Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti



Download 3,99 Mb.
bet146/362
Sana13.01.2022
Hajmi3,99 Mb.
#356625
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   362
Bog'liq
Psixologiya va pedagogika umk tib bio, prof, bio (2)

Diqqat nazariyalari

Psixologiya diqqat jarayonini olti asosiy yondashuvlar bilan bayon qilishi mumkin. Ularning har biri inson aqliy faoliyatining bir tomonini murakkab asosi deb hisoblaydi. Lekin hech qaysi gipoteza aniq tan olinmagan.

Birinchi bo‘lib diqqatni emotsional tushunish yondashuvni T.Ribo targ‘ib etgan va diqqat bilan emotsiya bir- biridan kelib chiqadi deb hisoblagan. T. Ribo fikricha, ihtiyoriy diqqatning intensivligi va davomiyligi diqqat obyekti orqali vujudga keladigan emotsiyalar xarakteristikasi bilan shartlangan bo‘ladi. Diqqatga bunday yondashuv to‘g‘rirok hisoblanadi,chunki emotsiya -bu organizm reaksiyasining dolzarb ehtiyojining qondirilish ehtimolligidir va organizmning diqqati birinchi navbatda shunday obyektlarga qaratilgan bo‘ladi.

Diqqat haqidagi ikkinchi yondashuvni olim I.Gebert va U.Gamilton ilgari surgan. Ko‘proq intensivlikka ega bo‘lgan tasavvur kamroq intensivlikka ega bo‘lgan tasavvurni ong ostiga surib yuboradi va tabiiyki, ongda qolgan tasavvurlargina diqqatimizni jalb qiladi.

Uchinchi yondashuvga ko‘ra diqqat appersepsiya natijasidek ya’ni individning hayotiy tajribasidir. Bunda asab tizimiga qabul qilingan ma’lumotning insonni bilimga talabi tozalanish yuzasidan bo‘lib o‘tadi.

Diqqatning to‘rtinchi yondashuvini gruzin olimi D.N. Uznadze rivojlantirgan, uning fikricha, ustanovka ichki tomondan diqqatni ifoda etadi. Ustanovka ta’sirida aniq bir obyektni atrof muhitdagi boshqa ko‘p obyektlardan ajratib olish jarayonini Uznadze "obyektivlash"deb nomlagan.

Beshinchi yondashuv asosan diqqatning harakat aspektiga qaratilgan. Gap shundaki, ixtiyorsiz diqqat asosida orientr refleksi –organizmni yangi qo‘zg‘atuvchi manbaiga qaratilishi va analizatorlarning unga sozlanishini ko‘rsatadi. Bu jarayonlar mushaklarning faol ishtirokida bo‘lib o‘tadi, shuning uchun diqqatni atrof-muhitga harakatli moslashishning tashkiliy usuli deb atash mumkin.

Oltinchi yondashuvda diqqat fiziologik tasavvurda vujudga keladi. Ya’ni miyaning qo‘shni qismlari faoliyatini ta’sirini bosh miya po‘stlog‘ini, ham qo‘zg‘alishiga qaratib tashkil qilishdir. Ayni paytda, psixologlarning fikricha, bunday gipoteza diqqat jarayonini juda oddiy talqin etgan. Ya’ni, diqqatni jamlash jarayonida miya po‘stlog‘ining individual qismlarigina emas balki butun miya faoliyati olib boradi.

Diqqatning tabiati haqida sintetik tushunchalarni P.Ya.Galperin konsepsiyasi orqali talqin etish mumkin:

1. Diqqat-bu inson faoliyatining orientir tadqiqot lahzalaridan biridir.

2. Diqqatning asosiy vazifasi – faoliyatning tarkibi yoki psixik obraz ustidan nazorat.

3. Diqqat hech qanday mustaqil natijaga ega emas balki jarayonga xizmat qiluvchi hisoblanadi. Diqqat mustaqil akt sifatida agar harakat aqliy va qisqargan holatga aylansa namoyon bo‘ladi.




Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish