Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti


Diqqatning tanlovchanligi



Download 3,99 Mb.
bet145/362
Sana13.01.2022
Hajmi3,99 Mb.
#356625
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   362
Bog'liq
Psixologiya va pedagogika umk tib bio, prof, bio (2)

Diqqatning tanlovchanligi

Ongimizda ayni bir vaqt mobaynida qancha axborot almashiladi? Diqqat bizning ongimizni yoritkich nurlariga o‘xshab ketadi va ong atrofdagi ma’lum bir cheklangan jismlarga o‘z diqqatini qaratadi. Inson jismlarni to‘xtovsiz qabul qilish jarayonida, birinchi idrok qilingan holat boshqalarga almashib ketaveradi. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, insonning beshta sezgisi sekundiga 11.000.000 bit axborotni ongli ravishda qabul qilar ekan va bu jarayon haqida Vilson 2002 yilda gapirib o‘tgan. Ongning behush holatida 10.999.960 bit axborotdan foydalanar ekanmiz. Bunga misol, siz biror bir gapni o‘qib turib oyoqlaringizga poyafzalni kiya olmaysiz. Diqqatiningizni Neker kubga qarating va bu rasmni siz turlicha idrok qilolasiz. Misol qilib, doiralarni olsak, biz ularni turli xil holatda idrok qilishimiz mumkin. Ularning ichidan bir nechtasi bir xil bo‘lishi mumkin, biroq bizning diqqatimiz ularga birin ketin qaratiladi.

Siz bu tekstni o‘qishni boshlaganda, oyoq kiyimingizni siqayotganini yoki burningiz ko‘rish chizig‘ida turganini tushunmagansiz. Hozir esa e’tiboringizni qaratganingizda, oyoqlaringizni og‘riyotganini va burningiz ko‘z oldingizda turganini sezasiz. Tekstga e’tiboringizni jam qilib siz periferik ko‘rinishdan kelayotgan ma’lumotni inkor etasiz. Ammo buni o‘zgartirish mumkin. X ga diqqat bilan qarab e’tiboringizni kitob yonida nima turganiga qarating (kitob chetlari stol usti va boshqalar).


Diqqatning tanlovchanligi – bu bizning ongimizda idrok qila oladigan cheklangan obyekt va xodisalarning ayni vaqtda jamlanganligidir.
Diqqat tanlovchanligiga yana bir misol, ko‘p tovushlar orasidan faqat bir ovozni eshita olish qobiliyati. Tasavvur qiling, siz naushnik orqali ham chap ham o‘ng qulog‘igingiz bilan bir vaqtning o‘zida ikki xil odamning suhbatini eshitmoqdasiz. Sizdan chap qulog‘ingiz orqali nimani eshitganingiz so‘raldi. Siz chap qulog‘izdagi gaplarga e’tibor berganizda o‘ng qulog‘ingizda eshitilayotgan gaplarni idrok qilmaysiz. Biroz vaqtdan so‘ng sizdan o‘ng qulog‘ingizda qaysi tilda gapirishganini so‘ralsa bilolmay qolasiz (Lekin suhbatdoshingizning jinsi va ovoz balandligini eslab qolgan bo‘lasiz). Agar biz ongli ravishda biron nimaga diqqatimizni qaratsak faqat aynan o‘sha narsa bilan band bo‘lar ekanmiz.

Bizni o‘rab turgan ko‘p sonli vizual qo‘zg‘atuvchilardan tahlil uchun biz faqatgina ayrim qo‘zg‘atuvchilarni tanlaymiz. Ultrik Neysser va Robert Beklen ( Neisser and Beclen, 1979) hamda Deniel Chervone (Cervone 1983) buni o‘z tadqiqotlarida ko‘rsatib berishgan. Tadqiqot shundan iborat bo‘lganki, unda sinaluvchilarga 1 daqiqali video ko‘rsatilgan. Videoda 3 ta qora ko‘ylakdagi basketbol o‘yinchilari orqa qatorda esa 3 ta oq qo‘ylakli o‘yinchilar basketbol o‘ynayotganlari tasvirlangan. Sinaluvchilarga berilgan topshiriqqa ko‘ra qora ko‘ylakli o‘yinchilar koptokni bir-biriga uzatgan paytlarida sinaluvchilar tadqiqot tugmachasini bosishlari kerak edi. Shu bilan birga klip davomida basketbol o‘yinchilari o‘ynayotgan paytda orada o‘yinchilar o‘rtasidan soyabonli bir ayol o‘tib ketadi. Sinaluvchilarning aksariyati berilgan topshiriqqa ko‘ra qora ko‘ylakli ishtirokchilarni shunchalik diqqat bilan kuzatishganki ayolni ko‘rmay qolishgan. Video sinaluvchilarga qaytadan ko‘rsatilib, soyabonli ayol o‘yinchilar orasidan o‘tganligi aytilganda sinaluvchilar o‘zlari ayolni ko‘rmay qolganliklaridan hayratda qolishgan. (Devid Mayers “Psixologiya” Minsk, 2008. 252- bet)

Diqqat tanlovchanligi va baxtsiz hodisalar. Mashina haydayotgan paytda telefonda gaplashsangiz e’tibor mashinadan telefonga ko‘chadi. Bunday vaziyatda, tezlik o‘zgartirish ayniqsa qiyin bo‘ladi va halokatni yuzaga keltirishi mumkin. Mashina halokatlarining 80%i haydovchilarning chalg‘ishida deb hisoblanadi. Utan universitetidagi haydash tajribalarida talabalarning telefonda gaplashishlari mobaynida yo‘ldagi yo‘l belgilari, reklamalar va boshqa mashinalarni payqashi sekin bo‘lishlari aniqlangan.

Diqqat tanlovchanligi bo‘lgani uchun biz qo‘ng‘iroqqa javob beraolamiz (GPS navigatsion Sistema yoki DVD magnitafon) boshqa narsalarga e’tibor berishga sabab bo‘ladi. Suzanne Meevay va uning Sidney universitetidagi hamkasblari ( 2005, 2007) avtomobil halokati paytidan oldingi telefon qo‘ng‘iroqlari sabab hatto qo‘llari bo‘sh payt ham 4 marta ko‘proq riskda bo‘lishlarini aniqlashdi. Yo‘lovchilarda bo‘lsa xavf 1 dan 6 martaga oshadi.

Hatto telefonda gaplashayotganda qo‘llar bo‘sh bo‘lsa-da yo‘lovchi bilan suhbatlashganda ham mashina haydash yoki suhbatni to‘xtatib pauza qilish talab qilinadi.

Ogaya Universiteti piyoda yuruvchilarni tabiiy ravishda kuzatishlariga binoan gapirgan holda yurish ham xavfni ko‘paytirishi mumkin ekan. Yo‘lni kesib o‘tayotganda uyali aloqadan foydalanayotgan yo‘lovchilarning yarmi va chorak qismida parishonxotirliklik bilan mashina yaqinlashganda yo‘lni kesib o‘tish jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi.




Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish