Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar


GEMORRAGIYa SINDROMINING DIAGNOSTIKASI



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

GEMORRAGIYa SINDROMINING DIAGNOSTIKASI 
VA KLINIKASI. 
O‘tkir qon yo‘qotish belgilari qon ketish tezligi va yo‘qotilgan qon ketishi 
qancha kuchli bo‘lsa, o‘tkir qon yo‘qotish klinik manzarasi shuncha og‘ir kechadi. 
Qon hajmining 1/3 qismini tez yo‘qotilishi hayot uchun xavf soladi; umumiy qon 
hajmining yarmini yo‘qotish esa tez o‘limga olib keladi. O‘rtacha hisoblaganda, 65 
kg og‘irlikdagi insonni qon hajmi 5 litrni tashkil qiladi. Shunday qilib, 1,5-1,7 litr 
qon yo‘qotish juda xavfli, 2,5 litr esa o‘limga olib keladi. Bu hollarda qonning tez 
oqib ketishi, uzoq qon ketishda moslashuvchi mexanizmlar ishga tushishga 
ulgurmaydi. Ammo, gemorragiyada individual sezuvchanlik bilan bog‘liq faktorlar 
ham bo‘ladi. Masalan, yosh bolalar va qariyalar qon yo‘qotishni yomon 
o‘tkazadilar. Organizmning umumiy holati – ozg‘in, holsiz, jismoniy charchagan, 
kasallik va operatsiya o‘tkazgan, semiz shaxslar qon ketishni yomon o‘tkazadilar. 
Ayollar esa qon yo‘qotishga chidamli. Surunkali qon ketishda moslashtiruvchi 
mexanizmlar qon ketishni muvofiqlashtiradi. 
O‘tkir qon yo‘qotish belgilari. 
Teri qoplamlari, shilliq qavatlarni quruqligi, 
yuzni oqarib ketishi, ko‘z oldi qorong‘ilashishi, quloqda shovqin, bosh aylanish, 
ko‘ngil aynish, qayt qilish kuzatilishi mumkin. Puls tezlashgan, kuchsiz, ipsimon 
bo‘ladi. Arterial va markaziy venoz bosimining pasayishi aniqlanadi. A/B 60-50 
mm sim ust va undan pasayganda oliy nerv faoliyati buziladi: dastlab bezovtalik, 
keyin qo‘rquv, halok bo‘lish hissi, yuzning tushkunlik ko‘rinishda bo‘lishi, 
dezorientatsiya, depressiya, hushni chalkashligi va yo‘qotish bo‘ladi. Hushni 
yo‘qotgandan keyin talvasa, siydik, axlatni ixtiyorsiz ajralishi va o‘lim kuzatilishi 
mumkin. 
Gemorragiyani aniqlash uchun qon ketish joyini, sabablari va maxsus 
belgilarini aniqlash kerak. O‘tkir qon ketishining diagnostikasi qiyin emas. 
Hamshiralik jarayoni birinchidan qon ketish sindromini tezkor aniqlashdan 
boshlanishi kerak. Bemorning keskin rangi o‘chib, oqarib, qon bosimi tushib 


121 
ketadi, nafas olishi tezlashadi, taxikardiya kuzatiladi. Yo‘qotilgan qon 
hajmini aniqlash kiyin. Buning uchun qonning tarkibiy qismlarini aniqlash 
zarur. 
Tashqi gemorragiyada katta magistral qon tomirlar devorining butunligini, 
qonning rangini, oqish tezligini tekshirish kerak. Yurakka yaqin venalardan qon 
oqayotganda gemga qarab yurak va nafas fazalarini sezish mumkin. Nafas 
olishda toraksning so‘rish faoliyati hisobiga venalardan qon oqishi kamayadi, 
nafas chiqarganda u ko‘payadi. Gemorragiya o‘pka ventilyasiyasi tezligi bilan 
sinxron bo‘ladi. Servikal venalarning shikastlanishi juda katta xavf tug‘diradi. 
Bunda aeratsiya hisobiga bo‘lgan salbiy bosim tashqi muhitdan havo kirishiga 
olib keladi. Bosh miya, yurak tomirlarida havo emboliyasi kuzatilishi mumkin.
Kapillyar qon ketishi mayda arterial va vena tomirlari shikastlanganda 
vujudga keladi. Uning rangi, tezligi, miqdori arterial va venoz gemorragiyalardan 
farqlanadi va nisbatan juda ko‘p bo‘lmaydi. Ammo shikastlangan maydon katta 
bo‘lsa, yo‘qotilgan qonning miqdori klinik ahamiyatga ega. Kapillyar qon 
ketishda butun to‘qimadan qon ketadi. 
Gemorragiyada markaziy vena bosimini (MVB) aniqlash kerak, normada bu 
bosim 35-100 mm suv ust teng. MVB kamayishi yurak kameralariga kam qon 
oqib kelishidan dalolat beradi. 
Ichki qon ketishining klinik belgilari har-xil bo‘ladi. Bu holatlar shikastlangan 
organ va bo‘shliqlarga bog‘liq. Ba’zi hollarda ketayotgan qonning miqdori ko‘p 
bo‘lmasa ham xavf-xatar katta bo‘lishi mumkin. Masalan, miyaga oz qon 
quyilganda hayot faoliyatini boshqaruvchi markazlar qisilib qolib, o‘lim 
kuzatilishi mumkin. Perikardga quyilgan qon yurakni kisib qo‘yib, uning 
harakatini kamaytiradi. Natijada, yurak tamponadasi rivojlanadi. Me’da osti 
beziga qon quyilishi tripsinni aktivlashtirib, gemorragik pankreatit keltirib 
chiqaradi. Ichki qon ketishning klinik belgilari umumiy va mahalliy 
simptomlardan iborat. Umumiy simptomlarga: rangparlik, bosh aylanishi, hushdan 
ketish, taxikardiya, qon bosimining pasayishi kiradi. Mahalliy simptomlar 
quyidagilardan iborat: parenximatoz a’zolarning yorilishida gemoperitoneum, 


122 
gemotoraks, qorinda og‘riq, qorin pardaning ta’sirlanish simptomlari, qorin oldi 
devorining taranglashuvi, qorin yon sohalarida perkutor to‘mtoqligi, gemotoraksda 
– nafas siqishi, perkutor tovushning to‘mtoqligi, ovoz qaltirashining susayishi, 
nafas shovqinlarining pasayishi. Ichki qon ketish sababini lokalizatsiyasini doim 
aniqlab bo‘lavermaydi. Masalan, najasda qon aralashganda, me’da-ichak 
yo‘llarining barcha qismidan qon ketishi mumkin. Urnada qon paydo bo‘lsa, 
xastalik belgilari buyrakda, siydik pufagi va yo‘llarida bo‘lishi mumkin. 
Og‘izdan qon ketganda o‘pka va nafas olish a’zolarining yuqori qismlari, 
halqum, qizilo‘ngach, me’da, o‘n ikki barmoq ichak kasalliklari bo‘lishi 
mumkin. Gemorragiyani diagnostikasida qonning rangi, oqish tezligi ham 
ahamiyatlidir. O‘pkadan qon ketayotganda, uning rangi qip-qizil, ko‘pirgan havo 
zarrachalari bo‘ladi. Qayt qilgandagi «

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish