4.4. Avtomobil yo„llarini muhofaza qilish va harbiy yuk tashiyotgan
kolonnalarni kuzatib borish davomida amalga oshiriladigan xatti-harakatlar
Qurolli mojaro mobaynida harbiy yuklar ortilgan avtomobil kolonnalari
dushman qurollangan tuzulmalari tarkibidagi qo„poruvchi-razvedka jangovar
guruhlarining (otryadlarining) asosiy hujum ob'ektlaridan biri hisoblanib, ularga
199
qurol, o„q-dori va boshqa moddiy-texnik vositalarini qo„lga kiritish hamda
zaxiralarni to„ldirib olishning real imkonini beradi.
Kolonnalar harakatining xavfsizligi, reja asosida va o„z vaqtida borishi
nazorat-o„tkazish punktlari va blokpostlar (zastavalar) tomonidan avtomobil
yo„llarining qo„riqlanishi, shuningdek, jangovar bo„linmalarning kolonnalarni
kuzatib borishi orqali ta‟minlanadi.
Yo„nalishlarni doimiy faoliyat ko„rsatuvchi nazorat-o„tkazish punktlari va
blokpostlar (qo„riqchi zastavalar), shuningdek, yo„l-komendantlik xizmati
tomonidan qo„riqlash, qoidaga ko„ra, harbiy va boshqa turdagi yuklarning asosiy
oqimi o„tadigan asosiy yo„llarda tashkillashtiriladi. Ikkinchi darajali yo„llardagi
harakat xavfsizligini ta‟minlash avtomobil kolonnalarini jangovar bo„linmalar, shu
jumladan vertolyot bo„linmalari bilan kuzatib borish, shuningdek, kolonnalar o„tish
davrida yo„nalishning xavfli uchastkalariga vaqtinchaga chiqariladigan qo„riqlash
zastavalarini yordamida amalga oshiriladi.
Doimiy faoliyat ko„rsatuvchi nazorat-o„tkazish punktlari, odatda, avtomobil
yo„llarining yirik uzellariga (tuman va viloyatlarning ma'muriy bo„linish
chegaralariga), blokpostlar esa – katta (o„rta kattalikdagi) aholi punktlarining
kirish-chiqish joylari, shuningdek, muhim yo„l kesishmalariga qo„yiladi.
Qo„riqlash zastavalari avtomobil kolonnalariga dushmanning qurollangan
tuzulmalari tarkibidagi qo„poruvchi-razvedka va jangovar guruhlari (otryadlari)
tomonidan qo„poruvchilik va hujum harakatlarini amalga oshirish uchun qulay
sharoit yaratuvchi eng murakkab tuzilishga ega tabiiy joy uchastkalariga (dara,
dovon, sirpanchiq joylar (aylanma yoki ilon izi yo„l), yashil o„tloqlar va boshqalar)
qo„yilishi mumkin.
Har bir nazorat-o„tkazish punkti (blokpost), qo„riqlash zastavasida navbatchi
kuch va vositalari tayinlanib, ular doimiy ravishda besh daqiqa ichida kolonnaga
hujum yoki qo„poruvchilik harakati uyushtirilgan joyga jo„nab ketishga shay
holatda turadilar.
Motoo‟qchi batalyon qo„yilgan vazifani buning uchun ajratilgan jangovar
bo„linmalar vositasida bajargan holda bitta yo„nalishni qo„riqlash uchun jalb
200
qilinishi mumkin. Motoo‟qchi batalyon bir vaqtning o„zida bir-ikkita nazorat-
o„tkazish punkti va beshtagacha blokpost (qo„riqchi zastava) qo„yishi mumkin.
Vzvod nazorat-o„tkazish punktidagi xizmatni o„tash, qo„riqchi otryad tarkibida
tabiiy joyning eng xavfli uchastkasida harakatlanish uchun jalb qilinishi yoki ikki-
uchta blokpostlar (qo„riqlash zastavalari) zastavalari tarkibida harakat qilishi
mumkin.
Kuchaytirilgan jangovar guruh, qoidaga ko„ra, qo„riqlash zastavasi yoki
blokpost tarkibida vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadi.
Nazorat-o„tkazish punkti va blokpostlar tarkibida avtomobil yo„llarini
qo„riqlash bo„yicha vazifalarni bajarish umumqo„shin bo„linmalari tomonidan
terrorizmga qarshi kurash va IIV organlarining bo„linmalari bilan yaqindan
hamkorlikda amalga oshiriladi.
Nazorat-o„tkazish punkti va blokpostlar (qo„riqlash zastavalari) tarkibidagi
vazifalarni bajarish vaqtida motoo‟qchi batalyon (vzvod) harakatlarining tartibi,
shuningdek, komandir (shtab) tomonidan bajariladigan ishlarning ketma-ketligi va
mazmuni qo„riqlash xizmatiga tayinlangan motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri
bajaradigan ishlarga o„xshash bo„ladi.
Doimiy faoliyat ko„rsatuvchi nazorat-o„tkazish punktlari va blokpostlar
(qo„riqlash zastavalari) tomonidan qo„riqlanmaydigan yo„llarda harakatlanganda,
harakat xavfsizligini ta‟minlash uchun avtomobil kolonnalari jangovar bo„linmalar
tomonidan kuzatib borilishi kerak bo„lib, bir vaqtning o„zida yo„nalishlarning
xavfli uchastkalari va to„xtash joylariga ularni qo„riqlash maqsadida muhim
tepaliklar va qulay marralarni (tabiiy joy uchastkalarini) egallaydigan qo„riqlash
xizmatining vaqtinchalik zastavalari qo„yiladi.
