13. |b- адреномиметикларнинг фармакологик хоссалари
Izadrin, salbutamol, alupent
Moddalar tanlab Pj va P2— adrenoretseptorlami qo'zg'atib, asosan yurakka, bronxlarga
va qon tomirlarga ta‘sir ko'rsatadi. Yurak va yurakning o'tkazuvchan sistemasidagi p
- adrenoretseptorlami qo'zg'atib yurak kuchini, urish tezligini, atrioventrikulyar
21
o'tkazuvchanligini, avtomatizmini, sistolik bosimni oshiradi. Qon tomirlarda
joylashgan P 2 — adrenoretseptorlami qo'zg'atib, ulami kengaytiradi, diastolik bosim
pasayadi. Chetda joylashgan qon tomirlaming umumiy qarshiligini pasaytiradi, venalar
qisqaradi. Izadrin yurak mushaklarining kislorodga bo'lgan ehtiyojini oshirishi tufayli
gipoksiya yuz berishi mumkin. Izadrin bronxlardagi P2 — adrenoretseptorlam i
qo'zg'atib, ularni kengaytiradi. M oddalar almashinuviga adrenalinga o'xshab ta‘sir
ko'rsatadi, qand va erkin yog' kislotalar miqdorini oshiradi, giperglikemiya adrenalinga
nisbatan kamroq bo'ladi. Yurak mushaklarining hujayralarida kreatinfosfat, ATF,
kaliy m iqdori kamayadi. Yosh bolalarda izadrinning moddalar almashinuviga ta‘siri
kattalarga, ayniqsa, qariyalarga nisbatan kamroq bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda
va emizikli bolalarda katexolammlaming qaytadan neyronlar bilan qamrab olinishi,
MAO va KOMT fermentlarining faoliyati kamroq bo'lishi tufayli izadrin ta‘siri ularda
davomliroq bo'ladi. Izadrin boshqa a‘zolarda joylashgan P2-adrenoretseptorlami ham
qo'zg'atib, me‘da-ichak, bachadon tonusini susaytiradi, skelet mushaklarini
bo'shashtiradi, markaziy nerv sistemasini qo'zg'atadi.Izadrin bronxial astma xurujlari,
astmoid bronxitlarni, atrioventrikulyar bloklami davolash uchun asosan aerozol
hamda til osti tabletkalari shaklida qo'llaniladi.
Izadrin ta‘sirida quyidagi noxush asoratlar ro'y beradi: yurak tez uradi, aritmiyalar paydo
bo'ladi, bemor qaltiraydi, boshi og'riydi. Ingalyatsiyani, ayniqsa, bolalarda ehtiyotlik
bilan o'tkazish lozim, chunki bolalarga izadrin nazoratsiz tez-tez qo'llanilsa, yurak
tomirlarida og'ir asoratlar, o'pkada havo almashinuvining o'zgarishi, hatto hayot
uchun xatarli holatlar ro'y berishi mumkin.Bronxial astma astmoid holatlarda
qoilanilganda noxush asoratlar kelib chiqadi, masalan, taxikardiya, taxiaritmiya paydo
bo'lishi mumkin. shuning uchun ushbu kasalliklami davolashda tanlab, asosan bronxlarda
joylashgan P — adrenoretseptorlarga ta‘sir etuvchi moddalami izlash zarur bo'ladi.
Salbutamol, alupent moddalari shu talablarga qisman javob berishi mumkin. Bular
kimyoviy tuzilishidan izadringa o'xshaydi.
Salbutamol asosan bronxlaming P2 — adrenoretseptorlami qo'zg'atib, ulami
kengaytiradi. Davo miqdorlari taxikardiya paydo qilmaydi, qon bosimini
o'zgartirmaydi. Alupent aerozol sifatida hamda parenteral bronxial astma xurujlarida,
surunkali astmoid bronxitlarida,o'pka emfizemasida qo'llaniladi. Alupentning
aerozollari 4-5 soat davomida bronx mushaklarini kengaytirishi mumkin.Salbutamol
aerozol hamda tabletkalarda qo'llaniladi, bolalarda qonning gaz tarkibini, nafas
ko'rsatkichlarini yaxshilaydi. Og'iz orqali qo'llanilganda bolalarga nisbatan yuqoriroq
miqdorda yuboriladi, chunki salbutamol ichak va jigardan boshlab eliminatsiyaga
uchraydi. Og'iz orqali qo'llanish bronxial astma xurujlarining oldini oladi.Salbutamol
bolalarda ko'k yo'talni davolashda ham qo'llaniladi. K o'k yo'talni paydo qiladigan
mikroorganizmning toksini P —adrenoretseptorlar faolligini kamaytiradi, shuning
uchun nafas yo‗llarining silliq mushaklari qisqaradi. Salbutamol esa p2—
adrenoretseptorlami qo'zg'atib, yo'tal xurujlarini, bolaning ko'karib
ketishini kamaytiradi.Salbutamol homiladorlarda qo'llanilgan da bachadon qisqarishini
susaytirishi mumkin, shunga ko'ra bu modda vaqtidan oldin boshlangan tug'ruqni
to'xtatish, homilani saqlash uchun qo'llanadi, bunda onada va tug'ilgan chaqaloqdarda
taxikardiya va gipoglikemiya yuz berishi mumkin.Fenoterol asosan P2 —
adrenoretseptorlami adenilatsiklaza mexanizmi tufayli qo'zg'atadi, bronxlarni, qon-
22
tomirlami kengaytiradi, bronxial astmaning xurujlarida aerozol sifatida qo'llaniladi,
shifobaxsh miqdori yurak, qon-tomirlarga salbiy ta‘sir ko'rsatmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |