Toshkent tibbiyot akademiyasi farmakologiya


Дори моддаларини бирга юборилгандаги кузатиладиган узгаришлар



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/60
Sana18.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#559562
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
Bog'liq
ON gajavoblar

 
5.Дори моддаларини бирга юборилгандаги кузатиладиган узгаришлар 
Farmakoterapiyada (fitoterapiyada ham) ko‗pincha bir vaqtning o‗zida bir necha 
dorilarni ishlatishga to‗g‗ri keladi. Bundan ko‗zlangan asosiy maqsad tezroq va
kuchliroq farmakoterapevtik ta‘sirga erishish yoki bir nechta a‘zo sistemalarga ta‘sir 
ko‗rsatib, dorilar samaradorligini oshirish bilan ularning nojo‗ya ta‘sirini
kamaytirishdan iborat. Bir vaqtda bir necha dori vositalarini tanaga kiritish yoki ketma-
ket yuborish oqibatida ularning ta‘siri har xil o‗zgarishlarga uchrashi mumkin. 
Bir necha dori preparatlari shunday qo‗shib ishlatilganda sinergizm yoki antagonizm 
holatlari kuzatilishi mumkin. 
Sinergizm - ikkita dori moddasi qo‗shib berilganda ularni alohida qo‗llashga nisbatan 
kuchliroq bo‗lgan bir yo‗nalishdagi ta‘sir. Bunda jamlanish va potensiyalanish yuz 
beradi. Jamlanishda dorilarning umumiy farmakologik ta‘siri ayrim preparatlarning 
ta‘sirlar yig‗indisiga teng bo‗ladi. Jamlanishning bu turida dorilarning ta‘sir etadigan 
joyi umumiy (bitta retseptor, hujayra, tizim) va bir xil bo‗ladi. Masalan, efir va azot (I) 
oksidning markaziy nerv sistemasiga, adrenalin va noradrenalinning adrenoretseptorlarga 