Avtomobil kolonnasini kuzatib borish uchun, qoidaga ko„ra, tank guruhi
(tarkibida mina tralili tank bo„lgan), ZU-23-2 rusumli bitta zenit qurilmasi
(avtomobilga
o„rnatilgan),
muhandislik-sapyor
bo„linmasi,
aviatsiya
mo„ljallovchisi va artilleriya o„t ochish amaliga to„g„rilashlar kirituvchi,
shuningdek, kolonnadagi avtomashinalar o„rtasida aloqani ushlab turish uchun olib
yuriladigan radiostansiyalar bilan kuchaytirilgan shtatdagi motoo„qchi vzvod
201
tarkibidagi vzvod taktik guruhi jalb qilinadi. Vzvod taktik guruhining kuch va
vositalarini kolonna bo„ylab taqsimlash 10 ta avtomobilga bitta BMP (BTR)
hisobidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. BMP (BTR) larning
qo„riqlanayotgan kolonnadagi benzin tashuvchi va portlovchi moddalar ortilgan
mashinalar o„rtasida joylashtirilishiga yo„l qo„yilmaydi.
Vaziyat sharoitlari hamda mavjud kuch va vositalardan kelib chiqib,
avtomobil kolonnalarini kuzatib borish uchun kuchaytirish vositalariga ega
bo„lmagan motoo„qchi vzvodlar ham jalb qilinishi mumkin. Yakka holda harakat
qiladigan mashinalarni kuzatib borishga kuchaytirilgan jangovar guruh ajratilishi
mumkin.
Harbiy yuklarni tashishni amalga oshirayotgan avtomobil kolonnasining
yurish tartibi, odatda, asosiy kuchlar kolonnasi va yurishdagi qo„riqlash xizmatidan
tashkil topadi.
Yurishdagi qo„riqlash xizmati asosiy kuchlar kolonnasining qarshilikka
uchramagan holda harakatlanishini ta‟minlashi, dushman qo„poruvchi-razvedka va
jangovar guruhlarining (otryadlarining) ularga qo„qqisdan hujum uyushtirishiga
yo„l qo„ymasligi, shuningdek, hujum uyushtirilgan taqdirda, uni uyushqoqlik bilan
qaytarish hamda reja asosida kolonnani hujum (qo„poruvchilik) uyushtirilgan
hududdan olib chiqishni amalga oshirishi kerak.
Yurishdagi qo„riqlash xizmatining jangovar tartibdagi tuzilishi, qoidaga
ko„ra, quyidagilardan tashkil topadi: dozor kichik guruhini; bosh dozor
(kuchaytirilgan jangovar guruh tarkibida); harakatni ta‟minlash guruhi (mina tralili
tank va muhandislik-sapyor bo„linmasi); madad guruhi (tarkibida yurishdagi
qo„riqlash xizmati komandirining jangovar mashinasi va o„t ochib madad berish
guruhidan tashkil topgan); bevosita asosiy kuchlarni qo„riqlash xizmati,
shuningdek, jangovar guruhning kichik guruhi tarkibidagi front orti dozori (dozor
kichik guruhi).
Vaziyat sharoitlari hamda tabiiy joyning xususiyatidan kelib chiqqan holda
harakat yo„nalishining o„ng va chap tomonlariga yon tomon dozor kichik guruhlari
yuboriladi.Bosh,yon tomon va front orti dozorlari (dozor kichik guruhlari) kolonna
202
asosiy kuchlaridan ularni ko„rib turish (vizual kuzatish), o„t ochib ularga madad
berishni ta‟minlaydigan hamda qo„riqlanayotgan kolonnaga dushmanning
qo„qqisdan hujum uyushtirishiga yo„l qo„ymaydigan uzoqlikda harakatlanadilar.
11
203
Avtomobil kolonnasini kuzatib borish to„g„risida vazifani olgandan so„ng
vzvod komandiri quyidagilarni bajarishi shart: kuzatib boriladigan kolonnaning
vazifasini, o„zining vazifasi va uni bajarish uchun shaylik vaqtini aniqlashtirib
olishi; xaritadan (chizmadan) harakat yo„nalishi va tabiiy joyning xususiyatini
o„rganib chiqish; vazifani bajarish mobaynida tabiiy joy va dushmanni kuzatish
tartibini belgilash, shuningdek, dushman qurolli tuzulmalari tomonidan hujum
uyushtirilishi va pistirmalar qo„yilishining ehtimoli katta bo„lgan joylarni aniqlash
va o„rganib chiqish; dozor kichik guruhi, bosh dozor, yurishdagi qo„riqlash
xizmatining boshqa elementlari va asosiy kuchlar kolonnasining dushmanga
to„qnash kelgandagi harakatlari tartibini belgilash; hujumni qaytarish vaqtidagi
hamkorlik tartibi, shuningdek, aloqa, xabar berish, boshqaruv va bildiruv berishni
tashkillashtirish masalalarini kolonna kattasi bilan kelishib olish.
Qarorni
ishlab chiqish mobaynida vzvod komandiri quyidagilarni hisobga
olishi kerak: harakatlar hududidagi vaziyatni; boshqa qurolli idoralarning qo„shin
tuzulmalari
va
davlat
hokimiyatining
mahalliy
organlari
zimmasiga
yuklatilayotgan vazifalarni belgilab beruvchi qonuniy asosni; tarkibi, butlanganligi,
tahsil olganlik va ta‟minlanganlik darajasi bo„yicha o„z bo„linmasining qo„yilgan
vazifani bajarishga shayligini.
Do'stlaringiz bilan baham: |