Vaziyatli masalalar:
1. Tormoz usulining kuchli variantini qo‘llashga klinik misol keltiring.
Javob: Ushbu usul spazmlar, tomir tortishishi va boshqa turli og‘riq sindromlari bilan, asosan kattalarda, 2-3 nuqtada ignalarni 30-60 daqiqa va undan ko‘p vaqt to‘qimalarda qoldirish bilan qo‘llaniladi.
2. Qo‘zg‘atuvchi usulning kuchsiz variantini qo‘llashga klinik misolni sanab o‘ting.
Javob: SHol, falaj (ayniqsa periferik), pay cho‘zilishi. Ignalar miqdori (4-6), chuqurligi 6-9 mm, ignalar 5-6 daqiqaga qoldiriladi.
3. Tormoz usulining kuchsiz variantini qo‘llashga klinik misol keltiring.
Javob: Bolalar amaliyotida, darmonsiz bemor, keksalar, shuningdek esa kasallik uzoq kechadigan (gipertoniya kasalligi, nevrastaniya va boshqalar) keksalarda qo‘llaniladi.
4. Jarrohlik amaliyotida ko‘pincha GI4 va E36 nuqtalardan foydalaniladi. Nima uchun ?
Javob: Akupunktur og‘riqsizlantirish uchun.
Amaliy kunikma: IRT o‘tkazish
Maqsad : Talabalarga ignarefleksoterapiya yuli orqali davolashni o‘rgatish
Qadam
|
Bajarilishi
|
Bajardi
|
Bajarmadi
|
|
1
|
Bemorni muolajaga tug‘ri joylashtirish
|
10
|
0
|
|
2
|
Kerakli nuqtalar topografiyasini
topish va nomini aytish
|
30
|
0
|
|
3
|
Spirtni olib qayta ishlov berish va
igna tanlash
|
5
|
0
|
|
4
|
Steril ignalarni tanlangan usulda kirgizish
|
20
|
0
|
|
5
|
Muolajani daqiqasi va sonini
tug‘ri tanlash
|
20
|
0
|
|
6
|
Ignalardan xoli qilish
|
10
|
0
|
|
7
|
Spirt bilan ishlov berish
|
5
|
0
|
|
|
Umumiy ball:
|
100
|
0
|
|
|
|
6.3. Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:
Klaster – (Klaster-tutam, bog‘lam) – axborot xaritasini tuzish yo‘li – barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun kandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ish. Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo‘yicha yangi o‘zaro bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.
Talabalar Klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar.Yozuv taxtasi yoki katta qog‘oz varag‘ining o‘rtasiga asosiy so‘z yoki 1-2 so‘zdan iborat bo‘lgan mavzu nomi yoziladi. Birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z v takliflar kichik doirachalar “yo‘ldoshlar” yozib qo‘shiladi. Ularni asosiy so‘z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi.
Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugagunicha davom etishi mumkin. Muhokama uchun klasterlar bilan almashinadilar
“KLASTER” usulida guruxni ikki guruxchaga bo‘lishadi. Xar bir guruxchaga topshiriqlar beriladi.
Masalan:
Igna kiritish usullari
Akupunktura ta’siri mexanizmlari xaqida
Guruxchalar topshiriqlarni 15 daqiqa ichida echishadi va javoblarini kolganlari bilan muxokama qilishadi. Berilgan javoblardan eng yaxshisi tanlab olinadi va kamchiliklari muxokama qilinadi.
6.4. Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha talabalar bilishi shart.
1. Akupunktura usulini bemorlarga qo‘llashda turini, miqdorini yosh bolalar va kattalar uchun aniqlik bilan ta’sir etishni taxlil qilish;
2. Talabalar igna bilan davolashning ta’sir mexanizmini bilishlari ;
3. BAN xaqida bilishi;
4. Ignalarning turini, sterillash usulini bilish;
5. Igna kiritish texnikasini talaba bilishi kerak;
Do'stlaringiz bilan baham: |