13 
ta‘siri. 
Potensiyalanishda - umumiy farmakologik ta‘sir ayrim preparatlar ta‘siri yig‗indisidan 
bir necha marta kuchliroq bo‗ladi va ayrim hollarda yangi farmakologik xossalar yuzaga 
chiqadi (aminazin va narkoz, og‗riq qoldiruvchi preparatlar). Bunda ta‘sir umumiy bir 
yo‗nalishda bo‗lib, turli sistemalarga qaratilgan bo‗ladi.
Tibbiyot amaliyotida bunday sinergizm turi juda keng qo‗llaniladi. Masalan, antibiotiklar 
bilan sulfanilamidlar, uxlatuvchilar, neyroleptiklar, atsiklidin, pilokarpin). Bu bevosita 
sinergizm deb yuritiladi. Sinergizm bilvosita bo‗lishi ham mumkin. Bevosita sinergizmda
qo‗llanilayotgan dorilarning ta‘sir etish joyi yuqorida qayd etilganidek umumiy (bitta 
hujayra, to‗qima, retseptor) bo‗lsa, bilvosita sinergizmda esa har xil bo‗ladi. Masalan, 
atropin M-xolinoretseptorlarni bloklab, ko‗z qorachig‗ini kengaytiradi, adrenalin esa 
adrenoretseptorlarni qo‗zg‗atib, shu effektni keltirib chiqaradi. 
Dori vositalari sinergizmining potensiyalanish turi tibbiyot amaliyotida, ayniqsa 
anesteziologiyada keng ishlatiladi. Chunki bunda ushbu dorilarning kichik dozasi 
olingani uchun ularning asoratlari, nojo‗ya ta‘sirlari kam bo‗ladi. 
Antagonizm - bir dori ta‘sirini boshqa dori ta‘siri bilan kamaytirish yoki butunlay bartaraf 
etish demakdir. Antagonizm usulini qo‗llash zaharlanishning oldin olish va davolash 
tadbirlari yig‗indisi hisoblanadi. Antagonizm - bu dorilarning bir-biriga aks (zid) ta‘siri 
deb tushuniladi. 
Antagonizm bir necha ko‗rinishlarda bo‗lishi mumkin : 
Fizikaviy antagonizm - bir moddaning ikkinchi modda yuzasiga so‗rib olinishi 
(adsorbentlar, faollashtirilgan ko‗mir, oqsillar). 
Kimyoviy antagonizm - kimyoviy reaksiya natijasida zararsiz birikmalar hosil bo‗lishi. 
Masalan, bariy xloriddan zaharlanishda natriy sulfat yuborilsa, organizm uchun zararsiz 
bariy sulfat hosil bo‗ladi. Og‗ir metal tuzlaridan zaharlanishda unitiol ishlatiladi. Undagi 
sulfgidril moddasi metal bilan birikib, zararsiz kompleks hosil qiladi. 
Fiziologik (farmakologik) antagonizm - dorilar bir yoki bir nechta hujayralar, retseptorlar 
yoki sistemalarga ta‘sir etib, teskari oqibat keltirib chiqaradi (narkoz vositalar va 
analeptiklar). Ushbu antagonizm ikki tomonlama (dorilar o‗zaro bir-birining ta‘sirini 
yo‗qotadi) va bir tomonlama (ikkinchisi esa birinchisi ta‘sirini bartaraf etmaydi) bo‗ladi. 
Ikki tomonlama antagonizmga kofein bilan fenobarbitalni misol qilib keltirish mumkin 
(kofeinning markaziy nerv sistemasi qo‗zg‗atuvchi ta‘sirini fenobarbital tormozlab 
yo‗qotadi va aksincha). Bir tomonlamaga antagonizmga esa atropin bilan pilokarpinni 
misol qilish mumkin. Atropin xolinoretseptorni bloklab, pilokarpin keltirib chiqargan 
ko‗z qorachig‗i torayishini bartaraf etib, uni kengaytiradi. Lekin pilokarpin esa atropin 
ta‘sirida ko‗z qorachig‗i kengayishini yo‗qota olmaydi. Bu degan so‗z pilokarpin bilan 
zaharlanishda atropin davo bo‗ladi, aksincha atropin bilan zaharlanishda esa pilokarpin 
kor qilmaydi. 
Farmakologik antagonizmning quyidagi turlari mavjud. 
Konkurent (raqobat)antagonizm - o‗xshash kimyoviy tuzilishga ega bo‗lgan birikmalar-
moddalar o‗rtasida retseptor bilan birikish uchun raqobat kuzatiladi (morfin va nalorfin). 
Bevosita antagonizm - ikkita dori vositasi bir xil retseptorlarga to‗g‗ridan - to‗g‗ri ta‘sir 
etib, qarama - qarshi natija keltirib chiqaradi. Masalan, muskarin M-xolinoretseptorlarni 
qo‗zg‗atsa, atropin esa ularni bloklaydi. 
Bilvosita antagonizm - dori vositalari turli antagonistik fiziologik sistemalarga ta‘sir etib 
qarama - qarshi natija keltirib chiqaradilar. Masalan, pilokarpin M-xolinoretseptorlarni 


14 
qo‗zg‗atib, ko‗z qorachig‗ini toraytirsa, adrenalin esa adrenoretseptorlarni qo‗zg‗atib uni 
kengaytiradi. 
Ba‘zi dorilarni qo‗shib ishlatilishdagi bir-biriga zidligi ularning farmakokinetikasida ham 
sodir bo‗lishi mumkin. Masalan, dorilarning ichakdan so‗rilishini kamaytiruvchilar 
(adsorbentlar, shilimshiqlar, surgi dorilar), qondagi oqsillar bilan bog‗langan 
antikoagulyantlarni (neodikumarin) indometatsin (yallig‗lanishga qarshi dori) siqib 
chiqarishi, dori vositalar metabolizmida qatnashadigan monooksidaza fermentlar 
aktivligini kuchaytiradigan induktorlar (fenobarbital, benzonal) birga yuborilgan turli dori 
vositalarining farmakoterapevtik ta‘sirini susaytirishi va boshqalar. 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish