19
uzaytiradi, zaharliligini kamaytiradi.Novokain regionar anesteziya uchun ham
qo'llaniladi. Tez parchalanganligi tufayli yuza anesteziya uchun qo'llanilmaydi. Qonga
so'rilgandan keyin novokain rezobtiv ta‘sir ko'satadi. Novokain venaga sekin
yuborilsa, uning rezorbtiv ta‘siri yaqqol ko'rinadi, markaziy nerv sistemasiga
tormozlovchi ta‘sir ko'rsatadi: bemor o'z vaznini, tanasini sezmay qoladi. Novokain
yuborilgan sari analgeziya tarqaladi, novokainli uyqu, novokainli narkoz yuzaga keladi,
ayniqsa, orqa miyaning polisinaptik yo'llariga, faol ko'tariluvchi sistemaga va miya
po'stlog'iga tormozlovchi ta‘sir ko'rsatadi.Novokain tomirlardan keladigan, laringeal,
yo'tal reflekslarini ham tormozlaydi. Ana shu xususiyatlari tufayli novokain ingalyatsion
narkotiklar ta‘sirini oshirish uchun qo'llaniladi. Novokain periferik ta‘sirga ham ega:
qon tomirlar, to'qimalardagi interoretseptorlami tormozlaydi, vegetativ tugunchalarni
falajlab, spazmolitik ta‘sir ko'rsatadi. Yurakning o'tkazuvchan sistemasiga ham
tormozlovchi ta‘sir ko'rsatadi, yurak urishi sekinlashadi. Sinokarotid, Ashoff- Tavar
tugunchalaridan impulslar o'tkazilishini pasaytiradi, miokardningbevosita
qo'zg'aluvchanligini kamaytiradi. Ushbu xususiyatlari tufayli novokain-aritmiyaga
qarshi ta‘sir ko'rsatadi. Novokain gistaminga, yallig'lanishga qarshi kurashish
xususiyatiga ega. Mahalliy anesteziyadan tashqari, novokain turli xil bo'yin,
vagosimpatik, paranevral, presakral blokadalar uchun qo'llaniladi. Bunda
jarohatLangan o'choqdan chiqadigan interoretseptor reflekslar tormozlanadi, natijada
organizmda patologik jarayon kamayib boradi. Novokain blokadalari pediatriyada ham
qo'llaniladi.Ilgari novokainning o'zi aritmiyalami davolashda qo'llaniladi, lekin nojo'ya
ta‘sirlari (markaziy nerv sistemasiga) tufayli novokain asosida aritmiyaga qarshi
novokainamid moddasi olingan.Novokain qo'llanganda yuz beradigan nojo'ya ta‘sirlar
asosan bemoming bu moddaga nisbatan sezuvchanligiga bog'liq. Bemorlarda bosh
aylanishi, terida toshmalar, qichima paydo bo'lishi, teri osti kletchatkasida suyuqlik
yig'ilishi mumkin. Novokain miqdori oshirilganda reflektor qo'zg'aluvchanlik oshib
ketadi, bemorning rangi oqarib, ko'ngli aynaydi, qayt qiladi, sovuq ter chiqib, qon
bosimi tushib ketadi. Og'ir holatlarda kollaps yuz beradi, talvasa tutib, nafas to'xtab
qoladi. Yordam sifatida barbituratlar, yurak, qon tomirlar faoliyatini yaxshilaydigan
efedrin, strofantin, sun‘iy nafas qo'llaniladi, nafas analeptiklarini qo'llash xavfli, chunki
ular talvasaga sabab bo'lishi mumkin.Ksikain (lidokain), trimekain — ksilidin qatoridagi
anestetiklar, anestetik ta‘siri va uning davomliligi bo'yicha novokainga nisbatan ancha
ustun turadi. Kimyoviy jihatdan chidamh, uzoq muddat ichida saqlash va sterrfeartsiya
qilish mumkin. Trimekain inflltratsion, regionar, peridural anesteziya uchun qo'llaniladi
1-yuqori konsentratsiyada (8— 10%) novokainning yuza anesteziya paydo qilishi,
lekin bu konsentratsiyalar epiteliyni jarohatlashi mumkin. 2-dikain rezorbtiv ta‘sir
olish uchun qo'llanilmaydi.
Lidokain universal anestetik hisoblanadi, bu modda har xil anesteziya uchun
qo'llaniladi. Anestetik faolligi novokainga nisbatan 2,5 barobar kuchliroq va 2 barobar
davomliroq, zaharliligi novokaindan bir oz ortiqroq. To'qimalami deyarli ta‘sirlamaydi,
uni adrenalin bilan birga qo'llash tavsiya etiladi. Lidokain qonga yaxshi so'riladi kuchli
aritmiyaga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Lidokain miqdori oshirilsa,
uyquchanlik paydo bo'ladi, ko'rish xususiyati kamayadi, ko'ngil aynaydi, oyoq-qo'l
titraydi, talvasalar ro'y beradi. Og'ir holatlarda yurak va qon tomirlari faoliyati o'zgaradi,
nafas olish qiyinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: