiya, kardiologiya, urologiya, ginekologiya va boshqa klinik modullarga patologiya Moduli nazariy zamin bo’lib xizmat kiladi. Talaba patologik anatomiya va seksion biopsiya modulini o’rganishda biologiya, gistologiya, genetika, normal fiziologiya, biokimyo va boshqa modullardan egallagan bilimlariga asoslanadi.
Ushbu modul dasturi modulning tarixi va rivojlanish tendensiyasi, istiqbolli masalalarini qamraydi, inson organizmida kasallikni rivojlantiruvchi etiologik omillar, klassifikasiyasi, ularning organizm bilan o’zaro munosabati, hamda bolg’usi umumiy amaliyot shifokorlarida kasallikning etiologik omillarini aniqlash, tashxis qo’yish va belgilarini asoslash uchun nazariy zamin yaratib beradi, shuningdek, talabalarda klinik fikrlash ko’nikmasini shakllantiradi.
Modul dasturi boshqa modullar bilan aloqasi: anatomiya, gistologiya, normal va patologik fiziologiya.
2. O’quv modulining maqsadi va vazifalari
2.1. Modulning maqsadi:
Tibbiyotning turli muammolarini anglash, masalalarini hal etish va savollariga davrning o‘ziga xos fan – texnika yutuqlari asosida zamonaviy nuqtai nazardan javob berish kabi vazifalarini o‘z ichiga olgan Patologiya modul dasturi tibbiy fanlar bloki qatoriga kiradi. Modul dasturining maqsadi ayrim yoki mahsus fanlar (anatomiya, gistologiya, kimyo) hamda klinik tibbiyotning turli sohalariga oid adabiyot manbalarini topish, son–sanoqsiz kasalliklarga hos ma’lumotlarni Patologiya nuqtai nazaridan bilish, ularni tahlil eta olishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |