4.2. Qo„shinlar ishtirokidagi mudofaa tavsifiga ega maxsus
harakatlarni amalga oshirish
Umumqo„shin bo„linmalari tomonidan mudofaa xarakteriga ega qo„shinlar
ishtirokidagi maxsus harakatlarini olib borishning usullari mazkur yo„nalishda
(hududda) yuzaga kelayotgan aniq vaziyatni hisobga olgan holda belgilanadi.
Mudofaa xarakteriga ega qo„shinlar ishtirokidagi maxsus harakatlarni
motoo‟qchi batalyon (vzvod) tomonidan olib borishning asosiy usullari
quyidagilardan iborat: chegara postlarining mas'uliyatiga biriktirilgan uchastkalarni
kuchaytirish mobaynida qo„riqlash otryadi (zastavasi), blokpost va nazorat-
o„tkazish punktlari, to„suvchi otryad va rezervlar tarkibida yoki tashkil
qilinayotgan marralarda (ichki nizo hududining mintaqasini izolyasiyalovchi
halqalarda) xizmatni o„tash va harakat qilish; o„ta muhim ahamiyatga ega
(toifalangan) ob'ektlar va kommunikatsiyalarni qo„riqlash va mudofaa qilish
vaqtida qo„shimcha chiqarib qo„yilayotgan qo„riqlash zastavalari, qorovullar
188
(postlar), NO„P va blokpostlar tarkibidagi harakatlar; nizo zonasida harbiy va
boshqa yuklar ortilgan avtomobil kolonnalarini kuzatib borish; dushman qo„ygan
pistirmalar va uning terrorchilik, qo„poruvchilik harakatlariga qarshilik ko„rsatish.
Umumqo„shin bo„linmalari qurolli mojaroning oldini olish bosqichida
bo„lgan qo„shinlar ishtirokidagi maxsus harakatlarni olib borish mobaynidagi
mudofaa xarakteriga ega vazifalarni vaziyatdan kelib chiqqan holda bosqichma-
bosqich bajaradilar. Bunda ular to„liq tarkib bilan yoki bo„linmalarga bo„linib bir
vaqtning o„zida mas'uliyatga biriktirilgan bir nechta hududlarda (uchastkalarda),
chegara qo„shinlari va terrorizmga qarshi kurash bo„linmalari bilan yaqindan
hamkorlik qilib yoki ular uchun zaruriy kuch va vositalar sonini ajratgan holda
harakat qiladilar.
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) mudofaa xarakteriga ega qo„shinlar
ishtirokidagi maxsus harakatlarni olib borish vaqtidagi jangovar vazifalarni brigada
tarkibida, mustaqil ravishda, Quruqlik qo„shinlari vertolyot aviatsiyasining madadi
ostida vzvod yoki kuchaytirilgan jangovar guruhlarga bo„lingan holda bajarishi
mumkin.
Vaziyatdagi sharoitlar, hal qilinayotgan vazifalarning xarakteri va hajmidan
kelib chiqqan holda motoo‟qchi batalyon (vzvod) kuchaytirish uchun madad
beruvchi otryad (kuchaytiruvchi bo„linma) sifatida chegara hududiga berilishi,
rejalashtirilgan (tayyorlangan) marra va pozitsiyalarni egallashi (shu jumladan,
ichki nizo hududi mintaqasini izolyasiyalash vaqtida ham), shuningdek, qo„riqlash
otryadlari va rezervlar tarkibida harakat qilishi mumkin.
Vzvod ikki-uchta chegara postini kuchaytirishi, qo„riqlovchi va to„suvchi
otryadlar, rezerv tarkibida harakat qilishi, nazorat-o„tkazish punktidagi xizmatni
o„tashi, o„ta muhim ahamiyatga ega (toifalangan) ob'ektni, kommunikatsiyalar
uzelini qo„riqlashi va mudofaa qilishi, shuningdek, turli maqsadlar uchun
mo„ljallangan avtomobil kolonnalarini kuzatib borishi mumkin.
Mudofaa xarakteriga ega qo„shinlar ishtirokidagi maxsus harakatlar
mobaynida motoo‟qchi batalyon (vzvod), qoidaga ko„ra, jangovar vazifalarni
189
shtatdagi jangovar texnikalarda, o„tish qiyin bo„lgan hududlarda esa –artilleriya va
jangovar vertolyotlarning majburiy madadi ostida piyoda yurib bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |