O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
JAMOAT SALOMATLIGI VA MENEJMENT KAFEDRASI
“Menejment xavfi” fanidan
FANI BO‘YICHA
O‘QUV –USLUBIY MAJMUA
Ta’lim sohasi:410 000 – Biznes va menejment
Ta’lim yo‘nalishi: 60411200- Menejment: Sog‘liqni saqlashda menejment
Xudaykulova G.K. - TTA, Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi mudiri, t.f.d.
Muyassarova M.M - TTA, Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi katta o‘qituvchisi
Abdurashitova SH.A.- TTA, Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
Ichki taqrizchi:
Urazalieva I.R. - TTA, Jamoat salomatligi maktabi dotsenti, PhD
Tashqi taqrizchi:
Iskandarova Sh.T. - ToshPTI, Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professo
KIRISH
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishida “Risk menejmenti” fani alohida o‘ringa ega bo‘lib, uning holati turli ijtimoiy-iqtisodiy qarorlar qabul qilishda muhim o‘rin tutadi.Bizga ma’lumki, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash har bir davlat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning dolzarbligi uning risklarni oldini olish, barqarorlikni ta’minlash masalalari, jahon hamjamiya- tining zamonaviy sharoitlarida asosiy tahdid va iqtisodiy tizimdagi har qanday o‘zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning namoyon bo‘lishi bilan birga kechadi. Shuning uchun risklarni oldini olishni ta’minlash, unda bo‘ladigan tahdidlarni bartaraf etish masalasi yuzaga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivoj- lantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”dagi PF-4947-sonli Farmoniga muvofiq tasdiqlangan dasturning “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” nomli uchinchi yo‘nalish 3.2-ban- dida “Tarkibiy o‘zlashtirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodi- yotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish” vazifalari belgilangan. Shundan kelib chiqib qayd etish lozimki, mamlakatimizda risklarni olini olishni ta’minlashning ilmiy va amaliy asoslarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan, mazkur o‘quv qo‘llanmada risklarni bartaraf etishni ta’minlashning institutsional yo‘nalishlari bo‘yicha maqsad va vazifalar bayon etilgan.
Risk menejmenti fanining maqsadi korxona va tashkilotlarda boshqaruv jarayonini samarali tashkil etish va bu asosda ishlab chiqarishni jadallashtirish borasida ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanishda risk haqida umumiy tushunchaga, risk turlari va uni oldini olish hamda to‘g‘ri tadbiq etish va ta’sir darajasini kamaytirish yo‘nalishlarini bilishlarini ta’minlashdan iborat.
Ushbu fanning vazifasi talabalarga nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. Talaba:
“Risk menejmenti” fanining maqsad va vazifalarini; fanning predmeti va obyektini; iqtisodiy xatar ko‘rsatkichlarini;
risklarni boshqarishga ta’sir etadigan ichki va tashqi omillarni
riskni kamaytirish yo‘llarini aniqlab,boshqaruv faoliyatini to‘g‘ri olib borishni o‘rgatishdan iborat;
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish yo‘llarini;
bozor iqtisodiyotiga o‘tishning umumiy strategiyasining nazariy va uslubiy asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
risklarni boshqarishning umumiy tamoyillari va usullari;
respublika iqtisodiyoti taraqqiyotining xarakterli xususiyatlari;
mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va ularni hal etish mexanizmlari;
risklarni baholash mezonlari yo‘llari haqida tasavvvurga ega bo‘lishi;
risklarni samarali boshqarishning xorijiy tajribasini qo‘llay olishi;
korxona faoliyatini rivojlantirishda ichki va tashqi risklarni tahlilini amalga oshirishni;
risk ko‘rsatkichlari va alarni aniqlash hamda baholash usullarini;
aholining turmush darajasiga bevosita ta’sir etuvchi ijtimoiy jarayonlarni bashorat qilish va zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasida risk menejmenti bo‘yicha amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning mazmun va mohiyatini hamda uni qo‘llashda O‘zbekiston Respub- likasida qabul qilingan qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev asarlariga, farmon va qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asoslanadi.
O‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi talablari va Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarori bilan tasdiqlangan hamda 5A232401 – “Iqtisodiy xavfsizlik” ta’lim yo‘na- lishlarining “Risk menejmenti” fanining o‘quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib, ushbu o‘quv qo‘llanmada o‘qitishning yangi ta’lim texnologiyasidan foydanilgan holda har bir mavzu bo‘yicha maqsad, mazmuni, mohiyati va ahamiyati yoritilgan hamda mavzu bo‘yicha nazorat va muhokama uchun savollar, tayanch iboralar, glossariylar va foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |