Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

kofe quyqasi
»ga o‘xshash suyuqlik 
(gemoglobin bilan xlorid kislota qo‘ng‘ir rangdagi gematin sulfat hosil qiladi) 
me’dadan qon ketishini eslatadi, me’da va o‘n ikki barmoqli ichak xastaligidan 
dalolat beradi. Qop-qora rangli (temir sulfidi qonga qoramtir rang beradi) najosat 
kelishi me’da-ichak yo‘llarining yuqori qismida patologik o‘choq borligini 
eslatadi. Bu hollarda patologiyani aniqlash uchun endoskopik tekshiruv 
o‘tkazilishi kerak. Peritoneal bo‘shliqqa qon ketganda bemor oqaradi, chanqaydi, 
esnaydi, ko‘z oldi qorong‘ilashadi, hushidan ketishi mumkin, pulsi tezlashadi. 
Bu holatlarda perkussiya qilinganda, tovushning buzilish belgisi paydo bo‘ladi, 
shu joyda mushaklar taranglashadi, mahalliy Shchyotkin-Blyumberg simptomi 
paydo bo‘ladi. Gemoperitoneum miqdori ko‘paysa, ichak quldirashi, qorin 
bo‘shlig‘ida tovushning buzilishi paydo bo‘ladi. Qon oqishi qorin bo‘shlig‘i 
organlarining yorilishi (ichak, o‘t pufagi) va unga o‘t suyuqligi, axlat chiqishi bilan 
birga o‘tishi mumkin. Qisqa vaqt ichida qorin pardasining yallig‘lanish (peritonit) 
holati, shok simptomlari boshlanishi, qon ketishining umumiy belgilari 
bilinmasligi ham mumkin. Bunda oqayotgan qonning hajmini (OQX), gemoglobin 
miqdorini, eritrotsitlar sonini, gematokritni aniqlash kerak. Ularning tez kamayib 
ketishi gemorragiyani davom etayotganini isbotlaydi. Leykoformulada neytrofil 


123 
leykotsitoz paydo bo‘lishi leykotsitar reaksiyaning vujudga kelganidan ma’lumot 
beradi.
Plevra bo‘shlig‘iga qon oqqanda o‘tkir qon yo‘qotish belgilari kuzatiladi. 
Gemotoraksni aniqlash uchun rentgenologik tekshiruv, perkussiya, palpatsiya, 
auskultatsiya o‘tkazish kerak. Qon borligi ko‘krak qafasini teshib ko‘rish 
(punksiya) bilan aniqlanadi. 
Bosh qobig‘i ichiga, orqa miya kanaliga qon quyilganda, gemartrozda, 
gemoperikardiumda to‘qimaga ketgan qon miqdori ko‘p bo‘lmaydi. Ammo shu 
organlarning funksiyasi buzilishi kuzatiladi. Miya, orqa miya faoliyati buzilishi 
va mahalliy nevrologik simptomlar bo‘ladi, bo‘g‘imning harakati buziladi, yurak 
faoliyati sekinlashadi. Bu hollarda yurak tamponadasi, bosh miya to‘qimalarining 
gematomasi, miya to‘qimasini ezilishi va h. k. belgilar kuzatiladi.
Gemorragiya asoratlaridan biri tomirga havo kirib qolishidir 
(emboliya). Yirik vena tomirlari shikastlanganda vujudga keladi va 
bemorni og‘ir ahvolga solib qo‘yadi. Ko‘pincha bo‘yin turuq, umrov va 
ko‘ltiq osti, nomsiz venalarda kuzatiladi. Oz miqdordagi havo tomirlar 
orqali o‘ng yurak bo‘lmachasidan o‘pkaga o‘tadi va zarar etkazmaydi. 
Agar havo ko‘p bo‘lsa, unda o‘ng yurak bo‘lmachasi kattalashib, uch 
tabaqali klapanlar etishmovchiligi paydo bo‘ladi, bu yurakning 
falajlanishi bilan ro‘yobga chiqadi. Bemor rangsizlanadi, ko‘karadi, 
nafas olishi to‘xtaydi, tirishish, gipotoniya bo‘ladi, puls sekinlashadi. 
Havo emboliyas i asta -sekin boshlansa, bemor sovuq terga botadi
qo‘rqadi, hushi yo‘qoladi, ko‘z qorachiqlari kattalashadi, puls 
sekinlashadi. Yurakka ya qin venalar shikastida tomirga kirayotgan havo 
xushtaksimon tovush chiqaradi. Va nafas chiqarilayotgan paytda qon 
havo 
bilan 
aralashib 
chiqadi. 
Gemorragiyaning 
asoratlariga 
pulsatsiyalovchi gematoma, gematoma va to‘qimalarni yiringli 
jarayonlari ham kiradi. Keyinchalik arterial yoki arteriovenoz 
anevrizma lar ham paydo bo‘lis hi mumkin (51 -ras m). 


124 
O‘tkir gemorragiyada autogemodilyusiya (qonni o‘z qoni bilan suyulishi) 
reaksiyasi vujudga keladi. Bu patofiziologik jarayon organizmni yangi holatga 
adaptatsiyalashiga 
yordam 
beradi. 
Bu 
jarayon 
kompensator-moslashuv 
mexanizmlarga bog‘liq. Yurak tez ishlaydi, vaqt o‘tgan sari qon bosimi 
kamayaveradi. Gemorragiya davom etadigan bo‘lsa, simpatiko-adrenalin 
sistemasini adaptatsiya mexanizmlari kuchsizlanadi.
51-rasm. Arterial (a) arteriovenoz (b) anevrizmalar 
Barcha qon tomirlarning torayishi, qonning tabiiy depolardan tomirlarga chiqishi, 
taxikardiya, qonning hayotiy organlarga taqsimlanishi va boshqa kompensatsiya 
mexanizmlari ma’lum vaqtgacha markaziy gemodinamikani subkritik holatda 
ushlab turadi. Bu jarayon qonning aylanish hajmi 40-45

gacha davom etadi. 
Agar bemorga yordam ko‘rsatilmasa keyinchalik gipovolemiya fazasi kuzatiladi. 
Bundan keyin ham bemor yolg‘izlanib qolsa uchinchi faza — gemorragik shok 
bosqichi kuzatiladi. Shuning uchun bemorga maishiy yoki ko‘cha sharoitida, jang 
maydonida, evakuatsion punktlarda birinchi yordam berish, davolash-evakuatsion 
tadbirlarni aniq, sifatli va tez bajarish kerak. Bu holatlarda tibbiy yordam 
ko‘rsatilmasa, oqibati ikki xil bo‘lishi mumkin: qon o‘z-o‘zidan to‘xtaydi yoki 
miya qonsizlanib, yurak-tomirlar funksiyasi buzilishidan bemor o‘ladi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish