196
Qo„riqlashni tashkillashtirish rejasida (jangovar hisobda)
, odatda,
quyidagilar aks etadi: otryadning (qorovulning) mas'uliyatiga biriktirilgan zona va
janggarilar harakatining tahdidi yuqori bo„lgan yo„nalishlar; qo„riqchi zastavalar
(postlar) soni va tarkibi, ularning joylashuvi, mas'uliyatiga biriktirilgan zonalari va
jangovar
vazifalari; zastavalardagi (postlardagi) jangovar texnika va o„t
ochish
vositalarining soni; zastavalar (postlar) va hamkorlik qilayotgan chegarachi postlar,
blokpostlar, madad beruvchi vertolyot bo„linmalari hamda boshqa vazifalarni
bajarayotgan terrorizmga qarshi kurash, DXX va IIV bo„linmalari (organlari)
o„rtasidagi
hamkorlik tartibi; o„t ochib, shu jumladan vertolyot va artilleriya
bo„linmalarining o„t ochishi bilan dushmanga shikast yetkazish tartibi hamda unga
qo„yilgan cheklovlar; zastavalar (postlar), doimiy joylashuv joyi (asosiy markaz,
hudud), o„tayotgan kolonnalar va madad berayotgan o„t ochish vositalarining
o„rtasidagi
aloqani tashkillashtirish; xabar berish, tanib olish boshqaruv va
hamkorlik signallari.
Olingan jangovar farmoyish asosida qo„riqchi zastava komandiri quyidagi
hujjatlarni rasmiylashtiradi:
qo„riqchi otryad komandirining jangovar buyrug„idan ko„chirma;
mas'uliyatga biriktirilgan zona chizmasi, zastavaning jangovar vazifasi va uni
bajarish tartibi;
qo„riqchi zastava komandirining jangovar buyrug„i (ish daftarida);
vaziyat aks etgan ishchi xarita;
tayanch punktning chizmasi;
mina maydonlari va portlamaydigan to„siqlarning chizmasi;
kuzatuvchilar, patrullar, xufiya naryadlarning xizmatni o„tash, o„t ochish
vositalarining navbatchilik grafigi;
xabar berish, tanib olish boshqaruv va hamkorlik signallarining jadvali;
kuzatuv, olingan va berilgan farmoyishlar, jangovar harakatlarni olib borish,
mina maydonlarining chegaralari hamda qurol va porlovchi moddalar bilan
muomala qilish vaqtidagi xavfsizlik choralari bilan tanishish jurnallari;
197
kuzatuvchilar, patrullar, xufiya naryadlar va navbatchi o„t
ochish vositalari
tarkibida xizmatni o„tashga kirishayotgan shaxsiy tarkib uchun yo„riqnomalar.
O„z mas'uliyatiga biriktirilgan zonada shubhali shaxslar aniqlangan vaqtda
zastava komandiri ularni qo„lga olish choralarini ko„radi, ular tomonidan qurolli
qarshilik ko„rsatilgan taqdirda – ularni yo„q qiladi va bu haqda qo„riqchi otryad
komandiriga bildiruv beradi. Davlat chegarasidan (izolyasiyaning ichki halqasidan)
o„tishga (yorib o„tishga) bo„lgan urinish vaqtida yoki qo„riqchi
zastavaga hujum
uyushtirilgan taqdirda zudlik bilan dushmanga qarata uni o„ldirish maqsadida o„t
ochiladi. Qo„riqchi zastava jang olib borib, qo„riqchi otryad rezervi madadga yetib
kelgunga qadar egallagan pozitsiyasini qo„lda saqlab turadi.
Qurol qo„llangan (o„t ochilgan) har bir holat haqida zastava (otryad)
komandiri bo„ysinuvi bo„yicha bildiruv beradi. Pozitsiya va postlarni
jihozlashning, motoo‟qchi batalyon (vzvod) harakatlarining tartibi, shuningdek,
o„ta muhim ahamiyatga va toifalangan ob'ektlarni qo„riqlash
va mudofaa qilish
vaqtida qo„riqchi otryad (qorovul) komandiri ishining ketma-ketligi va mazmuni
Davlat chegarasini qo„riqlashni kuchaytirish (ichki nizo hududi mintaqasini
izolyasiyalash) vaqtida qo„riqchi otryad tarkibida harakat qilayotgan motoo‟qchi
batalyonniki (vzvodniki) bilan bir xildir.
Davlat chegarasini qo„riqlashni kuchaytirish (ichki nizo hududi mintaqasini
izolyasiyalash) mobaynida motoo‟qchi batalyon (vzvod), qo„shinlar ishtirokidagi
maxsus harakatlarning miqyosidan kelib chiqqan holda to„suvchi
otryadlar
tarkibida harakat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: