Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

hamkorlikni
tashkillashtirish 
mobaynida quyidagilarni ko„rsatib o„tadi: kuzatish (kim va qaysi tomonni 
kuzatishi), aloqa, o„t ochish va o„t ochishni olib borish tartibi; dushman bilan 
to„qnash kelish ehtimoli mavjud joylar va unga to„qnash kelgan vaqtda dozorlar 
(dozor kichik guruhlari), yurishdagi qo„riqlash xizmati jangovar tartibidagi boshqa 
elementlarning harakat tartibi; yurishdan to„xtamay turib, to„xtash vaqtida va 
qarorgohda dushman hujumini qaytarishdagi harakatlar tartibi; yo„nalishda faoliyat 
ko„rsatayotgan qo„riqlash zastavalari va yetib kelgan rezervlar bilan hamkorlik 
qilish tartibi, shuningdek, aviatsiya zarbalari hamda artilleriya olovini chaqirish va 
ularga to„g„rilashlar kiritish tartibi; xabar berish, boshqaruv, hamkorlik va bir-
birini tanib olish signallari.
Avtomobil kolonnasini kuzatib borish uchun vzvod ajratgan katta komandir 
(boshliq) u yo„nalishning eng xavfli uchastkalariga chiqib borgunga qadar vaziyat 
sharoitlaridan kelib chiqqan holda vaqtinchalik qo„riqlash zastavalarini qo„yish 
uchun qo„shimcha kuch va vositalarni yuborishi mumkin. Shundan so„ng u 
kolonnaning marsh yurishga tayyorligini tekshirishni tashkillashtiradi va 
yurishdagi qo„riqlash xizmati bo„linmalarining chiqishi ustidan nazoratni amalga 
oshiradi. Asosiy kuchlar kolonnasini uning yurishdagi qo„riqlash xizmati 
elementlari bilan birgalikda tizilishi boshlang„ich hududda amalga oshiriladi.
Kolonnalarni dushman qurolli tuzulmalari faol harakatlar olib borayotgan 
hududda kuzatib borish uchun chiqib borilayotgan hududlarda joylashgan 
shtablarning ofitserlaridan yo„l boshlovchilar ajratilishi mumkin.


205 
Vaziyat sharoitlaridan kelib chiqib qo„shimcha berilgan jangovar 
vertolyotlarning himoyasi bilan kuchaytirilishi mumkin.
Marsh yurish mobaynida har bir zirhli ob'ektda aylana kuzatuv 
tashkillashtiriladi. Zirhli ob'ektlarda joylashgan kuzatuvchilar ixtiyoriy yo„nalishda 
zudlik bilan o„t ochishga shay turishlari kerak. Harakat davomida notanish 
shaxslarning, shu jumladan tinch aholi vakillarining kolonnaga yaqinlashishiga 
yo„l qo„yilmaydi. Dushman kolonnani qo„qqisdan o„qqa tutgan holatlarda zirhli 
ob'ektlarda joylashgan shaxsiy tarkib zudlik bilan dushmanga qarata uni o„ldirish 
maqsadida o„t ochadi. Agar harakatlanish davomida mashinalardan biri 
shikastlansa, uni shatakka olgan holda tayinlangan hududgacha tortib borish kerak, 
shatakka olishning imkoni bo„lmagan taqdirda esa yaqin o„rtadagi qo„riqlash 
zastavasiga evakuatsiya qilinadi hamda ta‟mirlash-evakuatsiya organlari yetib 
kelgunga qadar u yerda qo„riqlanadi.
Dushman asosiy kuchlar kolonnasiga hujum qilgan taqdirda yurishdagi 
qo„riqlash xizmatining barcha zirhli ob'ektlari o„t ochish uchun qulay pozitsiyalarni 
egallaydilar, motoo„qchilar mashinalardan tushib, kolonnani himoya qilish uchun 
tutunli parda hosil qiladilar va hujumni qaytaradilar. Zirhli ob'ektlar va boshqa o„t 
ochish vositalari o„zlari egallab turgan pozitsiyalaridan o„t ochgan holda 
yurishdagi qo„riqlash xizmati bo„linmalarining jangiga madad beradilar. Aviatsiya 
mo„ljallovchisi jangovar vertolyotlarning zarbalarini kolonna hujumga uchragan 
dushman pozitsiyalariga yo„naltiradi, artilleriya o„t ochish amaliga to„g„rilashlar 
kirituvchi esa artilleriya olovini chaqiradi.
Avtomobil 
kolonnasining 
haydovchilar 
tarkibi, 
avtomashinalarni 
to„xtatmasdan, bevosita asosiy kuchlar kolonnasini qo„riqlash xizmatining birinchi 
va oxirgi zirhli ob'ektlari himoyasi ostida ularni otishma zonasidan olib chiqadi. 
Kolonnaning o„q yomg„iri ostida to„xtab qolishi eng ko„p yo„qotishlarni keltirib 
chiqaradi. Agar vaziyatdagi sharoitlar o„qqa tutish zonasidan kolonnani olib 
chiqish imkonini bermasa, aylana mudofaa tashkil etiladi hamda qo„riqchi 
zastavalardan yetib kelgan rezervlar bilan hamkorlikda u to„liq yo„q qilingunga 
qadar dushman hujumini qaytarish davom ettiriladi.


206 
Hujum qaytarilgandan so„ng yurishdagi qo„riqlash xizmatining boshlig„i 
avtomobil kolonnasining kattasi bilan birgalikda vaziyatni aniqlashtiradi, 
bo„ysunuvchi komandirlarning mavjud shaxsiy tarkib, qurol-aslaha, jangovar va 
boshqa turdagi texnikalar haqidagi bildiruvlarni qabul qiladi, yaradorlarga birinchi 
tibbiy yordam ko„rsatish va ularni keyingi evakuatsiyaga tayyorlash bo„yicha 
choralar ko„radi, shikastlangan texnikalarni shatakka olish va evakuatsiya qilishni 
tashkillashtiradi, shuningdek, dushman hujumini qaytarishning natijalari haqida 
brigada komandiriga bildiruv beradi va qo„yilgan vazifani bajarishda davom etadi.

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish