20
хусусиятлари
M-xolinomimetiklar Pilokarpin gidroxlorid, atseklidin
Moddalar bevosita parasimpatik nervlar oxirida joylashgan M- xolinoretseptorlarga
qo‗zg‗atuvchi ta‘sir ko'rsatadi. Kimyoviy jihatdan pilokaipin va atseklidin uchlamchi
aminlardan, pilokarpin o ‗sintlik (Pilocarpus pinnatifolius vaboran) dan hamda sintez
yo‗li bilan olingan, atseklidin esa sun‘iy moddadir. M- xolinomimetiklar a‘zolar,
mushaklar, bezlar, qon tomirlarda joylashgan M-xolinoretseptorlami qo‗zg‗atib, me‘da-
ichak, bronx, qovuq, bachadonning silliq mushaklarini, ko'z rangdor pardasini,
radial mushaklami qisqartiradi, yurakning o'tkazuvchan sistemasida qo‗zg‗aluvchan-
Iikning o‗tishini kamaytiradi, yurakning urishi sekinlashadi; bezlar faoliyati oshadi
so'lak ko‗p ajraladi, ter chiqadi, oshqozon shirasi ajralishi oshadi, bronxlarda shilliq
ko‗payadi. Tibbiyotda asosan M - xolinomimetiklami — pilokarpinni ko'zga, atseklidinni
ko‗z va me‘da-ichak, qovuqqa ta‘siri amaliy ahamiyatga ega.Pilokarpin ko‗zga tom
izilganda atsetilxolinga o'xshab bevosita rangdor pardaning aylanma mushaklariga,
kipriksimon mushaklarning M- xolinoretseptorlariga ta‘sir ko‗rsatib, ulam i
qisqartiradi, shu tufayli ko‗z qorachig'i torayadi, ko'zning ichki bosimi pasayadi,
akkomodatsiya qisqaradi (mexanizmlari atsetilxolin ta‘siri ifodalanganda keltirilgan).
Pilokarpin atsetilxolinga nisbatan davomliroq ta‘sir etadi, chunki xolinesteraza bilan
parchalanmaydi. Pilokarpin ko'z tomchi sifatida ko'zning ichki bosimi oshganda —
glaukomada va boshqa ko'z kasalliklarida qo'llaniladi, ancha zaharli modda bo'lgani
uchun pilokarpin parenteral yo'l bilan deyarli yuborilmaydi.
Atseklidin pilokarpinga nisbatan kamroq zaharli, pilokarpinga o'xshash oftalmologiyada
tomchi va malham shaklida hamda me‘da- ichak, qovuq atoniyasida, tug'ish faoliyati
susayganda parenteral yo'llar orqali yuboriladi. Atseklidinni 2 yoshgacha bo'lgan
bolalarga qo'llash man etiladi. Umuman M — xolinomimetiklar bolalar amaliyotida
kam qo'llanadi: moddalar bilan o'tkir zaharlanganda atropin va atropinsimon
moddalar buyuriladi.Yuqorida keltirilgandek, M -xolinoretseptorlar muskaringa
sezuvchan retseptorlar, lekin muskarin o'ta zaharli bo'lgani uchun tibbiyotda dori modda
sifatida ishlatilmaydi. Muskarin muxomor qo'ziqorindan olinadi, shunday
qo'ziqorinlar iste‘mol qilinsa, k attalar va bolalarda o g 'ir zah arlan ish ro 'y beradi.
Bunda bradikardiya yuzaga keladi, nafas olish bronxospazm tufayli qiyinlashadi,
qorin og'riydi — ichaklar peristaltikasi oshgani tufayli ichak quldirashi masofadan
eshitiladi, bemor qayt qiladi,ichi ketadi, teri tomirlari kengayadi, g ‗araq-g‗araq
terlaydi, «bemor o‗z terida cho'miladi», ko'z qorachig'i torayib, nina uchidek bo'lib
qoladi, akkomodatsiya spazmi, qo'zg'aluvchanlik oshib, talvasalar ro 'y beradi. B ronx
bezlarining faoliyati ortishi tufayli oldin shilimshiq, keyin suyuq balg'am ajralishi
ko'paya boradi, nafas markazi falajlanishidan o'lim yuz berishi mumkin. Bunda birinchi
navbatda atropin yuborib yordam beriladi, atropin zaharlanish belgilarini bartaraf
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: