Tamoyil (prinsip) - bu ob’ektiv mavjud qonuniyatlardan, ya’ni butunni bir butun qilib turuvchi qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqliklardan kelib chiqib, amal qilinishi lozim bo‘lgan harakatlar tushuniladi.
Ta’lim-tarbiyaning tamoyillari o‘qish va o‘qitish jarayonida ob’ektiv mavjud bo‘lgan va uni butun qilib turgan qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqliklardan kelib chiqib, odamlar tomonidan ishlab chiqilgan va ta’lim-tarbiya jarayonida amal qilishlikka tavsiya etilgan harakatlar tartibidir.
Qoida - bu inson faoliyat tartibining so‘nngi bosqichi bo‘lib, ob’ektiv qonuniyatlar asosida ishlab chiqilgan tamoyillarning u yoki bu harakatlarini chuqurlashtirib, konkretlashtirib beruvchi chora va tadbir tartibidir. Qoidalar nazariya bilan amaliyot orasini bog‘lab turuvchi vositadir.
Uni pedagog jarayon misolida ko‘radigan bo‘lsak, u o‘qitish qoidalarida namoyon bo‘ladi. O‘qitish qoidalarning tipik vaziyatlarida o‘qituvchilarning tipik harakati ifoda etilgan. Boshqacha qilib ayganda, didaktik qoidalar tipik pedagogik vaziyatda o‘qiituvchi va o‘quvchi o‘zini qanday tutishi kerakligini ko‘rsatib beradi. SHuning uchun ham ular amaliyotga yaqin turadi.
Pedagogik adabiyotda pedagogik qoidalarga ikki xil qarash mavjud. Birinchisi, amaliyotchi o‘qituvchilarga didaktika qonuniyatlari va tamoyillarini bilishi shar emas, ular olimlar tomonidan ishlab chiqilgan dars o‘tish qoidalarini o‘zlashtirib olsalar, shuning o‘zi kifoya, deyiladi. SHu kunda xorijiy mamlakatlarda va Oktyabr’ inqilobidan oldingi rus pedagogikasida bu fikr ustunlik qilgan. Bu masalaga ikkinchi turdan qarash ham bor, ular amaliyotchi o‘qituvchilarni faqat tayyor o‘qitish qoidalariga bog‘lab qo‘yilsa, ularning tashabbuskorligini cheklab qo‘yilgan bo‘ladi, deyiladi. Bu ikki fikrda ham mantiq bor. Haqiqat, har doimgidek, ikkalasining o‘rtasida yotadi. O‘qituvchilarni pedagogik qoidalarga qattiq bog‘lab qo‘yib, ular erkini cheklash salbiy bo‘lgani kabi, amaliyotdan uzilgan va juda ham nazariylashgan pedagogik tamoilllar hamda qonunichtlarni pedagoglardan talib qilish va pedagogik jarayonnni erkin harakatga aylantirib qo‘yish ham noo‘rin. Ta’lim-tarbiyada, boshqa mehnat turlaridek, standart holatlar juda ko‘p. Bu holda o‘qituvchi ko‘p ham tashabbus kshrsatishi shart emas, aks holda, o‘qituvchining tashabbuskorligi darsning mufaqqiyatli o‘tishiga xalal ham beradi. Bu holda, dars o‘tganda aynan qoidalarga rioya qilish talab qilinadi.
Qoidalar diaktika tamoyillaridan kelib chiqqani kabi, didaktika tamoyillari o‘z ifodasini pedagogik qoidalarda topadi. Biroq o‘z ichiga yana ko‘p sonli o‘qituvchi va pedagoglarning ko‘p yillik tajribasini ham qamrab olgan bo‘ladi.
«Dars o‘tish qoidalari qancha?» degan savolga K.D.Ushinskiyning so‘zlarini keltirish o‘rinlidir. U: «Barcha pedagogik qoidalarni bir varqqa sig‘dirish ham mumkin, ulardan bir necha jildli kitoblar ham yaratish mumkin», - degan.
Odatda , ular tavsiyanoma,qo‘llanma va eslatmalar sifatida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |